O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,57 Mb.
#206766
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
toshmurodova n undov talqid modal so\'zlarni o\'qitish usullari bmi

257-mashqida
chu, o‘h-ho‘, labbay, ey undovlarini 
qatnashtirib gaplar yozish va undov so‘zlarning turini aytish topshirigi berilgan. 
Biz, bu topshiriqni o‘quvchilarga o‘rgatishda manzarali rasmga qarab, hikoya yoki 
matn tuzish topshirig‘ini bajartirishimiz lozim. O‘quvchilarni boshlang‘ich 
sinflardan boshlab mustaqil fikrini bayon qila olishini shakllantirib, og‘zaki va 
yozma nutqini rivojlantirishimiz kerak. O‘quvchilarning yozgan hikoyalarini bir 
biriga tekshirtiradigan bo‘lsak, o‘zlari uchun dars davomida takrorlatgan bo‘lamiz.
Darsliknin 
258-mashqida
gaplarni o‘qing va undov so‘zlarni ajratib, 
ma’nosini tushuntiring deyilgan bo‘lib, har bir mashq uchun qo‘llanilayotgan 
usullarimiz darsni samarali, qiziqarli va jonli o‘tishini ta’minlashga yordamlashishi 
kerak. Bu mashq 
“Mustaqil fikr” 
usulidan foydalanamiz. Bu usulni qo‘llash uchun 
ikkita o‘quvchini doskaga chiqarib, bitta o‘quvchi mashqdagi gaplarni o‘qiydi, 
ikkinchi o‘quvchi o‘qilgan har bir gapdagi undov so‘zlarni qatnashtirib yangi misol 
aytishi kerak bo‘ladi. 
Undov 
so’zlar 
Undov 
so’zlar 
Undov
so’zlar 


42 
Masalan: 1. – Hay, shoshma, – dedi Zebi. (Cho‘lpon) 
1. Xo‘sh, biron bir 
gapingiz bormi?
2. Hoy, nima balo bo‘ldi? – deb alangladi Inoyat oqsoqol. (Said 
Ahmad) 3. Voy, nimalarni o‘ylayapman men? (Asqad Muxtor)4. Oho, jiyaningiz 
vazir bo‘pti-ya! – deya xursandchiligini izhor qildim. (Sh. Bo‘tayev) 5. O! Ho‘kiz 
yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan. (Abdulla Qahhor)6. O‘h! – deb yubordi bir 
yigitcha. (Said Ahmad) 
Mavzu bo‘yicha dars davomida egallagan bilimlarini amaliyotda qanday 
qo‘llay olishini bilish maqsadida, ushbu 
259-mashq
berilgan va bunda uyga vazifa 
sifatida
.«O‘zbek xalq ertaklari»
kitobidan 
“Susambil”
ertagidan undov so‘zlar 
qatnashgan gaplardan yozing va undovlarning ma’no turlarini ajrating deyilgan. 
Biz bilamizki xalq og‘zaki ijodida, tilshunoslikning har bir bo‘limiga oid rang-
barang namunalarni ko‘rishimiz mumkin. Bir narsaga e’tibor qaratishimiz zarur 
ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalarida litota, giperbola, mubolag‘alardan keng 
qo‘llanganligi natijasida undov, taqlid, modal so‘zlarga duch kelamiz. 
O‘quvchilarga qancha ko‘p erkin insholar yozdirsak va ularning yozgan 
insholarida yol qo‘ygan xatolarini tahlil qilib boraversak, ularning ham 
imloviy,ham punktuatsiyon xatolarini kamayishiga yordam bergan bo‘lamiz.
25

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin