43
ekanmiz “
Eshtib
yozamiz
”usulidan foydalanib,ushbu
mashqni audio varianti
o‘quvchilarga eshitiriladi.
26
1. E-e, yeb bo‘pti, Ko‘kyol deydilar uni!–dedi Isoy bobo kuyib-pishib. (N.
Fozilov) 2. Voy-bo‘, – deb yubordi u. – Yerimiz muncha chiroyli! Globusning
o‘zginasi-ya! (A. Bo‘riboyev) 3. O, muazzam Enasoy daryosi! (Ch. Aytmatov) 4.
Oh,
bizning odamlar, dilkash odamlar ... (S. Zunnunova) 5. Chu, nari tur,
arzandam, tagingni tozalab qo‘yay endi. (Oybek) 6. Uf, chanqadim-ey,
munchayam kun isib ketdi. (Oybek) 7. O-ho, gapda sizga hech kim yetolmaydi...
Hay, menga qarang! –dedi jiddiyat bilan Zumrad. (Oybek) 8. Hay,
ichkari kir,
chag‘ir chug‘urdan qulog‘im bitdi. (Oybek) 9. To‘xta, hey. Bir daqiqa to‘xtab,
tingla uning baxt qo‘shig‘ini. (Mirtemir) 10. Oh, shu chog‘da uning qoramtir
yuziga boqsangiz... (Mirtemir)
“
Kim chаqqоn?
”grаmmаtik o‘yinidan
foydalangan holda
261-mashqni
o‘quvchilarga tushuntirishda foydalandim. Bu o‘yinda o‘qituvchi mashqni
o‘qiydi,o‘quvchilar gaplarni yozayotganda qoldirilgan undov so‘zlar to‘gri yozishi
kerak bo‘ladi. Daftarga yozib bo‘lgandan keyin his-hayajon
undovlarining tagiga
chizib, ularni izohlab beradi.
1. Ur-re-e-e! – u boychechakni qo‘lida hilpiratib,
toychoqdek shataloq otib
chopar edi. (A. Ko‘chimov) 2. O‘h-ho‘, – dedi Hayitvoy qo‘rqqanidan ko‘zlari ola-
kula bo‘lib. (X. To‘xtaboyev) 3. E, juda ajoyib ekan-ku, – dedi Elmurod ajablanib.
(Parda Tursun) 4. Eh-ha, nima uchun o‘rmonda bunaqa g‘ala-g‘ovur, tartibsizlik
desam,
sababi bu ekan-da, – deb o‘yladi Ko‘rqush. (B. Norboyev) 5. Och
qoldingmi, a? Voy, sen-ey, – deya Chuchuk uloqchaning shalpangquloqlaridan
tortqilab qo‘ydi.(S. Mingnorov)
26
Quliyeva Sh. Ta’lim jarayonida elektron darslikdan. –Toshkent, 2008. – B. 53.