Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish
20
3. Odamda A geni bo`yning normal bo`lishini, retsessivi nanizmga olib keladi. B geni esa terida
normal pigmentlilikni,
retsessiv alleli esa, letal hisoblanadi.Har ikkala belgisi bo`yicha
geterozigota ota onalardan letal belgili farzandlarning tug`lish ehtimoli qanday?
J: 25%
Komplementariya
Komplementariya so‘zi inglizcha «complement» – to‘ldirish degan ma’noni anglatadi.
Noallel
genlar bir birini to‘ldirishi natijasida yangi belgi rivojlanadi.
Misol uchun tovuqning toji har xil zotlarida turli shaklda bo‘ladi.
Bu narsa ikki juft genning
o‘zaro ta’siri natijasida genlarning alohida kombinatsiyasi tufayli tojlar to‘rt
xil variantda
namoyon bo‘ladi, ya’ni oddiy (aabb), no‘xatsimon (aaBB yoki aaBb), yong‘oqsimon (AABB yoki
AaBb), gulsimon toj (AAbb, Aabb)lar. Bunda, masalan, tojning gulsimon bo`lishi uchun,
bittagina dominant A geni bo`lishi kifoya. Yong`oqsimon tojli bo`lishi uchun esa, dominant A va
B genlari tengdaniga bo`lishi lozim.
P
AaBb x AaBb
Gametalar
AB
Dostları ilə paylaş: