27
Tarbiyachi:
Bolalar safga tizilib Faoliyato`tkaziladigan yo`lga yoki avtomaydonchaga
kelishadi.
Tarbiyachi:
Yo`l qoidasiga tegishli ba’zi narsalarni bolalarning esiga tushirish maqsadida bir
nechta savollar beradi.
Tarbiyachi:
Mana bu nima?
1- Bola:
Tratuar
Tarbiyachi:
Barakalla to`g`ri. Manabu uzuq-uzuq oq chiziqlarchi:
2-Bola:
Piyodalar o`tish joyi
Tarbiyachi:
Juda to`g`ri bolalar. Bu yerga qanday to`gri yo`l belgisi o`rnatilgan?
3-Bola:
Piyodalar o`tish joyi belgisi
Tarbiyachi:
Judayam to`g`ri bolajonlar. Qani Muhammad Yusuf, belgilar ichidan ana shu
belgini topib berinchi?
Tarbiyachi:
judayam to`g`ri. Bolalar piyodalar, ya’ni bizlar yo`lda ketayotganimizda
qayerda yurishimiz kerak?
Bolalar javobi:
Yo`lkada
Tarbiyachi:
To`g`ri, endi Mustafo bilan Robiya yo`lning bir tomonidan, Raxminso bilan
Xumoyun esa ikkinchi tomonidan yurishadi. Biz ularning harakatini kuzatamiz.
Tarbiyachi:
-Bolalar qaranglar Mustafo bilan Robiya boshqalarga xalaqit bermasligi uchun
yo`lakning o`ng tomonidan ketishyapti. Ana ular piyodalar o`tish joyidan o`tishmoqda.
Ammo ular bir hatoga yo`l qo`ydilar.
Qani, kim aytadi. Ular qanday xatoga yo`l qo`yishdi.
Bolalar javob qaytarishga qiynalishdi.
Tarbiyachi:
Qanday xatoga yo`l qo`yilganini o`zim tushuntirib beraman. Bolalar
bilasizlarmi, Mustafo bilan Robiya yo`lni kesib o`tishdan oldin, mana bu rasdagidek chap
tomonga, yo`lning o`rtasiga yetganda esa o`ng tomonga qarashni esdan chiqarishdi. Shuning
uchun ularni yana bir bor piyodalar o`tish joyidan o`tkazamiz. Qani, yana qayta o`tinglarchi.
Endi to`g`ri o`tishdi.
Dostları ilə paylaş: