alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabda
tо‘garaklarning asosiy kо‘pchiligini mehnat ta’limi о‘qituvchilari
olib
boradi. Bular - ishlab chiqarish texnika tо‘garaklaridir. О‘qituvchi bunday
tо‘garaklarda о‘quvchilarda ixtirochilik, konstruktorlik singari maxsus
qobiliyatlarni ijodiy rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish
imkoniyatiga ega.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi о‘quvchi shaxsini о‘rgangan chog‘da kasbga
yо‘naltirish maqsadida quyidagi qoidalarga: shaxs kamol topadigan ijodiy
vaziyatda, jamoada shaxsning xulq atvorini kuzatish; faoliyat orqali
shaxsni о‘rganish; shaxsni qandaydir qotib qolgan narsa tariqasida
emas, balki moslanuvchan darajada
kо‘rish; shaxsning vaqtincha psixologik
holatini, о‘rtoqlariga munosabatini xisobga olish kabi qoidalarga amal qilishi
maqsadga muvofiqdir.
306
Mehnat ta’lim о‘qituvchisining ishida psixologik tashhisga katta о‘rin
ajratiladi. Psixologik tashhis jarayonida u maktab, kasb-hunar kollejlardagi
kasb maslahatchisi bilan birgalikda xar bir о‘quvchining kelgusidagi kasbni
tanlashi jarayonida shaxsiy xususiyatlarini aniqlashi mumkin.
Shunday qilib, mehnat ta’limi о‘qituvchisi ishida quyidagi yо‘nalishlarni:
- kasb ta’limi о‘quvchilarni mehnat faoliyati sohalari , ishlab
chiqarishning ayrim tarmoqlari, kasblar va mutaxassisliklar bilan
tanishtirish;
-
psixologik-pedagogik
maslahat-mehnat
faoliyatining
turlari
tо‘g‘risida, о‘quvchi xislatlari, bilimlari va mayllariga eng muvofiq
bо‘lgan kasblar va mutaxassisliklar haqida о‘quvchiga gapirib berish;
- kasb tarbiyasi - о‘quvchilarda u yoki bu kasbga nisbatan barqaror
qiziqishlarni shakllantirish;
- amaliy kasbiy kо‘nikish - mehnat faoliyatining turli sohalarida kuchlarni
amaliy jihatdan sinab kо‘rish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- kasbga yо‘naltirish maqsadida о‘quvchining shaxsini о‘rganish,
mehnatga bо‘lgan qiziqishlarni va kasbga qiziqishlarni shakllantirish kabi
yо‘nalishlarni kо‘rsatib о‘tish mumkin.
2. О‘quv muassasalarida kasb tanlashga yо‘llash uslubiyoti.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisining kasbga yо‘naltirish ishi о‘zaro bog‘liq
tarkibiy qismlarning butun bir jamoa bilan, shu jumladan kasbga
yо‘naltiruvchi о‘quv metodik xona faoliyati, sinf rahbarining, fan
о‘qituvchilarining ishi, ota-onalar va shu kabilar bilan mahkam
bog‘langandir. Mehnat о‘qituvchisi bular bilan yaqindan aloqa
bog‘lamay turib samarali ishlashi mumkin emas.
Mehnat ta’limi darslarida kasbga yо‘naltirish ishini olib borgan
о‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi boshqa fanlar bilan
о‘zaro aloqani ham hisobga olish lozim.
Maktabda har bir о‘quv fani о‘quvchilarni kasbga yо‘nalti-rishni
amalga oshirishda о‘ziga xos imkoniyatlariga ega, lekin u mehnat turlari,
307
kasblarning xilma-xilligi va shu kabilar tо‘g‘risida о‘quvchilar bilimlarini
shakllantirishning birdan-bir manbai bо‘lishi mumkin emas. Shu sababdan
ham kasbga yо‘naltirish ishida mehnat о‘qituvchisining faoliyatini sinf
rahbarlari va fan о‘kituvchilari ishi bilan muvofiqlashtirish g‘oyat
muhimdir.
Tajriba shuni kо‘rsatadiki, о‘quvchilarda
kasbga bо‘lgan barqaror
qiziqishni shakllantirish ishlari samaradorligini oshirish uchun:
- fan asoslarini о‘qitishning, mehnat ta’limining va qо‘shimcha
mashg‘ulotlarning fanlararo aloqalarini, davomiyligini va kasbga yо‘naltirish
yо‘nalishini royobga chiqarish;
- mehnat ta’limi va kasbga yо‘naltirishnshng о‘quvchilar ijtimoiy-
foydali, unumli mehnati bilan о‘zaro aloqasini ta’minlash;
- о‘quvchilarning bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli о‘quv-
ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishlari;
- ishlab chiqarishning turli sohalarida о‘quvchilarning qiziqishini
rivojlantirishga shaxsiy tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish;
- о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish sohasida maktab о‘qituvchilari bilan
ishlab chiqarish jamoalarining birgalikda ish kо‘rishi;
- sanoat va qishloq xо‘jalik kasblarini targ‘ib qilish lozim.
Tabiiy matematik turkum fanlarni о‘rgangan chog‘da о‘quvchilar
iqtisodiy tumandagi etakchi kasblar bо‘yicha mehnat mazmuni bilan
tanishish, ana shu kasblarni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bо‘lgan
bilim, kо‘nikma va malakalarni olish imkoniyatiga egadirlar.
Maktab
о‘quvchilari gumanitar fanlar bо‘yicha о‘tkaziladigan
mashg‘ulotlarda kasb tanlash masalalarida g‘oyaviy, ma’naviy-axloqiy,
dunyoqarashga oid bilim oladilar.
Fan о‘qituvchisi ongli ravishda kasb tanlashda о‘quvchilarga yordam
berish uchun ularni mehnat va kasblarning har xil turlari bilan
tanishtirishi;
о‘quvchilarning
mayli,
xususiyatlari
va
k
asbga
qiziqishlarini о‘rganishi, ularda kasb tanlashning ijtimoiy jihatdan ahamiyatli
308
sabablarini shakllantirishi; bilim olishni davom ettirish va ishga joylashish bilan
bog‘liq masalalar yuzasidan ularga maslahatlar berishi zarur. О‘z fani
doirasida kasbga yо‘naltirish ishini olib borish uchun fan о‘qituvchisining о‘zi
tegishli nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega bо‘lishi kerak.
Nazariy tayyorgarlik avvalo, kasbga yо‘naltirish maqsadlari,
vazifalari va yо‘llarini, muayyan fanni, kasbga yо‘naltirishning psixologik-
pedagogik asoslarini о‘qitish sharoitida uni amalga oshirish metodlarini
bilib olishdan iborat.
О‘quv jarayonida kasbga yо‘naltirish vazifalariga muvofiq fan
о‘qituvchilari uchun ish bosqichlari quyidagicha:
- dasturda kasbga yо‘naltiruvchi mazmunni kiritish maqsadga muvofiq
bо‘lgan mavzularni belgilash;
- u yoki bu mavzu mazmuniga eng mos bо‘lgan kasbga
yо‘naltiruvchi matnni berish shakllarini belgilash, tegishli kо‘rgazmali
qurollar, video lavhalar tanlash;
-ishlab chiqarish tarmoqlari tо‘g‘risidagi va mazkur fanga oid
mehnat bilan bog‘liq asosiy kasblar haqidagi adabiyotni о‘rganish. Bunda
о‘z iqtisodiy tumanidagi kasblarni о‘rganishga alohida e’tibor berilishi
kerak. Darslarda о‘quvchilarni tanishtirish mumkin bо‘lgan kasblar
rо‘yxatini aniqlab olish;
- о‘quvchilarning qiziqishlari va mayllarini о‘rganish, bularni
о‘quvchilar va sinf rahbarlari bilan birga muhokama qilish natijalarini
qayd qilish;
- о‘quvchilarda о‘rganilayotgan fanga va u bilan bog‘liq kasblarga
qiziqish va havasni shakllantirish maqsadida ular bilan yakka-yakka
ishlarni muntazam ravishda olib borish;
- maktabda kasbga yо‘naltirish xonasidagi mazkur fanni о‘rganish bilan
bog‘liq kasblarga oid materiallarni yangilab turish;
- kasbga yо‘naltirishga, pedagogikaga va shaxs psixologiyasiga oid, uni
о‘rganish metodlariga doir о‘z bilimlarini chuqurlashtirish bosqichlarini
309
kо‘rsatish mumkin.
Mehnat о‘qituvchisi, sinf rahbari va fan о‘qituvchilari birgalikda
ishlashining asosiy maqsadi shuki, о‘quvchilar bilan guruhli va jamoaviy
ish olib borishning turli shakllari va metodlaridan foydalanib, iqtisodiy
tumanlarning talab-ehtiyojlarini hisobga olib, о‘quvchilarni kasblarni
asoslangan tarzda tanlashga tayyorlashdir.
Shuning uchun ham kasbga yо‘naltirishga oid ishni о‘z tumani
iqtisodiyotini о‘rganishdan, korxona va tashkilotlarning xodimlarga bо‘lgan
talab-ehtiyojlarini, maxsus ma’lumot olish imkoniyatlarini о‘rganishdan
boshlash maqbuldir. Ayni vaqtda о‘quvchilarni mehnat faoliyatining
muayyan
turlari
bilan,
kasblar
bilan
tanishtirish,
shuningdek,
о‘quvchilarning mehnatga bо‘lgan va kasbga qiziqishlarini hamda
niyatlarini shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida о‘quv fanlarining
dasturini tahlil qilish lozim.
Bu sohada о‘qituvchiga
professiografik
varaqchalar katta
yordam berishi mumkin,
bu varaqchalar
quyidagicha tuzilgan:
Sinf
Fan
Dars
mavzusi
О‘qituvchi
о‘quvchilarni
tanishtiradigan
tarmoq kasb
(mutaxassislik)
Kasblar
tо‘g‘risidagi
axborotning
kiskacha
mazmuni
Biroq mutaxassislar tuzgan kasb tasniflarini hamma vaqt ham topib
bо‘lmaydi. Shu boisdan har bir о‘qituvchi kasbga yо‘naltiruvchi materialni tanlash
metodikasini egallashi zarur. Buni quyidagi sxema, ya’ni:
- о‘quvchilarning diqqat-e’tibori qaratilishi lozim bо‘lgan о‘quv dasturlari va
maktab darsliklarini о‘rganish va taxlil qilish;
- kasb-malaka tavsifnomalarini, kasbga tayyorlash dasturlarini о‘rganish
va tahlil qilish;
- korxonalar, tashkilotlar va ilg‘or novatorlarning ish tajribasini о‘rganish;
- mehnat ta’limi maktab dasturlarini tahlil qilish asosida bajarish
mumkin.
310
Professiografik varaqchalar о‘quv fanlari bо‘yicha tavsiflanadi. Bunday
varaqchalarni eng tajribali о‘qituvchilar (mehnat ta’limi, fan о‘qituvchilari)
tuzadilar. Bunday materiallar о‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi asosida doimo
tо‘ldiriladi, takomillashtiriladi, bu esa har bir о‘qituvchiga ish stajidan qat’iy
nazar kasbga yо‘naltirish ishlarini olib borish, uni о‘rganilayotgan fanlar
mazmuni bilan rejali ravishda va uzviy bog‘lash imkonini beradi.
О‘qituvchi о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish sohasidagi asosiy ishni darsda
olib boradi. U darsda:
- о‘quvchilarga eng ommaviy kasblar tо‘g‘risida muayyan bilimlar beradi,
kasblarning ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va psixologik jihatlarini ochib
beradi;
- о‘quvchilarga tanlangan kasblarni egallash yо‘llari tо‘g‘risida, о‘quv
muassasalari, ixtisos beradigan kasblar, о‘qish muddatlari, kasbiy о‘sish
istiqbollari va shu kabilar yuzasidan ma’lumotlar beradi;
-
jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy
talablarini
anglashga,
shuningdek
о‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlarini bilishga tayanadigan barqaror
kasbga qiziqishlarni va tо‘g‘ri asoslangan kasbiy niyatlarini shakllantiradi.
Kasbga yо‘naltirish ishini amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan
professiografik materiallarni tanlashning asosiy mezonlari ana shu
prinsiplardan kelib chiqadi. Bu asosiy mezonlar kuyidagilardan iborat:
1.Mezonning ilmiyligi. Bu mezonning mohiyati shundani iboratki,
о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish mazmunida ijtimoiy va ilmiy-texnika
taraqqiyoti yutuqlari, shuningdek faoliyatning har xil turlari uchun
sharoitlar yaratish hamda politexnik bilimlarni va umummehnat
malakalarini shakllantirish, shaxsni har tomonlama tarbiyalash, shaxsning
kasbiy iste’dodlari, qobiliyatlari va qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish
aks etadi.
2.Yuksak ilmiy-amaliy ahamiyatlilik mezoni. Ana shu mezonga
asoslanib, kasbga yо‘naltirish materiallari mazmuniga fan va amaliyotning
hamma e’tirof qilgan yutuqlarini,obyektiv fanlararo aloqaga va amaliy
311
qо‘llanishga
ega
bо‘lgan
politexnik
yо‘nalishdagi
texnikaviy
ma’lumotlarni kiritish lozim.
3.Hammaboplik mezoni. Mazkur mezonga asosan о‘quvchilarni
kasbga yо‘naltirish mazmuni ularning yosh xususiyatlariga muvofiq, hammabop
bо‘lishi kerak.
4.Oqilonalik mezoni. Bu mezonning mohiyati shuki, kasbga yо‘naltiruvchi
materiallarning hajmi о‘quvchilarga juda kо‘p, ortiqcha ish topshirmay, shu
materiallarni о‘rganish uchun ajratilgan vaqt miqdoriga mos bо‘lishi lozim.
5.Uzviy о‘zaro bog‘lilik mezoni.Ushbu mezonning mohiyati shundan
iboratki, professiografik materiallar tabiiy ravishda dars va tarbiyaviy
tadbirlar mazmuniga kiritilishi ,bular zо‘rlab qabul qildirilmasligi va
lо‘nda bо‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |