Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

 
kasbga yо‘naltirish
 
ishini о‘tkazgan chog‘da maktab 
xodimlari va maktab ma’muriyatining vazifalari о‘quvchilarni kasbga 
yо‘naltirishga oid yо‘riqnomalar, buyruqlar, qarorlar bilan tanishishdan, 
ilmiy-metodik 
adabiyotni 
о‘rganishdan, 
chiqarilgan 
metodik 
tavsiyanomalarni о‘rganish va о‘z ishlarida foydalanishdan iborat. 
Sinf rahbarining vazifalari avvalo о‘quvchining
 
shakllanayotgan 
shaxsini, uning mayllari, qiziqishlari, qobiliyatlarini chuqur va har 
tomonlama о‘rganishdan iborat. Bu sohada unga fan о‘qituvchilari, ota-onalar 
bilan suhbatlar, savol varaqasini tо‘ldirish va о‘quvchining shaxsiy 
varaqacha tavsifnomasini tо‘ld i r g a n h o l d a u n i mu n t a z a m r a v i s h d a 
k u z a t is h yo r d a m b e r a d i . Sinf rahbari о‘quvchining shaxsini о‘rganish 
negizida muayyan dastur asosida bir maqsadga qaratib kasbga yо‘naltirish 
ishini olib boradi. Bunda sinf soatlaridan, fakultativ mashg‘ulotlardan va 
ekskursiyadan foydalanadi. Kasbga yо‘naltirish ishi о‘quvchilarning ota-
onalari bilan mustahkam aloqada о‘tkaziladi. 


304 
О‘quvchilar yiliga bir marta savol varaqasini tо‘ldiradi. Bundan 
maqsad-о‘quvchilarning hayotiy rejalarini aniqlab olishdir. Sinf rahbarlari 
savol varaqasi asosida о‘quv yili oxirida kasbga yо‘naltiruvchi maktab 
kengashiga topshirish uchun u yoki bu kasbni ongli ravishda tanlagan 
yoki zarur malaka darajasi bо‘yicha kasb egallagan hamda о‘qish va ish 
xususidagi о‘z istaklarini bildirgan 9 sinf о‘quvchilarining rо‘yxatlarini 
tuzadilar. 
О‘quvchilar mehnat ta’limi darslarida mehnatning har xil turlariga oid 
bilimlarnigina olib qolmay, shu bilan birga о‘z faoliyatlari jarayonida 
maxsus 
malakalarga 
ham 
ega 
bо‘ladilar, 
о‘z 
qobiliyatlarini 
rivojlantiradilar, mehnatda о‘z kuchlarini sinab kо‘radilar. Shu boisdan 
mehnat ta’limi о‘qituvchisi mehnat darsini shunday tashkil qilishi 
kerakki, toki har bir о‘quvchi mehnatni sevishni о‘rganib olsin, odamlarga 
naf keltiradigan bо‘lsin, ish jarayonidan va uning natijalaridan 
zavqlansin. 
Mehnat о‘qituvchisi о‘z ishida bilim va malakani egallashda о‘quvchilarga 
eng kо‘p faollik va mustaqillikni ta’minlaydigan ish shakllari va 
metodlaridan foydalanishi lozim. Laboratoriya-amaliy, о‘quv-ishlab chiqarish 
ishlari, ishlab chiqarish ekskursiyalari, ishlab chiqarish tajribasi shunday ish 
shakllari va metodlari jumlasiga kiradi. Bu ishlar mustaqil kuzatishlar, 
tajribalar, tahlillar, hisob-kitoblar, ishlab chiqarish va ijodiy vazifalarni hal 
qilishni hamda bevosita ijtimoiy-foydali, unumli mehnatni о‘z ichiga oladi 
(yukorida aks ettirilgan bobda bu haqida batafsil ma’lumot berilgan). 
Mehnat о‘qituvchisi mehnat ta’limi jarayonida kasb qilib olingan 
mehnat tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni anik mavzularni о‘rganish bilan mantiqiy 
bog‘lashi mumkin. Chunonchi, fizika fanining elektrotexnika bо‘limini 
о‘rgangan chog‘da о‘qituvchi elektr quvvatining ahamiyatini, uni ishlab 
chiqarish hamda iste’molchiga yetkazib berish usullarini kо‘rsatishi, 
shuningdek ushbu tarmoq kasblari uchta katta guruhga bо‘linishini 
tushuntirib berishi mumkin. Birinchi guruhga elektrotexnika uskunalari, 


305 
mashinalari, apparatlari va asboblarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasblar 
(elektrotexnika mashinalarini yig‘uvchi slesar, sozlovchi slesar, о‘rovchi 
elektro-montyor, izolyatsiya qiluvchi va shu kabilar); ikkinchi guruhga 
elektr quvvatini uzatish bilan bog‘liq kasblar (podstansiyalarning elektro-
montyori, elektr tarmoqlarini ishlatuvchi elektro-montyor va shu kabilar); 
uchinchi guruhga elektr quvvatidan foydalanish bilan bog‘liq kasblar 
(elektromontajchi slesar, ta’mirchi elektro-montyor va shu kabilar) kiradi. 
О‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishda о‘qituvchining shaxsi juda katta 
axamiyat oynaydi. 
О‘qituvchining shaxsi 
- о‘qituvchining ijodiy rivojlanishini, yuksak pedagogik 
mahoratini, ishda doimiy fidokorligini, omilkorligini, bolalarga nisbatan 
muhabbat va hurmatini belgilab beradigan xislatlar majmuidir. Ayni shunday 
о‘qituvchi о‘quvchilarda о‘ziga nisbatan hurmat-extirom, ishga havas 
tug‘diradi, о‘ziga о‘xshash bо‘lish, u bilan dо‘stlashish va eng ezgu 
istaklar, istiqbol tо‘g‘risidagi, о‘z kasbi haqidagi orzularni baham kо‘rish 
ishtiyoqini yaratadi. 
Maktabda qiziqishlar bо‘yicha о‘tkaziladigan xilma-xil mash-g‘ulotlar 
orasida tо‘garak ishi

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin