Bolalar javobi: svetafor
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar bugun sizlar bilan yo`l harakati qoidalari, chorrahadagi svetafor
haqida suhbatlashamiz.
(bolalarning mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash uchun tarbiyachi savol-javoblar o`tkazadi). Tarbiyachi: 1. Ko`cha yo`l harakati qoidalarini bilasizmi? 2. Katta asphalt yo`llarda nimalar
yuradi? 3. Yo`l harakati qoidalarini kim tartibga soladi? 4. Svetaforning nechta chirog`i bor?
Bolalar javobi: Uchta qizil, sariq yashil
Tarbiyachi: Barakalla bolalar svetaforning uchta chirog`i bor. Bolajonlar svetaforning qizil
chirog`i yonsa yo`l berilib, yo`lovchilar harakatlanadilar. Svetaforni sariq chirog`i yonsa bir
oz haydovchilar, yo`lovchilar to`xtaydilar. Yashil chiroq yonsa mashinalar o`tadi. Nazoratchi
ko`cha harakatini tartibga soladi. Insonlar tomonidan ko`chada yurish tartibi buzilish holati
ro`y bersa, nazoratchi insonlarni to`xtatib, ularga ko`chada yurish tartibini tushuntiradi.
Bolajonlar eshik taqillayapti? Qani kim u?
(guruhga nazoratchi tashrif buyuradi, bolalar bilan salomlashadi, savol-javob o`tklazadi. So`ng ko`chada yurishda nimalarga rioya etilishlari tushuntiriladi. 1- ko`chada faqat yo`lakdan yuring. 2- to`xtab turgan avtomobil orqasidan o`ting. 3- chorrahadan, ko`chaning narigi yuzasiga piyodalar yo`lakchasidan o`ting deb bolalar bilan hayrlashib ketadi). Tarbiyachi: Bolalar hammamiz tushunib oldik-a, ko`cha qoidalari buzilsa qanday noxush
voqealar yuz berishi mumkunligini? Bolalar javob berishadi.
Tarbiyachi: Bolalar javoblarini umumlashtirib, “Davlat avtomobil nazoratchisi”o`yinini
o`ynashni taklif etadi. O`yinning borishi: O`yin maktabgacha ta’lim muassasalari hovlisidagi
yo`l harakati chizilgan maydonda o`tkaziladi. Bolalardan biri nazoratchi etib tayinlanadi.
O`yin jarayoniga tarbiyachi rahbarlik qiladi.