268
Ma’lumki,
mashg‘ulotlar
chog‘ida
о‘quvchilarda
umumtexnikaviy,
umummehnat va maxsus bilimlar hamda kо‘nikmalar shakllanadi. О‘quvchilar
ishlab chiqarishda ommalashgan asboblar va moslamalar bilan ish kо‘radilar,
ba’zan esa ularni о‘zlari ham tayyorlanadilar. О‘quvchilarning texnik ijodkorlik
tо‘garaklaridagi faoliyati kо‘pgina hollarda ijtimoiy ahamiyatga molik bо‘lgan
muayyan buyumlarni tayyorlash bilan ham bog‘liqdir.
Aniq texnika tо‘garagi mashg‘ulotlari uchun kasbga yо‘naltirishning diqqatga
sazovor jihatlarini kо‘rsatib о‘tish qiyin emas. Tо‘garakda birmuncha
muvaffaqiyatli yoritilishi mumkin bо‘lgan bunday jihatlarga ishchi faoliyatini
tavsiflash, ishlab chiqarish mutaxassisi sifatida uning vazifalari, mehnat mazmuni,
shuningdek kichik mutaxassisning samarali ishlash uchun zarur bо‘lgan bilimlar,
kо‘nikma va malakalar bilan tanishtirish, mehnat qurollari va obyektlari kiradi.
Texnika tо‘garagi mashg‘ulotlarida kasbga yо‘naltirish ishi tо‘garak ishlab
turgan butun davr mobaynida muntazam ravishda olib borilishi uchun eslatib
о‘tilgan barcha omillar va xususiyatlari hisobga olib, namunaviy dastur asosida
kasbga yо‘naltirish bо‘yicha kasbiy ish yuzasidan ish rejasini tuzish lozim.
Quyida tо‘garak ishi jarayonida kasbga yо‘naltirish ishining namunaviy rejasi
keltiriladi:
Kasbga yо‘naltirish sistemasi hayot yо‘lini tanlab olishda, kasbga
yо‘naltirishda mashinosozlik va mashinashunoslik, fermer xо‘jaligi dehqonlari va
mehnatkash ziyolilarning saflarini tо‘ldirishda yoshlarga qо‘maklashishi va
umuman mehnat resurslarini oqilona taqsimlashda ta’sir о‘tkazishi lozim.
Dostları ilə paylaş: