283
sharoitida ishlayotgan kishilar bilan uchrashuvlar о‘quvchilarda katta taassurot
qoldiradi.
Mehnat ta’limi jarayonida о‘quvchilar tanishadigan kasblar ancha kо‘p.
Shuning uchun, о‘qituvchilar о‘quvchilarga о‘z kasbi haqida hikoya qilib
beradigan ishlab chiqarish ustalari, ilg‘orlar, tadbirkorlar, ishbilarmonlarni
topishda qiynalishmaydi. Ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda fan asoslariga
doir bilimlardan foydalanish tо‘g‘risida ishlab chiqarish ustalari, ilg‘orlar,
tadbirkorlar, ishbilarmonlarni aytgan gaplar, ayniqsa qimmatlidir. Umumta’lim
bilimlariga ega bо‘lmasdan, biror kasb-hunarni mukammal о‘rganmasdan turib
bozor iqtisodiyoti jarayonida zamon talabi darajasida mutaxassis bо‘lish mumkin
emasligini о‘quvchilar tushunib olishadi.
Ishlab chiqarish ustalari, ilg‘orlari, tadbirkorlar, ishbilarmonlar bilan
uchrashuvlar kо‘pincha tantanali vaziyatda о‘tadi. Bolalar mehmonlarga atab
sovg‘alar tayyorlashadi, yaxshi о‘qiymiz deb majburiyatlar olishadi. Bunday
tadbirlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: