3. Kasbga yо‘naltirishning ijtimoiy va psixofiziologik asoslari.
Kasbga
yо‘naltirish ishini amalga oshirishning umumiy tizimida maktab tizimi dastlabki
bosqich hisoblanadi. Kasbga yо‘naltirish ishi maktab tizimining vazifalari:
- shaxsning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlariga ega bо‘lgan fuqarolarni
tarbiyalashdan;
- politexnik va boshlang‘ich kasbiy malakalarning muayyan tizimini
egallagan bо‘lg‘usi malakali mutaxassisni tayyorlashdan;
- ham shaxsiy mehnat, ham jamoa mehnati muyyan tashkilotchilik
malakalarini shakllantirishdan iborat.
Kasb egallashgacha bо‘lgan tayyorgarlik maktab yoshlarini moddiy ishlab
chiqarsh sohasida mehnatga hozirlashga umumiy qismi bо‘lib qoladi. Zarur
politexnik tayyorgarlikni olgan yigit yoki qiz ishlab chiqarish kasbini tez egallaydi,
bunda о‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot olish jarayoni jadallashadi.
295
О‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash - butun pedagoglar jamoasining, ota-
onalar va zavod jamoatchiligining kо‘p yillik ta’lim-tarbiya ishidir. Yoshlarni
ma’naviy -psixologik jihatdan mehnat faoliyatiga tayyorlashga shaxsni har
tomonlama kamol toptirishning о‘zaro bog‘liq jarayoni deb qaraladi, bu jarayonda
qobiliyat va e’tiqod bilan birga о‘smirning shaxsi harakatlantiruvchi kuch kuch
sifatida namoyon bо‘ladi.
Qobiliyat va qiziqishlarni shakllantirishning politexnik asoslari va maktab
yoshlarni boshlang‘ich ishlab chiqarish tayyorgarligini kengaytirish bilan uzviy
bog‘liq bо‘lishi ishchi kasblarini egallashga yо‘naltirishning hal qiluvchi shartidir.
Mehnat tarbiyasi jarayoni birmuncha ilk bosqich amalga oshirilgan taqdirda
bunga erishiladi.
О‘rta va yuqori bosqich ta’limida davomiylik shu narsada ifodalanadiki
о‘quvchilar muntazam prinsip asosida tuzilgan yagona dasturlar bо‘yicha
ishlaydilar. Bunday dasturlar asta-sekin murakkablashtirilib borishni, bilimlarni,
kо‘nikma va malakani, mehnatning muayyan usullarini egallashni ta’minlaydi.
Ta’lim va kasbga yо‘naltirish bilan qо‘shilgan unumli mehnatda muntazam
qatnashish eng kо‘p pedagogik samara beradi.
О‘rta maktablarni tamomlab yoki kasb-hunar ta’limi tizimida, о‘quv
kombinatlarida zarur tayyorgarlikdan о‘tib, xalq xо‘jaligining turli tarmoqlarida
darhol ishlay boshlagan yoshlarning soni yil sayin kо‘payib bormoqda.
Maktabda kasbga yо‘naltirish sohasidagi hamma ishlarning bir-biriga
muvofiqlashtirilishini ta’minlash maqsadida maktab direktori raisligida kasbga
yо‘naltiruvchi kengash tuziladi.
Kengash tarkibiga maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bо‘yicha muovini,
kasbga
yо‘naltiruvchi
о‘quv-metodik kabinet mudiri, mehnat ta’limi,
о‘quvchilarning ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini kasbga yо‘naltiruvchi
о‘qituvchi yoki tashkilotchi, bitiruvchi sinflarning minf rahbari, maktab
kutubxonachisi, maktab о‘quvchilar tashkilotining vakillari, maktab vrachi, ota-
onalar qо‘mitasining a’zolari, homiy korxona vakillari kiradi.
296
Kasbga yо‘naltiruvchi kengashning ish rejasi maktab kengashi kо‘rib chiqadi
va tasdiqlaydi.
Kasbga yо‘naltiruvchi kengashning vazifalari kasbga yо‘naltirish bо‘yicha
umummaktab va sinflarning tadbirlarini rejalashitirish va tashkil qilishdan, kasbga
yо‘naltirish ishiga oid ilg‘or tajriba ma’lumotlarini yig‘ish, umumlashtirish va
ommalashtirishdan iborat. kasbga yо‘naltiruvchi kengash tuman maktablararo
о‘quv-ishlab chiqarish kombinatlari, yoshlarni kasbga yо‘naltirish va ishga
joylashtirish komissiyasi, kasb-hunar ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari,
bazaviy korxonalar va tashkilotlar, о‘quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog‘lab
turadi.
Kasbga yо‘naltirish ishini rejalashtirilgan chog‘da kengash mahalliy
sharoitlarni va maktab ishining о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim.
Kengashning kasbga yо‘naltirish ish rejasi maktab ta’lim-tarbiya ishi umummaktab
rejasining tarkibiy qismidir.
Kasbga yо‘naltirish kengashining majlislariga muassasalar, homiy korxona,
oliy о‘quv yurtlarining vakillari, balog‘atga yetmaganlar ishi bо‘yicha komissiya
a’zolari mehnat resurslaridan foydalanish о‘rganlarining vakillari taklif qilinadilar.
О‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishishini о‘tkazgan chog‘da maktab xodimlari
va maktab ma’muriyatining vazifalari о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishga oid
yо‘riqnomalar, buyruqlar, qarorlar bilan tanishishdan, ilmiy-metodik adabiyotni
о‘rganishdan, chiqarilgan metodik tavsiyanomalarni о‘rganish va о‘z ishlarida
foydalanishdan iborat.
Sinf rahbarining vazifalari avvalo о‘quvchining shakllanayotgan shaxsini,
uning mayillari, qiziqishlari, qobiliyatlarini chuqur va har tomonlama о‘rganishdan
iborat. Bu sohada unga fan о‘qituvchilari, ota-onalar bilan, savol varaqasini
tо‘ldirish va о‘quvchining shaxsiy varaqacha-tavsifnomasini tо‘ldirgan holda uni
muntazam ravishda kuzatish yordam beradi. Sinf rahbari о‘quvchining shaxsini
о‘rganish negizida muayyan dastur asosida bir maqsadga qaratib kasbga
yо‘naltirish ishini olib boradi. Bunda sinf soatlaridan, fakultativ mashg‘ulotlardan
297
va ekskursiyadan foydalaniladi. Kasbga yо‘naltirish ishi о‘quvchilarning ota-
onalari bilan mustahkam aloqada о‘tkaziladi.
О‘quvchilar yiliga bir marta savol varaqasini tо‘ldiradi. Bundan maqsad-
о‘quvchilarning hayotiy rejalarini aniqlab olishdir. Sinf rahbarlari savol varaqasini
asosida о‘quv yili oxirida kasbga yо‘naltiruvchi maktab kengashiga topshirish
uchun u yoki bu kasbni ongli ravishda tanlagan yoki zarur malaka darajasi
bо‘yicha kasb egallagan hamda о‘qish va ish xususidagi о‘z istaklarini bildirgan
о‘quvchilarning rо‘yxatlarini tuzadilar.
О‘quvchilar mehnat ta’limi darslarida mehnatning har xil turlariga oid
bilimlarnigina olib qolmay, shu bilan birga о‘z faoliyatlari jarayonida maxsus
malakalarga ham ega bо‘ladilar, о‘z qobiliyatlarini rivojlantiradilar, mehnatda о‘z
kuchlarini sinab kо‘radilar. Shu boisdan mehnat ta’lim о‘qituvchisi mehnat darsini
shunday tashkil qilishi kerakki, toki har bir о‘quvchi mehnatni sevishni о‘rganib
olsin, odamlarga naf keltiradigan bо‘lsin, ish jarayonidan va uning natijalaridan
zavqlansin.
Mehnat о‘qituvchisi о‘z ishida bilim va malakani egallashda о‘quvchilarga
eng kо‘p faollik va mustaqillikni ta’minlaydigan shakllari va metodlaridan
foydalanishi lozim. Laboratoriya - amaliy, о‘quv-ishlab chiqarish ishlari, ishlab
chiqarish ekskursiyalari, tajribasi shunday ish shakllari va metodari jumlasiga
kiradi. bu ishlar mustaqil kuzatishlar, tajribalar, tahlillar, hisob-kitoblar, ishlab
chiqarish va ijodiy vazifalarni hal qilishni hamda bevosita ijtimoiy-foydali, unumli
mehnatni о‘z ichiga oladi.
Mehnat ta’limi jarayonida о‘qituvchi kasb qilib olingan mehnat tо‘g‘risidagi
ma’lumotlarni konkret mavzularni о‘rganish bilan mantiqiy bog‘lashi mumkin.
Chunonchi, elektrotexnika fizikasi va bо‘limini о‘rgangan chog‘da о‘qituvchi xalq
xо‘jaligada elektr quvvatining roli va ahamiyatini, uni ishlab chiqarish hamda
iste’molchiga yetkazib berish usullarini kо‘rsatishi, shuningdek ushbu tarmoq
kasblari uchta katta guruxda bо‘lishni tushuntirib berish mumkin. Birinchi guruxga
elektrotexnika uskunalari, mashinalari, apparatlari va asboblarini ishlab chiqarish
bilan bog‘liq kasblar (elektrotexnika mashinalarini yig‘uvchi slesar, sozlovchi
298
slesar о‘rovni elektromontyor, izolyatsiya qiluvchi va shu kabilar); ikkinchi
guruxga elektr quvvati uzatish bilan bog‘liq kasblar (podstansiyalarning
elektromantyori, elektr tarmoqlarini ishlatuvchi elektromontyor va shu kabilar);
uchinchi guruxga elektr quvvatidan foydalanish bilan bog‘liq kasblar
(elektromontajchi slesar, ta’mirchi elektromantyor va shu kabilar) kiradi.
О‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishda о‘qituvchining shaxsi juda katta rol
о‘ynaydi.
О‘qituvchining shaxsi - о‘qituvchining ijodiy rivojlanishini, yuksak
pedagogik mahoratini, ishda doimiy novatorligini, omilkorligini, bolalarga
nisbatan muhabbat va hurmatini belgilab beradigan xislatlar majmuidir. Ayni
shunday о‘qituvchi о‘quvchilarda о‘ziga nisbatan hurmat-ehtirom, ishga havas
tug‘diradi, о‘ziga о‘xshash bо‘lish, u bilan dо‘stlashish eng ezgu istaklar, istiqbol
tо‘g‘risidagi, о‘z kasbi haqidagi orzularni baham kо‘rish ishtiyoqini yaratadi.
Maktabda qiziqishlar bо‘yicha о‘tkaziladigan xilma-xil mashg‘ulotlar orasida
tо‘garak ishi alohida ahamiyat kasb etadi. Maktabda tо‘garaklarning asosiy
kо‘pchiligini mehnat ta’limi о‘qituvchilari olib boradi.
Bular - ishlab chiqarish - texnika tо‘garaklaridir. О‘qituvchi bunday
tо‘garaklarda
о‘quvchilarda ixtirochilik, konstruktorlik singari maxsus
qobiliyatlarni ijodiy rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish
imkoniyatiga ega.
Mehnat ta’lim о‘qituvchisi о‘quvchi shaxsini о‘rgangan chog‘da kasbga
yо‘naltirish maqsadida quyidagi qoidalarga: shaxs kamol topadigan konkret
vaziyatda konkret jamoada shaxsning xulq-atvorini kuzatish; faoliyat orqali
shaxsni о‘rganish; shaxsni qandaydir qotib qolgan narsa tariqasida emas, balki
taraqqiyotda kо‘rib chiqish; shaxsning vaqtincha psixologik holatini, о‘rtoqlariga
munosabatini hisobga olish kabi qoidalarga amal qilishi maqsadga muvofiqdir.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisining ishida psixologik diagnostikasiga katta о‘rin
ajratiladi. Psixologik diagnostika jarayonida u maktab, kasb-hunar kolleji kasb
maslaxatchisi bilan birgalikda har bir о‘quvchining kelgusidagi kasbni tanlashi
jarayonida shaxsiy xususiyatlarini aniqlashi mumkin.
299
Shunday qilib, mehnat ta’limi о‘qituvchisi ishida quyidagi yо‘nalishlarni;
- kasbga oid bilimlar - о‘quvchilarni mehnat faoliyati sohalari, xalq
xо‘jaligining ayrim tarmoqlari, kasblar va mutaxassisliklar bilan tanishtirish;
- psixologik pedagogik maslahat - mehnat faoliyatining turlari tо‘g‘risida,
о‘quvchi xislatlari, bilimlari va mayllariga eng muvofiq bо‘lgan kasblar va
mutaxassisliklar haqida о‘quvchiga gapirib berish;
- kasb tarbiyasi - о‘quvchilarda u yoki bu kasbga nisbatan barqaror
qiziqishlarini shakllantirish;
- amaliy kasbiy kо‘nikish - mehnat faoliyatining turli sohalarida kuchlarni
amaliy jihatdan sinab kо‘rish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- kasbga yо‘naltirish maqsadida о‘quvchining shaxsini о‘rganish, mehnatga
bо‘lgan qiziqishlarni va kasbga qiziqishlarni shakllantirish kabi yо‘nalishlarni
kо‘rsatib о‘tish mumkin.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisining kasbga yо‘naltirish ishi о‘zaro bog‘liq
tarkibiy qismlarning butun bir kompleksi bilan, shu jumladan kasbga
yо‘naltiruvchi
о‘quv-metodik kabinet faoliyati, sinf rahbarining, fan
о‘qituvchilarining ishi, ota-onalar va shu kabilar bilan mahkam bog‘langandir.
Mehnat о‘qituvchisi bular bilan yaqindan aloqa bog‘lamay turib samarali ishlashi
mumkin emas.
Mehnat ta’limi darslarida kasbga yо‘naltirish ishini olib borgan о‘quvchilarni
mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi boshqa fanlar bilan о‘zaro aloqani ham hisobga
olish lozim.
Maktabda har bir о‘quv fani о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishni amalga
oshirishdagi о‘ziga xos imkoniyatlariga ega, lekin u mehnat turlari, kasblarning
xilma-xilligi va shu kabilar tо‘g‘risida о‘quvchilar bilimlarini shakllantirishning
birdan bir manbai bо‘lishi mumkin emas. Shu sababdan ham kasbga yо‘naltirish
ishida mehnat о‘qituvchisining faoliyatini sinf rahbarlari va fan о‘qituvchilari ishi
bilan muvofiqlashtirish g‘oyat muhimdir.
Tajriba shuni kо‘rsatadiki, о‘quvchilarda kasbga bо‘lgan barqaror qiziqishni
shakllantirish ishlari samaradorligini oshirish uchun:
300
-
fan
asoslarini
о‘qitishning, mehnat ta’limining va fakultativ
mashg‘ulotlarning fanlararo aloqalarini, davomiyligini, politexnik va kasbga
yо‘naltirish yо‘nalishini rо‘yobga chiqarish;
- politexnik ma’lumot, mehnat ta’limi va kasbga yо‘naltirishning о‘quvchilar
ijtimoiy-foydali, unumli mehnati bilann о‘zaro aloqasini ta’minlash;
- о‘quvchilarning bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli о‘quv-ishlab
chiqarish topshiriqlarni bajarishlari;
-
xalq
xо‘jaligining
turli
sohalarida
о‘quvchilarning qiziqishini
rivojlantirishga shaxsiy, tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish;
- о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish sohasida maktab о‘qituvchilari bilan ishlab
chiqarish jamoalarining birgalikda ish kо‘rishi;
- sanoat qishloq xо‘jalik kasblarini targ‘ib qilish lozim.
Tabiiy - matematik turkum fanlarni о‘rgangan chog‘da о‘quvchilar konkret
iqtisodiy hududdagi yetakchi kasblar bо‘yicha mehnat mazmuni bilan tanishish,
ana shu kasblarni muvoffaqiyatli egallash uchun zarur bо‘lgan bilim, kо‘nikma va
malakalarni olish imkoniyatiga egadirlar.
Maktab
о‘quvchilari
gumanitar
fanlar
bо‘yicha
о‘tkaziladigan
mashg‘ulotlarda kasb tanlash masalalarida g‘oyaviy-axloqiy, dunyoqarashga oid
bilim oladilar.
Dostları ilə paylaş: |