Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Tо‘garaklarni tashkil etish jarayonini rejalashtirish



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

4. Tо‘garaklarni tashkil etish jarayonini rejalashtirish
. Kasb­hunar 
о‘rgatish tо‘garaklarini tashkil etish jarayonini rejalashtirish ta’lim jarayonini aniq 
tashkil etishga asoslanadi. Tо‘garaklarni tashkil etishni rejalashtirish har bir 
tо‘garak rahbarining talim rejasi va dasturini bajarishni, о‘quv materiallarini 
mazmuniga tо‘liq jaqvob beradigan topshiriqlarni bajarish, tо‘garak a’zolarini 


264 
ilmiy texnik bilimlarini, mehnat konikma va malakalarini yuqori darajada bolishini 
ta’minlaydi. 
Bichish-tikish tо‘garaklarini tashkil etish ta’limi о‘quv reja asosida olib 
boriladi. О‘quv rejasi-davlat hujjatidir. Tо‘garak 3 yillik bо‘lgani sababli u ham 
shu muddatga tuziladi. О‘quv rejasi ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan bо‘lib, 
unda guruhlar bо‘yicha о‘qitiladigan fanlar nomi, ajratilgan soatlari, muddati, 
о‘quv yilining taqsimoti kо‘rsatilgan bо‘ladi.
О‘quv rejasini tuzishda quyidagi talablar qо‘yiladi:
1. О‘quv rejasi ta’lim-tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asoslanadi. 
2. Ta’limning uzluksizligi va izchilligi e’tiborga olinadi; 
3. О‘quv jarayoni hajmi tо‘garak a’zolarning yoshi, bilim saviyasiga qarab 
belgilanadi; 
4. О‘quv rejasiga kiritilgan bilimlar mazmuni dunyoviy va ilmiy xarakterga 
ega bо‘lib, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga 
qaratiladi; 
5. О‘quv rejasida bilim, kо‘nikma xajmini belgilashda hozirgi zamon talablari 
hisobga olinadi. 
О‘quv rejaga kiritilgan bilim, kо‘nikma xajmi, mazmuni ta’limning ilmiyligi, 
g‘oyaviyligi, milliyligi hamda ma’naviy etuk barkamol insonni tarbiyalashni 
kо‘zda tutadi. О‘quv rejada bilim mazmuni ketma-ketligi, ajratilgan soatlar, 
yakuniy natijalar ham aniq kо‘rsatiladi. 
О‘quv rejasini tо‘liq bajarilishini taminlash maqsadida unga tushuntirish xati 
ham yozilgan bо‘ladi. Unda tо‘garak mashg‘ulotlarini olib borish uchun qanday 
jihozlangan xonalar ajratilishi, mashg‘ulotlarni olib borish xususiyatlari haqida 
eslatma beriladi. О‘quv rejasini bajarilishi ta’lim muassasasiining rahbari 
tomonidan nazorat qilib turiladi. 
Tо‘garaklar о‘quv dasturini tuzishda olimlar, ilg‘or tо‘garaklar rahbarlari 
qatnashishlari mumkin. О‘quv dasturi maqsad, vazifalarini saqlab qolgan xolda 
uning mazmuniga о‘rgartirish kiritish mumkin. Bu о‘zgartirish ta’lim muassasasi 
metodik kengashida kо‘rib chiqib ma’qullanadi va rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 


265 
Taqvim-mavzu reja о‘quv dasturi asosida tо‘garak rahbari tomonidan tuziladi. 
О‘quv yili boshida avgust kengashida kо‘rib chiqilib, tо‘garak ishlar bо‘yicha 
tashkilotchi tomonidan tasdiqlanadi. 
Taqvim mavzu reja quyidagi jadval tariqasida tuziladi. 
Mashg‘u- 
lot ketma-
ketligi. 
Bо‘lim 
va 
mavzu 
nomi 
Ajra-
tilgan 
soat 
Muddat 
Mash-
g‘ulot 
turlari 
Kо‘r- 
gazmali 
qurollar 
О‘quv-
chilarga 
mustaqil 
ish 
Eslatma








Taqvim- mavzu rejadagi
mashg‘ulot ketma-ketligi, bо‘lim va mavzu nomi, 
ajratilgan soat - о‘quv dasturidan olinadi. 
Muddat
- mavzuni jadval asosida, taqvimga moslashtiriladi. 
Mashg‘ulot turlari
- mashg‘ulot mavzusini qanday mash’gulot turidan 
foydalansa, yaxshi natija berilishiga kо‘ra tanlanadi. 
Kо‘rgazma qurollar
- ushbu mavzuni tushuntirishda qanday kо‘rgazma, 
tarqatma materiallaridan foydalanish kerakligi kо‘rsatiladi. 
Tо‘garak ishlarini mustahkamlashga oid uy vazifasi berilishi kerak. Uy 
vazifasini berishdan tо‘garak a’zolari ijodiy ishlashini hisobga olish kerak albatta 
uy vazifasi aniq tushunarli bо‘lishi kerak. 
Eslatma - yil davomida tо‘plagan fikrlari, kiritiladigan о‘zgarishlar haqida 
ma’lumotlar toplanib boriladi va kelgusi yil uchun reja tuzishda hisobga olinadi. 
Tо‘garak ishini samarali olib borilishi uchun dastur asosida ish rejasi tuziladi. 
Reja tuzishda tо‘garak qatnashchilarini yoshi, bilim doirasi, qiziqishlari hisobga 
olinib, oddiydan murakkabga tomon tamoyili asosida tuziladi. Rejaning birinchi 
yilida о‘rganilayotgan yо‘nalish bо‘yicha bilim, kо‘nikma, malakalar berishga 
e’tibor beriladi. Dastlab qо‘llaniladigan ish turlari ularni bajarishdagi qoidalar va 
buyumlarini tayyorlash jarayonlarida qо‘llash hisobga olinadi.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin