Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Kasb tanlashga yо‘llash komissiyalarini tashkil qilish; о‘qituvchilar bilan 
metodik ishlarni tashkil qilish; о‘quvchilar bilan ishlash; ota-onalar bilan ishlash.
Kasbga yо‘naltiruvchi о‘quv-metodik xonani tashkil qilishda va uning 
ishiga yordamlashishda mehnat ta’limi о‘qituvchisi katta axamiyat 
о‘ynaydi. Kо‘pgina maktablarda mehnat ta’limi о‘qituvchilari ana shunday 
xonalarning tashkilotchilari hisoblanadilar. Maktabdagi kasbga yо‘naltiruvchi 
о‘quv-metodik xonasi о‘quvchilarni kasbni ongli ravishda tanlashga 
ta yyo rlash sohasida ular bilan, ota-onalar bilan muntazam ish olib borish 
uchun, shuningdek kasbga yо‘naltirish ishini ado etishda о‘qituvchilarga, 
korxonalarning xodimlariga metodik yordam berish uchun xizmat qiladi. Shu 
sababdan xonaning jihozlanishi va vaziyati о‘quvchilarning muayyan 
psixologik kayfiyatini kо‘tarishga kо‘maklashishi, bu erda ularni qiziqtiruvchi 
savollarga javob olish imkoniyati yaratilishi, xonaga kelish extiyojini 
tug‘dirishi muhimdir. 
Kasbga yо‘naltirish xonasining ish mazmuni: 
- ishlab iqarishning turli tarmoqlari tо‘g‘risida о‘quvchilarni xabardor 
qilish, eng kо‘p tarqalgan kasblar bilan ularni tanishtirishni; 


312 

о‘quvchilarning mehnat faoliyatining muayyan turlariga oid 
qiziqishlari, mayllari va qobiliyatlarini aniqlash hamda rivojlantirishni; 
- о‘quvchilarda shaxsning tegishli psixofiziologik hislatlariga mos 
bо‘lgan va jamiyatning kadrlarga bо‘lgan talab-ehtiyojlarini hisobga 
oladigan kasbiy n i yatlarini shakllanti rishni; 
- kasb tanlash, ishga joylashish va о‘qishni davom ettirish masalalari 
yuzasidan о‘quvchilar uchun pedagogik maslahatlar tashkil qilishni; 
- о ‘qituvchilar v a boshqa xodi ml ar bilan metodik ishlar olib 
borish (pedagogik о‘qishlar, ma’ruzalar, seminarlar, yakka tartibdagi 
mashg‘ulotlar о‘tkazish)ni; 
- о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishga oid ilg‘or tajribani о‘rganish va 
umumlashtirishni; 
- ota-onalar bilan ish olib borish 
(yig‘ilishlar, 
ma’ruzalar, 
uchrashuvlar, yakka tartibdagi maslaxatlar о‘tkazish)ni; 
- о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish masalalari yuzasidan mehnat 
jamoalari va jamoatchilik bilan aloqani amalga oshirishni о‘z ichiga oladi. 
Ana shu ishlarni olib borish uchun kasbga yо‘naltirish xonalarida, odatda, 
ikki bо‘limdan: axborot va metodik bо‘limlardan iborat ekspozitsiya 
jihozlanadi. 
Axborot bо‘limida о‘quvchilarning kasb tanlashiga kо‘maklashadigan 
ma’lumotlar bilan pedagoglar, о‘quvchilar va ularning ota-onalari xaqida 
materiallar tо‘planadi. 
Metodik bо‘limda о‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan kasbga 
yо‘naltirish ishini olib borishni tashkil qilishga, uning shakl va metodlariga 
oid о‘qituvchilar uchun tavsiyalar berilgan bо‘ladi. 
Kasbga 
yо‘naltirish xonasiga quyidagi mazmundagi materiallar 
qо‘yiladi: 
- atoqli jamoat arboblari, olimlar, yozuvchilar, pedagoglar va shu 
kabilarning mehnat va kasb tanlash haqida bildirgan fikrlari; shu sohaga 
oid davlat hujjatlaridan olingan nusxalar; 


313 
- «Kasbni tо‘g‘ri tanlash nimani bildiradi», «Odamga kasb 
tomonidan qanday talablar qо‘yiladi», «Kasb tanlashda xato qilmaslik uchun 
nimalarni bilish kerak», «Shifokor maslahatlari» (kasb tanlashga tо‘g‘ri 
kelmaydigan fikrlar haqidagi stend), «Psixolog maslahati» (о‘z kasb tanlashini 
tushunganlik tо‘g‘risida, kiziqishlar va qobiliyatlarni rivojlantirish haqida); 
- ma’lumotnoma materiallari: «О‘qish uchun qaysi joyga borish kerak» 
(kishloq kasb-hunar kollejlar, oliy о‘quv yurtlari tо‘g‘risidagi, bularga qabul qilish 
shartlari, bularda egallash mumkin bо‘lgan kasblar va mutaxassisliklar xaqida 
ma’lumotlar), «Ishlash uchun qaysi joyga borish kerak» (ishlab chikarish 
korxonalarning yetakchi kasblari, shahar, tuman, viloyat muhtoj bо‘lgan kasblar 
tо‘g‘risida ma’lumotlar); professiogrammalar; 
- «Ota-onalaringizning kasblari» (ota-onalardan ishlab chiqarish ilg‘orlari, 
ratsionalizatorlar tо‘g‘risida yorqin, maroqli hikoyalar), «Biz tanlayotgan yо‘llar» 
(maktablarni bitirib chiquvchilar, ularning mehnatda erishgan muvaffaqiyatlari 
haqida), «Yо‘l kо‘rcatuvchilarimiz» (ishlab chikarish korxonalarning ilg‘or 
ishchilari tо‘g‘risida). 
Bundan tashqari, xonaga asbob-uskunalarning maketlari, tayyor mahsulot 
namunalari qо‘yilgan bо‘lishi mumkin. 
Audiovizual axborotni tashkil qilish uchun xona ta’limning texnikaviy 
vositalari kinoproyektorlar va slaydo-proyektorlar, kompyuter vositalari
kinofilmlar va slaydlar, kinoekran, magnitofonlar, musiqali va magnitli materiallari 
bо‘lgan fonoteka, videotekasi bо‘lgan videomagnitofonlar bilan jihozlanadi. 
Xonada ma’naviy-ahloqiy, ma’lumotnoma, ilmiy-ommabop kitoblardan va 
tegishli badiiy adabiyotdan iborat kutubxona, rо‘znomalar, oynomalar albatta 
bо‘lishi kerak. Ba’zi xonalarda kasbga yо‘naltirishga oid bibliografiya tuzadilar, 
bundan о‘quvchilar ham, о‘qituvchilar ham foydalanishlari mumkin. 
Mamlakatdagi kasbga yо‘naltiruvchi bir qancha xonalarning ish tajribasi 
shuni kо‘rsatdiki, xona materiallarini faol о‘zlashtirish va ulardan foydalanish 
uchun shu xonalarda о‘quvchilardan maslahatchi yо‘lboо‘chilar rolini bajaradigan 
faollarni, shuningdek maktablarning yuqori sinf о‘quvchilari, bitiruvchilari, ota-


314 
onalar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ishlab chiqarish peshqadamlari, ishlab 
chikarish korxonalari kichik mutaxassislari, maktab о‘qituvchilari ishtirokida 
ma’ruzachilar guruhini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. 
Kasbga yо‘naltiruvchi maktab о‘quv-metodik xonasini tashkil qilishda 
о‘quvchilarning о‘zlariga katta e’tibor berilishi lozim. Ular mehnat о‘qituvchisi 
rahbarligida xonani jihozlashda, eksponatlar yig‘ish, saqlash uchun planshetlar, 
tagliklar va shu kabilarni tayyorlashda yordam berishlari mumkin. Kasb 
diagnostikasi bо‘yicha asboblar tayyorlash jarayoni bolalarda katta qiziqish 
tug‘diradi. 8-9 sinflarning о‘quvchilari sanoat namunalarini asos qilib olib, ana 
shunday konstruksiyalarni, texnika obyektlarini yaratishlari mumkin. Ba’zan 
maktab о‘quvchilari yaratgan asboblar sanoatda yasalgan asboblardan hatto ustun 
turadi. О‘quvchilar о‘zlari yaratgan kasb diagnostika uskunalarida ishlab, 
mustahkam amaliy malakalar va muayyan texnikaviy bilimlar oladilar. Bu bilimlar 
rivojlantirilib, ilm-fanning muayyan sohasini chuqur о‘rganish uchun xizmat 
qilishi, keyinchalik ongli ravishda kasb tanlashga yordam berishi mumkin. 
Shunday qilib, mehnat ta’limi о‘qituvchisi maktabning о‘quv-metodik xonasi 
bilan mahkam aloqa bog‘lab, kasbga yо‘naltirish ishi samaradorligini ancha 
oshiradi, о‘quvchilarning о‘zlari kasb tanlashlari uchun mustahkam zamin 
yaratadi, ularni duradgorlik, chilangarlik, tokarlik, frezerlik va shu kabi boshqa 
kasblar bilan tanishtirib, о‘quvchilarni mehnat faoliyatini tanlashga tayyorlash 
uchun shart-sharoitlar vujudga keltiradi. О‘quvchilarni mehnat faoliyatining ana 
shu turlari bilan tanishtirish har bir fermer xо‘jaligi, tuman, shahardagi ishlab 
chiqarish obyektlarida bosqichma-bosqich olib boriladi. 
Chunonchi, birinchi bosqich (kasb ta’limi jarayonida, ya’ni kasb tanlashning 
tayyorgarlik davrida) kasbga oid maslahatlar berish, о‘quvchilarning mayllarini, 
qobiliyatlarini va individual xususiyatlarini hisobga olib, kasb tanlashda ularga 
yordam kо‘rsatishdan iborat. 
Ikkinchi bosqich kasbiy tayyorgarlik davomida tanlagan kasb bilan 
bog‘langandir. Pedagog о‘quvchilarning jismoniy va aqliy rivojlanishini, 


315 
qizikishlari va kobilyatlarini, о‘zlashtirishini, ushbu kasbni egallashga tayyorgarlik 
darajasini, tibbiy zid dalillarni bilishi kerak. 
Bu bosqichni kasbga doir maslahat berishning yakunlovchi bosqichi deyish 
mumkin. Bunday maslahatlarni yil oxirida bitiruvchi sinfda fan о‘qituvchilari, sinf 
rahbarlari, maktablarning kasbga yо‘naltiruvchi komissiyalari va kasbga 
yо‘naltiruvchi xonalarning xodimlari, korxonalar, о‘quv yurtlari va ishga 
joylashtirish organlarining xodimlari beradilar. 
Uchinchi bosqichda aniqlovchi maslahat о‘tkaziladi. Bunday maslahatdan 
kо‘zda tutilgan maqsad – amalga oshirilgan tanlovni aniqlash, kasb xato tanlangan 
taqdirda esa buni odoblilik bilan tushuntirib, boshqa kasbni tanlashni maslahat 
berish lozim. 
Kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) - kasbiy ishning butun tizimida yakunlovchi 
bosqichdir. Ayni ana shu bosqichda xodimning tanlagan kasbga uzil-kesil 
muvofikligi yoki nomuvofiqligi aniqlanadi. Lekin kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) 
metodlaridan kasbga yо‘naltirishning faqat yakunlovchi bosqichida foydalanish 
mumkin, deb hisoblash notо‘g‘ri bо‘lur edi. U yoki bu kasbni egallagani holda 
dastlabki tibbiy-fiziologik va psixologik kо‘rikdan о‘tmagan yigit yoki qizga 
tanlagan kasbi zid bо‘lishi ham mumkin. Shu boisdan kasb tanlash boshlang‘ich 
bosqichda ham, shuningdek yakunlovchi bosqichda ham о‘tkazilishi lozim. 
Kasbga yaroqlilik - mazkur kishining ushbu kasb bо‘yicha mehnat 
vazifalarini bajarishi uchun yaroqli yoki yaroqsizligini qayd qilishdangina iborat 
emas, albatta. Kasbga yaroqlilikni boshqa jihatdan ham: 
1) 
odam о‘zi tanlagan kasbga yaroqlimi yoki yо‘qligi; 
2) 
hayot yо‘lini tanlagan chog‘da u nimalarga amal qilishi lozimligi; 
3) 
uni о‘qitish masalasiga qanday qilib birmuncha oqilona yondashish, 
ya’ni unda kasbga yaroqlilikni qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda 
shakllantirish, tarbiyalash va rivojlantirish mumkinligi jihatidan ham kо‘rib chiqish 
kerak. 
Boshqacha qilib aytganda, u yoki bu kasblarni egallashga harakat qilayotgan 
odamlarning tibbiy kо‘rsatkichlari bilan bir qatorda ularda diqqat, tafakkur, 


316 
psixomotorika va shu kabi psixik funksiyalarni rivojlantirish bilan bog‘liq 
muayyan psixologik kayfiyatni ham shakllantirish zarur. Kasbga yaroqlilik о‘quv 
va mehnat faoliyatida shakllanadigan shaxs fazilatidir. Kasbga yaroqlilikni 
odamning kasbga nisbatan qoyilgan talablarga mos bо‘lgan tug‘ma yoki hosil 
qilingan psixofiziologik xususiyatlari yig‘indisi deb qarash yaramaydi. Faqat ba’zi 
kasblar (sozanda, rassom va shu kabilar) uchun muayyan tabiiy ma’lumotlar talab 
qilinadi. Shu boisdan psixologik, mehnat о‘qituvchisi va boshqalarning vazifasi 
о‘quvchi kasb (mutaxassislik)ni yoki о‘quv yurtini tо‘g‘ri yoki notо‘g‘ri 
tanlaganini; tanlagan kasbi yoki о‘quv yurti uning mayllari yoki qobiliyatlariga 
mos yoxud mos emasligini; kasbni yoki о‘quv yurtini tanlash vajlari, ota-
onalarning, о‘qituvchilarning va shu kabilarning fikri qanday ekanligini 
aniqlashdan iborat. О‘quvchilarning kasbga bо‘lgan qiziqishlari va mayllari ana 
shunday ma’lumotlar asosida aniqlanadi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin