15
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanini o‗rganish orqali insonning ilmiy
dunyoqarashi o‗zgaradi, uning intellektual rivojlanishini rag‗batlan-
tiradi va ularning eng qiziqarli mashg‗ulotiga aylanadi. Iqtisodiy
ta‘limotlar tarixi asrlardan beri har bir davlatning iqtisodiy siyosatini
asoslab kelgan, uning muvaffaqiyatli rivojlanishiga sabab bo‗lgan.
“Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi” fanining o„rganish predmeti
–
iqtisodiy jarayonlarga bo‗lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi,
iqtisodiy g‗oya va nazariyalarning shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari
va ularning almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.
Iqtisodiy ta‘limotlarning vujudga kelishi
va rivojlanishi tahlili
yozuv ixtiro qilingan quldorlik davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning
barcha tarixiy jarayonlarini hamda barcha tarixiy davrlarni o‗z ichiga
oladi.
Iqtisodiy ta‘limotlar bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog‗liq.
Jamiyatning rivojlanishida uning ahamiyati beqiyosdir. Iqtisodiy
ta‘limotlar iqtisodiy jarayonlarni to‗g‗ri aks ettirish, ularga faol ta‘sir
ko‗rsatish orqali ijtimoiy taraqqiyotning tezlashishiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Hammaga ma‘lumki, ko‗pchilik konsepsiyalar (masalan,
yangi klassik
yoki keynschilik) davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib
kelindi.
Iqtisodiy ta‘limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda
o‗rganiladi. Shu bilan birga bir narsani qayd qilib o‗tish kerakki,
iqtisodiy ta‘limotlar tarixi zamonaviylikka yo‗naltirilgan. Bu ko‗rib
chiqilayotgan muammolarning hozirgi kundagi dolzarbligi bilan
ifodalanadi. O‗tgan davr iqtisodiy ta‘limotlari tahlili ehtiyojlarni to‗la
qondira olmaydi, qolaversa, bunday tahlillar
faqat tarixiy jarayonlarni
o‗rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb
muammolarini to‗la hal etishda o‗tgan davr iqtisodchilaridan tayyor
javob topish qiyin, ammo o‗tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari
hozirda va kelajak to‗g‗risida to‗g‗ri xulosa chiqarish va yangi
g‗oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Zero,
tarixiy tajriba shunisi
bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o‗tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini
yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
―Iqtisodiy ta‘limotlar tarixi‖ fanini o‗rgangach, iqtisodchi
mutaxassislar, eng avvalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyot
rivojlanishining obyektiv qonuniyatlari
mohiyatini ochib berish,
muqobil xo‗jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ularni amalga
oshirishda ijobiy yondashish uchun zarur bo‗lgan o‗zlarining tadqiqot
mahoratlarini oshiradilar.
16
Demak, iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda zarur bo‗lgan
fanlarning biri sifatida iqtisodiy ta‘limotlar tarixini o‗rganish bir
tomondan, ularda umuminsoniy va kasb madaniyatini shakllantirish
maqsadida zarur bo‗lsa, ikkinchi tomondan, turli davrlardagi nazariy
maktab, oqim va iqtisodiy yo‗nalish vakillarining
nazariy meroslarini
yaqin zamondagi tariximizga xos bo‗lgan noto‗g‗ri talqin qilishdan
ehtiyot bo‗lishda ijtimoiy va siyosiy bilimlar bilan birga tarixiy iqtisodiy
bilimlarni egallash uchun ham zarurdir.
Dostları ilə paylaş: