Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar 
1.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishning maqsad va 
vazifalari nimalardan iborat? 
2.
Maktab sharoitida tо‘garaklar tashkil qilish qanday amalga oshiriladi? 
3.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida qanday tarbiyaviy ishlar 
amalga oshiriladi? 
4.
Tо‘garaklarni tashkil etish jarayoni qanday rejalashtiriladi?
5.
О‘quvchilarni kasbga yо‘llashda sinfdan va maktabdan tashqari qanday 
ishlar tashkil etiladi? 


272 
8.2. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashga oid metodik ishlar 
Reja: 
1.
Umumiy о‘rta ta’lim tizimida mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash fani 
bо‘yicha metodik xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish tizimi.
 
2.
Metodik ishlarni tashkil qilish metodlari, shakllari, mazmuni va vositalari. 
3.
Metodik ishlarni boshqarish tizimi. 
Tayanch iboralar: 
Metodik ishlar, metodik xizmat, pedagogik kengash, 
uslubiy komissiya, metodik birlashma, pedagogik о‘qish, uslubiy kengash, 
istiqbolli reja.
 
1.
 
Umumiy о‘rta ta’lim tizimida mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash 
fani bо‘yicha metodik xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish tizimi. 
Umumta’lim maktablarida ilmiy-metodik ishlarni zamon talablari asosida tashkil 
etish va unga rahbarlik qilish uchun maktab rahbari ayni vaqtda ham yaxshi 
pedagogik, ham kasb sirlarini yaxshi biladigan mutaxassis bо‘lishi kerak. U 
mustaqil ravishda bilim olish va malaka oshirish kurslari orqali ilmiy-metodik 
ishlarning mazmuni hamda ularni tashkil etishga oid masalalarni о‘rganib borishi 
kerak. 
Umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan ilmiy-metodik ishlarning 
vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi: 
-
umumta’lim maktabi pedagog va texnik xodimlarining ilmiy-g‘oyaviy 
saviyasini, pedagogik mahoratini oshirish; 
-
о‘quvchilarni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash mazmuni, shakl, metod 
va vositalarini takomillashtirish; 
-
ta’lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarining birligi, umumilmiy, 
umumkasb va maxsus tayyorgarlikning uzviyligini ta’minlash; 
-
ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini, fan va texnika yutuqlarini 
о‘rganish, umumlashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishdan iborat. 
Ilmiy-metodik ishlarda ishtirok etish umumta’lim maktablaridagi barcha 
rahbarlar, о‘qituvchilar, muxandis-pedagoglar uchun majburiy bо‘lib, ularning 
pedagogik faoliyatini ajralmas qismi hisoblanadi. 


273 
Umumta’lim maktablaridagi metodik ishlarning mazmuni, yо‘nalishi, 
tuzilmasi kabilar metodik ish haqidagi Nizom bilan belgilanadi. Shu nizomga 
muvofiq jamoaviy va individual metodik ishlar olib boriladi. 
Quyidagilar jamoaviy metodik ish shakllari sirasiga kiradi: 
-
pedagogik kengash; 
-
uslubiy komissiyalar; 
-
ilg‘or tajriba maktabi, muammoli seminarlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalar, 
pedagogik о‘qish va turli uslubiy kengashlar. 
Individual metodik ish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 
-
umumta’lim maktablari rahbarlari, о‘qituvchilar, va boshqa texnik 
xodimlarning о‘z g‘oyaviy-siyosiy darajasi, pedagogik malakasi va kasb 
mahoratini oshirish yuzasidan olib boriladigan mustaqil metodik ishlari; 
-
maktab rahbari (direktor), uning о‘rinbosarlari, о‘qituvchilar, pedagoglar va 
boshqa texnik xodimlar bilan olib boradigan individual metodik ishlari. 
Metodik ishlar shakli va mazmuni bо‘yicha ham pedagogik xodimlarning turli 
guruhlarini qamrab olish bо‘yicha ham muvofiqlashtirilgan taqdirdagina yuqori 
samaradorlikka erishish mumkin. Umumta’lim maktabida metodik ishlarni 
umumiy mavzu asosida tashkil etish tajribasi bunday muvofiqlashtirish usullaridan 
biridir. Metodik ishni bunday tashkil etishning mohiyati shundan iboratki, 
umumta’lim maktabi ma’lum bir vaqtga mо‘ljallangan umumiy mavzuni tadqiq 
etadi. Buning natijasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishning dolzarb 
muammolarini hal etishga muayyan hissa qо‘shadi, turli toifadagi pedagogik 
xodimlarning tayyorgarlik darajasi hisobga olingan holda, ularning pedagogik 
mahoratini oshirish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi. 
Metodik ish umumta’lim maktabining istiqbolli va joriy ish rejalarida 
mustaqil bо‘lim sifatida rejalashtirilishi kerak. Mustaqil ishlarning tashkil etilishi 
va samaradorligini tekshirish masalalari umumta’lim maktablarining ichki nazorat 
rejalarida о‘z aksini topadi.
Metodik ishlarni rejalashtirishda quyidagi talablarga asoslanish maqsadga 
muvofiqdir: 


274 
-
kelajakdagi rivojlanishni kо‘zda tutish (bajarish muddatlari va vazifalari 
bо‘yicha); 
-
rejalarni ta’lim-tarbiya va metodik ishning ahvoli va natijalarini har 
tomonlama chuqur о‘rganish hamda tahlil qilish asosida ishlab chiqish; 
-
rejalarning ijodiy harakteri, ya’ni ularni bajarishda ishtirok etuvchi 
xodimlarning tashabbusi va ijodkorligini namoyish etilishga zarur imkoniyat 
yaratish; 
-
metodik ishlarning jamoaviy va individual shakllarini uyg‘un qо‘shib olib 
borish; 
-
tezkor tekshirish mumkinligi (yozuvlar va bajarish muddatlarining aniqligi 
ijrochilarning kо‘rsatilishi). 
Metodik ish shakllari va maqsadlarining rang-barangligi, uning turli guruh va 
toifadagi pedagoglarni о‘ziga jalb etilishini hisobga olib, tadbirlarni mazmuni va 
о‘tkazish muddatlarini muvofiqlashtirish, bir ishning takrorlanishini bartaraf etish, 
uning samaradorligini oshirish uchun pedagogik amaliyotda uzoq vaqtlardan beri 
«Metodik ishlarning umumiy rejasi» tuziladi. Bu ish pedagogik tajribada о‘zini 
oqladi. Bunday rejada umumta’lim maktabidagi barcha metodik ishlar tizimi 
taqvim muddatlar va muhim tadbirlar bо‘yicha uyg‘unlashtiriladi.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisining metodik ishlar olib borishdan kо‘zda tutilgan 
asosiy maqsad – ularning malakasini oshirish. Bu esa ta’lim-tarbiya ishlarini 
takomillashtirishda muhim vositadir. Bu ish о‘qituvchilarning о‘quvchilar bilan 
olib boradigan ishlarida katta yordam beradi, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasi, 
pedagogik va ishlab chiqarish malakasini oshiradi.
Shunga e’tibor berish kerakki, о‘qituvchilarning metodik ishlari asosini 
ularning bu sohadagi mustaqil ishlari tashkil etadi. Bu ish muayyan maqsadga 
qaratilgan bо‘lishi, muntazam olib borilishi va ta’lim-tarbiya ishlarida о‘z ifodasini 
topishi kerak.
О‘qituvchilarning metodik ishlari maktab rahbarlarining bevosita nazorati va 
rahbarligida olib borilishi kerak. Umumta’lim maktabida mustaqil metodik ishlar 
jamoaviy ishlar bilan birga olib boriladi. 


275 
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi о‘zining pedagoglik mahoratini takomillashtirish 
ustida, о‘z malakasini oshirish ustida har doim ishlashi kerak. Unga bu borada 
о‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari ancha yordam beradi. Bu institutlarda 
qichqa muddatli kurslar tashkil qilinib, ularda о‘qituvchilar fan va texnika 
sohasidagi yutuqlar, ilg‘or pedagogik tajribalar bilan tanishadilar. 
Bu kurslar hamma о‘qituvchilarni qamrab ololmaydi, albatta. Shu sababli 
kurs tayyorgarligi bilan birga joylarda muntazam ravishda metodik ishlab olib 
boriladi. Odatda, ular birqancha metodik ishlarini bajarishadi. Bu esa qо‘shimcha 
ma’suliyat yuklaydi, ularning mustaqil bilim olish borasida qunt bilan ishlab, 
hamkasblari uchun namuna bо‘lishga majbur qiladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin