Kasb tanlashga yо‘llash komissiyalarini tashkil qilish; о‘qituvchilar bilan
metodik ishlarni tashkil qilish; о‘quvchilar bilan ishlash; ota-onalar bilan ishlash.
Kasbga yо‘naltiruvchi о‘quv-metodik xonani tashkil qilishda va uning
ishiga yordamlashishda mehnat ta’limi о‘qituvchisi katta axamiyat
о‘ynaydi. Kо‘pgina maktablarda mehnat ta’limi о‘qituvchilari ana shunday
xonalarning tashkilotchilari hisoblanadilar. Maktabdagi kasbga yо‘naltiruvchi
о‘quv-metodik xonasi о‘quvchilarni kasbni ongli ravishda tanlashga
ta yyo rlash sohasida ular bilan, ota-onalar bilan muntazam ish olib borish
uchun, shuningdek kasbga yо‘naltirish ishini ado etishda о‘qituvchilarga,
korxonalarning xodimlariga metodik yordam berish uchun xizmat qiladi. Shu
sababdan xonaning jihozlanishi va vaziyati о‘quvchilarning muayyan
psixologik kayfiyatini kо‘tarishga kо‘maklashishi, bu erda ularni qiziqtiruvchi
savollarga javob olish imkoniyati yaratilishi, xonaga kelish extiyojini
tug‘dirishi muhimdir.
Kasbga yо‘naltirish xonasining ish mazmuni:
- ishlab iqarishning turli tarmoqlari tо‘g‘risida о‘quvchilarni xabardor
qilish, eng kо‘p tarqalgan kasblar bilan ularni tanishtirishni;
312
-
о‘quvchilarning mehnat faoliyatining muayyan turlariga oid
qiziqishlari, mayllari va qobiliyatlarini aniqlash hamda rivojlantirishni;
- о‘quvchilarda shaxsning tegishli psixofiziologik hislatlariga mos
bо‘lgan va jamiyatning kadrlarga bо‘lgan talab-ehtiyojlarini hisobga
oladigan kasbiy n i yatlarini shakllanti rishni;
- kasb tanlash, ishga joylashish va о‘qishni davom ettirish masalalari
yuzasidan о‘quvchilar uchun pedagogik maslahatlar tashkil qilishni;
- о ‘qituvchilar v a boshqa xodi ml ar bilan metodik ishlar olib
borish (pedagogik о‘qishlar, ma’ruzalar, seminarlar, yakka tartibdagi
mashg‘ulotlar о‘tkazish)ni;
- о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishga oid ilg‘or tajribani о‘rganish va
umumlashtirishni;
- ota-onalar bilan ish olib borish
(yig‘ilishlar,
ma’ruzalar,
uchrashuvlar, yakka tartibdagi maslaxatlar о‘tkazish)ni;
- о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish masalalari yuzasidan mehnat
jamoalari va jamoatchilik bilan aloqani amalga oshirishni о‘z ichiga oladi.
Ana shu ishlarni olib borish uchun kasbga yо‘naltirish xonalarida, odatda,
ikki bо‘limdan: axborot va metodik bо‘limlardan iborat ekspozitsiya
jihozlanadi.
Axborot bо‘limida о‘quvchilarning kasb tanlashiga kо‘maklashadigan
ma’lumotlar bilan pedagoglar, о‘quvchilar va ularning ota-onalari xaqida
materiallar tо‘planadi.
Metodik bо‘limda о‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan kasbga
yо‘naltirish ishini olib borishni tashkil qilishga, uning shakl va metodlariga
oid о‘qituvchilar uchun tavsiyalar berilgan bо‘ladi.
Kasbga
yо‘naltirish xonasiga quyidagi mazmundagi materiallar
qо‘yiladi:
- atoqli jamoat arboblari, olimlar, yozuvchilar, pedagoglar va shu
kabilarning mehnat va kasb tanlash haqida bildirgan fikrlari; shu sohaga
oid davlat hujjatlaridan olingan nusxalar;
313
- «Kasbni tо‘g‘ri tanlash nimani bildiradi», «Odamga kasb
tomonidan qanday talablar qо‘yiladi», «Kasb tanlashda xato qilmaslik uchun
nimalarni bilish kerak», «Shifokor maslahatlari» (kasb tanlashga tо‘g‘ri
kelmaydigan fikrlar haqidagi stend), «Psixolog maslahati» (о‘z kasb tanlashini
tushunganlik tо‘g‘risida, kiziqishlar va qobiliyatlarni rivojlantirish haqida);
- ma’lumotnoma materiallari: «О‘qish uchun qaysi joyga borish kerak»
(kishloq kasb-hunar kollejlar, oliy о‘quv yurtlari tо‘g‘risidagi, bularga qabul qilish
shartlari, bularda egallash mumkin bо‘lgan kasblar va mutaxassisliklar xaqida
ma’lumotlar), «Ishlash uchun qaysi joyga borish kerak» (ishlab chikarish
korxonalarning yetakchi kasblari, shahar, tuman, viloyat muhtoj bо‘lgan kasblar
tо‘g‘risida ma’lumotlar); professiogrammalar;
- «Ota-onalaringizning kasblari» (ota-onalardan ishlab chiqarish ilg‘orlari,
ratsionalizatorlar tо‘g‘risida yorqin, maroqli hikoyalar), «Biz tanlayotgan yо‘llar»
(maktablarni bitirib chiquvchilar, ularning mehnatda erishgan muvaffaqiyatlari
haqida), «Yо‘l kо‘rcatuvchilarimiz» (ishlab chikarish korxonalarning ilg‘or
ishchilari tо‘g‘risida).
Bundan tashqari, xonaga asbob-uskunalarning maketlari, tayyor mahsulot
namunalari qо‘yilgan bо‘lishi mumkin.
Audiovizual axborotni tashkil qilish uchun xona ta’limning texnikaviy
vositalari kinoproyektorlar va slaydo-proyektorlar, kompyuter vositalari,
kinofilmlar va slaydlar, kinoekran, magnitofonlar, musiqali va magnitli materiallari
bо‘lgan fonoteka, videotekasi bо‘lgan videomagnitofonlar bilan jihozlanadi.
Xonada ma’naviy-ahloqiy, ma’lumotnoma, ilmiy-ommabop kitoblardan va
tegishli badiiy adabiyotdan iborat kutubxona, rо‘znomalar, oynomalar albatta
bо‘lishi kerak. Ba’zi xonalarda kasbga yо‘naltirishga oid bibliografiya tuzadilar,
bundan о‘quvchilar ham, о‘qituvchilar ham foydalanishlari mumkin.
Mamlakatdagi kasbga yо‘naltiruvchi bir qancha xonalarning ish tajribasi
shuni kо‘rsatdiki, xona materiallarini faol о‘zlashtirish va ulardan foydalanish
uchun shu xonalarda о‘quvchilardan maslahatchi yо‘lboо‘chilar rolini bajaradigan
faollarni, shuningdek maktablarning yuqori sinf о‘quvchilari, bitiruvchilari, ota-
314
onalar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ishlab chiqarish peshqadamlari, ishlab
chikarish korxonalari kichik mutaxassislari, maktab о‘qituvchilari ishtirokida
ma’ruzachilar guruhini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Kasbga yо‘naltiruvchi maktab о‘quv-metodik xonasini tashkil qilishda
о‘quvchilarning о‘zlariga katta e’tibor berilishi lozim. Ular mehnat о‘qituvchisi
rahbarligida xonani jihozlashda, eksponatlar yig‘ish, saqlash uchun planshetlar,
tagliklar va shu kabilarni tayyorlashda yordam berishlari mumkin. Kasb
diagnostikasi bо‘yicha asboblar tayyorlash jarayoni bolalarda katta qiziqish
tug‘diradi. 8-9 sinflarning о‘quvchilari sanoat namunalarini asos qilib olib, ana
shunday konstruksiyalarni, texnika obyektlarini yaratishlari mumkin. Ba’zan
maktab о‘quvchilari yaratgan asboblar sanoatda yasalgan asboblardan hatto ustun
turadi. О‘quvchilar о‘zlari yaratgan kasb diagnostika uskunalarida ishlab,
mustahkam amaliy malakalar va muayyan texnikaviy bilimlar oladilar. Bu bilimlar
rivojlantirilib, ilm-fanning muayyan sohasini chuqur о‘rganish uchun xizmat
qilishi, keyinchalik ongli ravishda kasb tanlashga yordam berishi mumkin.
Shunday qilib, mehnat ta’limi о‘qituvchisi maktabning о‘quv-metodik xonasi
bilan mahkam aloqa bog‘lab, kasbga yо‘naltirish ishi samaradorligini ancha
oshiradi, о‘quvchilarning о‘zlari kasb tanlashlari uchun mustahkam zamin
yaratadi, ularni duradgorlik, chilangarlik, tokarlik, frezerlik va shu kabi boshqa
kasblar bilan tanishtirib, о‘quvchilarni mehnat faoliyatini tanlashga tayyorlash
uchun shart-sharoitlar vujudga keltiradi. О‘quvchilarni mehnat faoliyatining ana
shu turlari bilan tanishtirish har bir fermer xо‘jaligi, tuman, shahardagi ishlab
chiqarish obyektlarida bosqichma-bosqich olib boriladi.
Chunonchi, birinchi bosqich (kasb ta’limi jarayonida, ya’ni kasb tanlashning
tayyorgarlik davrida) kasbga oid maslahatlar berish, о‘quvchilarning mayllarini,
qobiliyatlarini va individual xususiyatlarini hisobga olib, kasb tanlashda ularga
yordam kо‘rsatishdan iborat.
Ikkinchi bosqich kasbiy tayyorgarlik davomida tanlagan kasb bilan
bog‘langandir. Pedagog о‘quvchilarning jismoniy va aqliy rivojlanishini,
315
qizikishlari va kobilyatlarini, о‘zlashtirishini, ushbu kasbni egallashga tayyorgarlik
darajasini, tibbiy zid dalillarni bilishi kerak.
Bu bosqichni kasbga doir maslahat berishning yakunlovchi bosqichi deyish
mumkin. Bunday maslahatlarni yil oxirida bitiruvchi sinfda fan о‘qituvchilari, sinf
rahbarlari, maktablarning kasbga yо‘naltiruvchi komissiyalari va kasbga
yо‘naltiruvchi xonalarning xodimlari, korxonalar, о‘quv yurtlari va ishga
joylashtirish organlarining xodimlari beradilar.
Uchinchi bosqichda aniqlovchi maslahat о‘tkaziladi. Bunday maslahatdan
kо‘zda tutilgan maqsad – amalga oshirilgan tanlovni aniqlash, kasb xato tanlangan
taqdirda esa buni odoblilik bilan tushuntirib, boshqa kasbni tanlashni maslahat
berish lozim.
Kasb tanlash (kasbga yaroqlilik) - kasbiy ishning butun tizimida yakunlovchi
bosqichdir. Ayni ana shu bosqichda xodimning tanlagan kasbga uzil-kesil
muvofikligi yoki nomuvofiqligi aniqlanadi. Lekin kasb tanlash (kasbga yaroqlilik)
metodlaridan kasbga yо‘naltirishning faqat yakunlovchi bosqichida foydalanish
mumkin, deb hisoblash notо‘g‘ri bо‘lur edi. U yoki bu kasbni egallagani holda
dastlabki tibbiy-fiziologik va psixologik kо‘rikdan о‘tmagan yigit yoki qizga
tanlagan kasbi zid bо‘lishi ham mumkin. Shu boisdan kasb tanlash boshlang‘ich
bosqichda ham, shuningdek yakunlovchi bosqichda ham о‘tkazilishi lozim.
Kasbga yaroqlilik - mazkur kishining ushbu kasb bо‘yicha mehnat
vazifalarini bajarishi uchun yaroqli yoki yaroqsizligini qayd qilishdangina iborat
emas, albatta. Kasbga yaroqlilikni boshqa jihatdan ham:
1)
odam о‘zi tanlagan kasbga yaroqlimi yoki yо‘qligi;
2)
hayot yо‘lini tanlagan chog‘da u nimalarga amal qilishi lozimligi;
3)
uni о‘qitish masalasiga qanday qilib birmuncha oqilona yondashish,
ya’ni unda kasbga yaroqlilikni qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda
shakllantirish, tarbiyalash va rivojlantirish mumkinligi jihatidan ham kо‘rib chiqish
kerak.
Boshqacha qilib aytganda, u yoki bu kasblarni egallashga harakat qilayotgan
odamlarning tibbiy kо‘rsatkichlari bilan bir qatorda ularda diqqat, tafakkur,
316
psixomotorika va shu kabi psixik funksiyalarni rivojlantirish bilan bog‘liq
muayyan psixologik kayfiyatni ham shakllantirish zarur. Kasbga yaroqlilik о‘quv
va mehnat faoliyatida shakllanadigan shaxs fazilatidir. Kasbga yaroqlilikni
odamning kasbga nisbatan qoyilgan talablarga mos bо‘lgan tug‘ma yoki hosil
qilingan psixofiziologik xususiyatlari yig‘indisi deb qarash yaramaydi. Faqat ba’zi
kasblar (sozanda, rassom va shu kabilar) uchun muayyan tabiiy ma’lumotlar talab
qilinadi. Shu boisdan psixologik, mehnat о‘qituvchisi va boshqalarning vazifasi
о‘quvchi kasb (mutaxassislik)ni yoki о‘quv yurtini tо‘g‘ri yoki notо‘g‘ri
tanlaganini; tanlagan kasbi yoki о‘quv yurti uning mayllari yoki qobiliyatlariga
mos yoxud mos emasligini; kasbni yoki о‘quv yurtini tanlash vajlari, ota-
onalarning, о‘qituvchilarning va shu kabilarning fikri qanday ekanligini
aniqlashdan iborat. О‘quvchilarning kasbga bо‘lgan qiziqishlari va mayllari ana
shunday ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |