301
9.2. Kasbga yо‘naltirish ishining maktab sistemasi
Reja:
1.
О‘qituvchining shaxsi, fan о‘qituvchilari, sinf rahbari; о‘quv ishlari
bо‘yicha ilmiy mudirning kasb tanlashdagi roli
2.
О‘quv muassasalarida kasb tanlashga yо‘llash uslubiyoti.
3.
Kasb tanlashga yо‘llash komissiyalarini tashkil qilish; о‘qituvchilar
bilan metodik ishlarni tashkil qilish; о‘quvchilar bilan ishlash; ota-onalar bilan
ishlash.
Tayanch iboralar:
Fan о‘qituvchisi shaxsi, sinf raxbari, qobilyat va qiziqish,
kasblar va mutaxassisliklar, psixologik-pedagogik maslahat-mehnat faoliyati,
bilimlari va mayllar,
kasb tarbiyasi, amaliy kasbiy kо‘nikish, tashhis
markazlari.
1.
О‘qituvchining shaxsi, fan о‘qituvchilari, sinf rahbari; о‘quv
ishlari bо‘yicha ilmiy mudirning kasb tanlashdagi roli.
Kasbga yо‘naltirish ishini amalga oshirishning umumiy bosqichida
maktab tizimi dastlabki bosqich hisoblanadi.
Kasbga yо‘naltirish ishi maktab jamoasining vazifalariga:
- shaxsning manan yetuk yuksak ma’naviy-axloqiy
fazilatlariga ega
bо‘lgan fuqarolarni tarbiyalashdan;
- boshlang‘ich kasbiy malakalarning muayyan darajasini egallagan
bо‘lg‘usi malakali mutaxassisni tayyorlashdan;
- ham shaxsiy mehnat, ham jamoa mehnati muayyan tashkilotchilik
malakalarini shakllantirishdan iborat.
Kasb egallashgacha bо‘lgan tayyorgarlik maktab yoshlarini moddiy
ishlab chiqarish sohasida mehnatga hozirlashning
umumiy q i s mi
bо‘lib qoladi. Zarur politexnik tayyorgarlikni olgan yigit yoki qiz
ishlab chiqarish kasbini tez egallaydi, bunda kasb-hunar ta’limi
tizimining
shundan keyingi hamma bosqi c h l a rid a k a s bi y ma ’l u mo t yo k i o l i y
ma’lumot olish jarayoni jadallashadi.
302
О‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash — butun pedagoglar ja-
moasining, ota-onalar va tashkilot-korxonalar jamoatchiligining kо‘p
yillik
ta’lim-tarbiya ishidir. Yoshlarni ma’naviy-psixologik jihatdan mehnat
faoliyatiga tayyorlashga shaxsni har tomonlama kamol toptirishning о‘zaro
bog‘liq jarayoni deb qaraladi, bu jarayonda qobiliyat va e’tiqod bilan birga
о‘smirning shaxsi harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bо‘ladi.
Qobiliyat va qiziqishlarni shakllantirishning politexnik asoslari va
maktab yoshlari boshlang‘ich kasbiy tayyorgarligini
kengaytirish bilan
uzviy bog‘liq bо‘lishi ishchi kasblarini egallashga yо‘naltirishning hal
qiluvchi shartidir .
Ta’lim va kasbga yо‘naltirish bilan qо‘shilgan unumli meh-natda
muntazam qatnashish eng kо‘p pedagogik samara beradi . Umumiy о‘rta
ta’lim maktablarini tamomlab yoki kasb-hunar kollej ta’limi tuzilmasida,
о‘quv texnik markazlarida zarur tayyorgarlikdan о‘tib,
ishlab
chiqarish sohalarida darhol ishlay boshlagan yoshlarning soni yil sayin
kо‘payib bormoqda.
Maktabda kasbga yо‘naltirish
Dostları ilə paylaş: