Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

tanlashga tayyorlash 
Reja: 
1.
Kasbga yо‘naltirish shakl va metodlari;
2.
Kasbga yо‘naltirish bosqichlari mazmuni;
3.
Kasbga yо‘naltirishning ijtimoiy va psixofiziologik asoslari. 
Tayanch iboralar:
 
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash, shakl va 
metodlar, bozor iqtisodiyoti, sohalar, tasniflagich, kasblar dinyosi, tashhis 
markazlari. 
1.
Kasbga yо‘naltirish shakl va metodlari.
Mehnat ta’limi jarayonida 
о‘kuvchilarni materiallarga ishlov berish bilan, elektr montaj ishlarini bajarish, 
mashinalarga hizmat kо‘rsatish va shu kabilar bilan bog‘liq bо‘lgan qator ishchi 
kasblari bilan tanishtirish uchun qulay sharoit vujudga keladi. Ustaxonalarda 
mashg‘ulotlar о‘tkazilayotganda u yoki bu mutaxassis nima bilan shug‘ullanishi 
tо‘g‘risida shunchaki tasavvur berish emas, balki kasbning barcha tomonlarni 
ochish, mehnat sharoitlarini kо‘rsatib berish muhimdir. Buni amalga oshirish oson 
emas, albatta. Buning uchun о‘kituvchi planli ravishda diqqat va e’tibor bilan 
ishlashi kerak. 
О‘qituvchilarning ish tajribasi о‘quvchilarni kasb tanlashga yо‘llashning 
shakl va metodlarini belgilab berdi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat. 
1. Darslarda kasb tanlashga yо‘llash. Masalan, о‘qituvchi о‘quvchilarni ular 
ustaxonalardagi mashg‘ulotlarda bajaradigan ish bilan bog‘liq kasblar bilan 
tanishtiradi. Chunonchi о‘quvchilar yog‘ochga ishlov berishni о‘rganayotganlarida 
duradgor, yog‘ochsoz, faner qoplovchi, yog‘och kesuvchi, rom yasovchi, tokar, 
parmalovchi kasblari haqida bilib oladilar. Bundan tashqari, о‘kituvchi 


282 
korxonalarda yogochga qо‘lda ishlov berish bilan bog‘liq ixtisosliklar о‘rnini 
egallagan dastgohchilar kasblari hakida ham gapirib beradi. 
О‘quvchilarga ustaxonalardagi mashg‘ulotlarda metallga ishlov berishni 
о‘rgatishda ular qator chilangarlik va dastgohchilar kasblari: tunukachi chilangar, 
asbobsoz chilangar, ta’mirchi chilangar, asbobsoz chilangar, tokar, parmalovchi 
kasblari bilan tanishtiriladilar. Bundan tashqari, ayrim mavzularni о‘rganish 
davomida о‘smirlarnnng metallga ishlov berish korxonalari ishchi kasblar: termik 
ishlov beruvchi, prokatlovchi, pо‘lat erituvchi va hokazo kasblari tо‘g‘risidagi 
tasavvurlarini kengaytirish mumkin. 
2. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yо‘llash. Odatda, ekskursiyalarda 
о‘kuvchilarni о‘quv dasturi doirasidan chiquvchi material bilan tanishtirishga 
qulay sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatdan о‘quvchilarni kasb tanlashga 
yо‘llash uchun foydalanish mumkin. Masalan, о‘quvchilar metallga va yog‘ochga 
ishlov beriladigan mexanika sexlariga borishganida uskunalarning kо‘p guruh va 
tiplarini kо‘radilar. Shuning uchun о‘kituvchiga ana shu uskunalarda ishlovchi 
kichik mutaxassis kasblari haqida gapirib berish tavsiya etiladi. Agar ishchilarning 
о‘zlari о‘z ishlari, tayyorlaydigan mahsulotlari xaqida gapirib bersalar, о‘quvchilar 
bu kasblar tо‘g‘risida kо‘proq tasavvurga ega bо‘lishadi. 
3.Tо‘garak 
mashg‘ulotlarida 
kasb 
tanlashga 
yо‘llash. 
Tо‘garak 
mashg‘ulotlarida о‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga kо‘proq 
imkoniyatlar vujudga keladi. Agar о‘qituvchi о‘quvchining ishchi kasblardan 
biriga, masalan, yog‘ochga, metallga ishlov berishga moyilligi borligini sezsa u 
о‘quvchi bilan ish olib borib, uning bilim va о‘quvlarini chuqurlashtirish, unga 
yoqadigan 
kasbga 
nisbatan 
qiziqish 
uyg‘otishi zarur. Tо‘garaklardagi 
mashg‘ulotlar о‘quvchilarga yuqori sinflarda mehnat ta’limining yо‘nalishini 
tanlashda yordam beradi.
4. Ishlab chiqarish ustalari, ilg‘orlar, tadbirkorlar, ishbilarmonlar, va maktabni 
bitirgandan sо‘ng moddiy ishlab chiqarish sohasida ishlayotganlar bilan 
uchrashuvlar. Odatda, mazkur maktabni bitirgandan keyin bozor munosabatlari 


283 
sharoitida ishlayotgan kishilar bilan uchrashuvlar о‘quvchilarda katta taassurot 
qoldiradi. 
Mehnat ta’limi jarayonida о‘quvchilar tanishadigan kasblar ancha kо‘p. 
Shuning uchun, о‘qituvchilar о‘quvchilarga о‘z kasbi haqida hikoya qilib 
beradigan ishlab chiqarish ustalari, ilg‘orlar, tadbirkorlar, ishbilarmonlarni 
topishda qiynalishmaydi. Ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda fan asoslariga 
doir bilimlardan foydalanish tо‘g‘risida ishlab chiqarish ustalari, ilg‘orlar, 
tadbirkorlar, ishbilarmonlarni aytgan gaplar, ayniqsa qimmatlidir. Umumta’lim 
bilimlariga ega bо‘lmasdan, biror kasb-hunarni mukammal о‘rganmasdan turib 
bozor iqtisodiyoti jarayonida zamon talabi darajasida mutaxassis bо‘lish mumkin 
emasligini о‘quvchilar tushunib olishadi. 
Ishlab chiqarish ustalari, ilg‘orlari, tadbirkorlar, ishbilarmonlar bilan 
uchrashuvlar kо‘pincha tantanali vaziyatda о‘tadi. Bolalar mehmonlarga atab 
sovg‘alar tayyorlashadi, yaxshi о‘qiymiz deb majburiyatlar olishadi. Bunday 
tadbirlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘ladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin