Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Kasbga yо‘naltirish ishlariga qо‘yiladegan talablar. Maktabdan tashqari 
tashkilotlarga ekskursiyalarni tashkil qilish, ommaviy axborotlarning ahamiyati. 
О‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish ishini amalga oshirishda о‘qituvchilar va 
sinf rahbarlari; Yoshlar Ijtimoiy harakati bо‘limi tashkiloti; ota-onalar qо‘mitasi 
kengashi; tо‘garaklarning rahbarlari bevosita ish olib boradilar. 
Maktabdan tashqari muassasalar, odatda, qiziqishlari va mayllari yetarli 
darajada namoyon bо‘lgan bolalarni birlashtiradi. Bunday bolalarda ijodkorlik va 
tashabbus ruhi ustunlik qiladi, ular amaliy faoliyatining xususiyati esa muayyan 
ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Maktabdan tashqari muassasalar (о‘quvchilar uyi, 
bolalar kutubxonalari, yosh tabiatshunoslar va yosh tajribachilar texnika 
stansiyalari, yoshlar klublari, kashfiyotchilar uyushmalari va shu kabilar) kasbga 
yо‘naltirish umumiy ishi tizimida faol qatnashadilar. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishda о‘quvchilarning maxsus qiziqishlari 
shakllanadi va ularning qobiliyatlari rivojlanadi. Bular umumiy ta’limni va mehnat 


320 
politexnik ta’limini tо‘ldiradi, о‘quvchilarda kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga 
molik asosli sabablarini shakllantirishga yordam beradi, xalq xо‘jaligi turli 
tarmoqlari bilan tanishishni kengaytiradi, о‘quvchilarni qiziqtiradigan kasblar va 
mutaxassisliklarni, avvalo, о‘z tuman, viloyatidagi kasblar va mutaxassisliklarni 
chuqur bilib olishga imkon beradi. Kasbga yо‘naltirish bо‘yicha fakultativ kurs 
kasbga oid ma’lumot olish, uzil-kesil kasb tanlash, real ishga joylashish masalalari 
yuzasidan о‘quvchilarga maslahat berish imkoniyatlarini kengaytiradi. 
О‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish ishi shakllarini bir qancha belgilariga qarab 
quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiqdir: 
a. О‘tkazilayotgan tadbirlarda qatnashadigan о‘quvchilar soniga qarab: 
1. Bir necha parallel sinflar, aralash sinflar qatnashadigan tadbirlar. 
2. Yakka tartibda о‘quvchilar qatnashadigan tadbirlar. 
b. Tashkil etish usullariga qarab: 
1. Yalpi tadbirlar – ma’ruzalar, yig‘ilishlar, konferensiyalar, olimpiadalar, 
videofilmlarni kо‘rish; tematik kechalar, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan 
о‘tkaziladigan uchrashuv kechalari; kasb bо‘yicha kalendarь kunlari. 
2. Guruhda о‘tkaziladigan tadbirlar – ekskursiyalar, maslahatlar, kasblar 
bо‘yicha tanlovlar, yosh texniklarning musobaqalari, korxonalar va etakchi kasblar 
bilan tanishish maqsadida jonajon о‘lka boylab sayyohlik yurishlari. 
3. Yakka tartibda о‘tkaziladigan tadbirlar – kasb haqida maslahat beriladigan 
suhbatlar, kasblar tо‘g‘risida tavsiya etilgan kitoblarni о‘qish, uchrashuvlar, 
konstruktorlik, tajriba ishi yuzasidan yakka tartibda beriladigan topshiriqlar; 
о‘quvchini qiziqtiradigan fan va texnika sohasini chuqurlashtirish va rivojlantirish 
maqsadida qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash. 
v. 
Mazmun manbalariga qarab: 
Kasblar bilan tanishtirish; sayohatlar, malakali ustozlar va mutaxassislar bilan 
uchrashuvlar, о‘qituvchining hikoyasi yoki suhbati, kinolardan parchalar, 
fotosuratlar, rо‘znoma va oynomalardan olingan maxsus materiallarni namoyish 
qilish uchun kompyuter vositalardan foydalanish; taklif qilingan ishlab chiqarish 
mutaxassisining suhbati; kasblar haqidagi ma’lumotnomalar bilan tanishish; 


321 
mehnat va ishlab chiqarish ta’limi bilan bog‘liq kasblar tо‘g‘risidagi hikoyalarni 
о‘qish; mutaxassislar bilan suhbatlar о‘tkazish yordamida axborot materiallarini 
tо‘plash; fotosuratlar, fotoalbomlar kо‘rsatish; ishlab chiqarish sharoitida malakali 
mutaxassislar kasbiy faoliyati tо‘g‘risidagi kinofilmlarni namoyish qilish; bazaviy 
xо‘jalikda ishlab chiqarish tajribasi vaqtida kasblar bilan tanishish. 
g. Kasbga yо‘naltirish tadbirlarini royobga chiqarish vositalari bо‘yicha: 
«О‘qish uchun qayerga kirish kerak» ma’lumotnomasini nashr etish, kasblar 
va kasb-hunar kollejlari haqidagi plakatlar, e’lonlar, reklama varaqalari; mazkur 
iqtisodiy tumanda mavjud kasblarning qisqacha tavsiflari bо‘lgan tо‘plamlar; 
«Mehnat yо‘lini tanlash», «Mening kasbim - eng yaxshi kasb» mavzusidagi 
videofilmlar; reklama qilinadigan televizion filmlar, sexlar, о‘quv yurtlaridan 
olingan televizion reportajlar; kasblar va musobaqa ilg‘orlari tо‘g‘risida 
radioeshittirishlar, kasb-hunar kollejlarida yoshlarining turmush va о‘qishi haqida 
hikoya qiluvchi Respublikamiz va mahalliy rо‘znomalarda bosilgan maqolalar; 
shahar 
kinoteatrlari 
foyelarida, 
supermarketlarning 
vitrinalarida, 
katta 
kо‘chalarning chorrahalarida kasblarni targ‘ib qiluvchi bannerlar va kо‘rgazmalar; 
kо‘chalar va maydonlardagi yoshlarni kasb-hunar kollejlariga о‘qishga kirishga 
da’vat etuvchi yorqin buyoqli chaqiriqlar. 
Maktab kasbga yо‘naltirish ishi tizimini tarkib toptirish hali nihoyasiga 
etkazilgani yо‘q. Kasbga yо‘naltirish tizimi tarkibiy tuzilishi kasbga yо‘naltirish 
maqsad va vazifalarini; maktab ta’limi bosqichlari bо‘yicha uning mazmunini
bazaviy korxonalar, ota-onalar jamoatchiligi ishtirokida kasbga yо‘naltirish 
ishining yо‘nalishlarini; kasbga yо‘naltirish tadbirlarini amalga oshirish shakllari, 
metodlari va vositalarini; muayyan ishchi kasblari bо‘yicha unumli mehnatda 
maktab yoshlari ishtirokining aniq yо‘llarini о‘z ichiga olishi lozim. 
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishni 
rivojlantirish quyidagicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, bular: 
I. Bozor iqtisodiyoti tarmoqlari bilan umumiy tanishtirish. 
II. Ishlab chiqarish texnikasi, texnologiyasi va iqtisodiyotini umuman 
о‘rganish. 


322 
III. Kasblarniig asosiy guruhlari bilan tanishtirish. 
IV. Viloyat, tuman xо‘jaligi biron tarmog‘ining, bazaviy qо‘shma-
korxonaning tanlangan kasbini dastlabki egallash bosqichlaridir. 
Kasbga yо‘naltirish 
maktab tizimining asosiy tamoyillari sifatida 
quyidagilarni kо‘rsatish mumkin: 
a) kasbga yо‘naltirish har tomonlama kamol topgan, faol shaxsni 
shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayonning rejali ravishda amalga 
oshiriladigan uzviy qismi sifatida; 
b) ijtimoiy ishlab chiqarishning haqiqiy talabi asosida mehnat yо‘lini 
tanlashning shaxsiy va ijtimoiy muammosini tо‘g‘ri hal qilish; 
v) kasbga yо‘naltirishning og‘zaki metodlarini atrof-tevarakdagi korxonalar 
yetakchi kasblari asoslarini egallash borasidagi aniq amaliy harakatlar bilan 
qо‘shib olib borish; 
g) maktabdagi barcha darslarda yuqoriga kо‘tarilib boruvchi chiziq bо‘yicha 
kasb ta’limi va kasbni targ‘ib qilishning pog‘onali tuzilishi; 
d) maktab, oila va ishlab chiqarishning birgalikdagi kuch-g‘ayratlari bilan 
ishchi kasblariga qiziqishni tarbiyalashning faol metodlari. 
Namunaviy dastur talablariga muvofiq har bir о‘quv fani bо‘yicha darslar 
mazmunini hisobga olib, kasbga yо‘naltirishni sinfdan sinfga rejalashtirish 
masalalari eng murakkab ishdir. 
Ommaviy maktablarda kasbga yо‘naltirishning amaliy vazifalarini hal 
qilishga tizimli yondashish usuli qо‘llaniladi. Kasbga yо‘naltirishning sinflar 
bо‘yicha asosiy mazmuni quyidagicha bо‘lishi mumkin: 
Boshlang‘ich sinflarda:
atrof-tevarakdagi mahalliy ishlab chiqarish 
korxonalari va tabiatdan foydalangan holda mehnat faoliyati turlari bilan 
tanishtirish. 
О‘rta sinflarda:
umumiy ta’lim turkum о‘quv fanlari darslarida og‘zaki 
metodlar yordami bilan hamma ishlarni о‘z ichiga oladigan va birga qо‘shilgan 
kasblarning asosiy guruhlari bilan, mehnat ta’limi darslarida esa metallga ishlov 


323 
berish, elektrotexnika, yog‘ochga ishlov berish kasblari mehnat usullari bilan 
kо‘rgazmali tanishtirish. 
Yuqori sinflarda:
aniq ishchi kasblari asoslarini egallagan xolda ishlab 
chiqarishning muayyan sohalari negizida kasbga yо‘naltirish. 
Shunday qilib, kо‘rib chiqilgan tarzdagi kasbga yо‘naltirish maktab tizimi 
mazkur muammoning hamma jihatlarini qamrab olish imkonini yaratadi, hozirgi 
sharoitda tuman, shahar, viloyat va respublika doirasida yangi iqtisodiy tafakkur 
asoslarini hal qilishni hisobga olib, uni takomillashtirish yо‘llarini belgilashga 
yordam beradi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin