324
qiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, о‘zining shaxsiy sifatlariga kо‘ra tanlangan
kasbini muvaffaqiyatli egallay olishi va keyingi ish jarayonida о‘z
malakasini
takomillashtirishi talab qilinadi.
Hozirgi vaqtga qadar kasbga yо‘naltirish ishlari yetarlicha yuqori saviyada
olib borilmadi, kо‘pincha rasmiy tusda bо‘ldi. Ishlarning kо‘pchiligi u yoki bu
kasbning nimadan iborat ekanligini aniq tasavvur qilmas edi. Kasb-hunar
kollejlarning besh mingga yaqin о‘quvchilari bilan
savol-javob qilinganda shu
narsa aniqlandiki, ularning faqat 25% kasbini maktabning tavsiyasiga binoan, 10%
о‘rtoqlarining maslahatiga kо‘ra, 10% rо‘znoma, radio, televidenie orqali berilgan
e’lonlarga, qо‘shnilar, tanish-bilishlarning maslahatlariga muvofiq, 25% ota-
onalarning maslahati, 10% kasb-hunar kollejlarning xodimlarining, 20% i tashxis
markazi tavsiyalari boyicha tanlanganlar. Albatta, bu ma’lumotlar
har davrda va
har xil mintaqalarda obyektiv holda turlicha, ammo shu narsa ravshanki,
о‘quvchilarning aksariyat kо‘pchiligi kasblarni tasodifiy ravishda tanlaydilar. «Siz
nima uchun shu kasbni tanladingiz?,— degan savolga 30% о‘quvchi: «Bu haqda
о‘ylab kо‘rganim yо‘q»— deb javob bergan.
Kasbni anglamay turib, tasodifiy tanlash shunda namoyon bо‘ladiki,
о‘qishning dastlabki paytlarida о‘quvchi qandaydir qiziqish bilan qaraydi.
Keyinchalik esa bu qiziqish sо‘nib boradi. Kasb-hunar
kollejlarning birinchi yil
о‘qiyotgan о‘quvchilardan sо‘ralganda ularning 30% , ikkinchi va uchinchi yil
о‘qiyotganlardan sо‘ralganda esa faqat 15% tanlagan kasbidan mamnunligini
aytgan.
Hozirgi vaqtda yoshlarni kasbga yо‘naltirish masalalari bilan davlat, jamoat
va
yoshlar tashkilotlari, buyurtmachilar shug‘ullanadilar. Biroq bu ishda maktab
asosiy о‘rin egallaydi.
Hozirgi kunda bozor munosabatlariga va uzluksiz ta’limga о‘tish munosabati
bilan maktab yoshlarni ongli ravishda kasb tanlashga, jamiyat uchun foydali va
zarur bо‘lgan muayyan mehnat faoliyatiga tayyorlashda yana ham katta ahamiyat
kasb etadi. О‘quvchilarni kasbga yо‘naltirish ularning
har biriga alohida-alohida
yondashishni talab etadi. Bunda shaxsning temperamenti, irodasi, diqqati,
325
belgilangan maqsadga erishishda qat’iylik, tashabbuskorlik, uyushqoqlik,
intizomlilik, topshirilgan ishni bajarishga mas’uliyat bilan munosabatda bо‘lish
kabi fazilatlarini e’tiborga olish zarur. Bundan tashqari, kasbga yо‘naltirish
davomida kasbni tanlash sabablarini:
kasbning ijtimoiy ahamiyati, qiziqish va
havas, kasbga tayyorgarlik, oila an’analari, ota-onalar, pedagoglar, о‘rtoqlarining
maslaxatini hisobga olish lozim.
Dostları ilə paylaş: