317
Tayanch
iboralar:
Kasb
xarakteristikasi,
professiogramma,
bozor
iqtisodiyoti,
mehnatning
turi,
qо‘l mehnati, mexanizatsiyalashtirilgan,
avtomatlashtirilgan mehnat, mehnat predmeti va mahsuloti,
mehnat tartibi,
shaxsning irodaviy kasbiy о‘sish istiqbollari, turdosh kasblar.
1.
Kasb xarakteristikasi — professiogramma.
Tо‘g‘ri kasb tanlash mehnatning mazmuni, xarakterini iloji boricha kо‘proq
bilishni hamda bо‘lg‘usi mehnat faoliyati jarayonidagi munosabatlar xususida iloji
boricha tо‘laroq ma’lumotga ega bо‘lishni taqozo etadi. О‘quv mashg‘ulotlari,
sinfdan tashqari olib boriladigan turli ish formalari, ijtimoiy foydali, ishlab
chiqarish
mehnati,
mutaxassislar
bilan
bо‘ladigan
uchrashuv-suhbatlar,
adabiyotlarni mustaqil ravishda о‘rganish va boshqa shu singari tadbirlar kasb
tо‘g‘risida tegishli bilimga ega bо‘lish manbaidir.
Kasb tо‘g‘risidagi eng muhim manbalardan biri professiogramma hisoblanadi.
Professiogramma - kasbga berilgan xarakteristika bо‘lib, о‘sha kasb odamning
shaxsiy fazilatlari: aqliy, psixologik, jismoniy va boshqa fazilatlariga qо‘yadigan
asosiy talablarni о‘z ichiga oladi.
Barcha professiogrammalar taxminan quyidagicha sxema asosida tuziladi:
kasbning nomi;
kasbning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati va о‘rni;
mehnatning turi: qо‘l mehnati, mexanizatsiyalashtirilgan,
avtomatlashtirilgan
mehnat;
mehnat predmeti va mahsuloti;
ish bajarish uchun zarur bо‘lgan bilim va mahorat;
ish sharoitlari, ish joyi;
mehnat tartibi (smenalilik, bir xillik va shu kabilar) va dam olish tartibi;
kasbning sog‘liqqa tо‘g‘ri kelmasligi haqida tibbiy xulosasi;
shaxsning irodaviy, ishchanlik va boshqa fazilatlariga qо‘yiladigan talablar;
kasbning shaxsga: uning umumiy madaniyat darajasining shakllanishiga,
aqliy qobiliyatlarining rivojlanishiga, xarakteriga va shu kabi sifatlariga
kо‘rsatadigan ta’siri;
318
kasb о‘rganish yо‘llari, ta’lim muassasalarining xarakteristikasi va ularga
kirish shartlari;
kasbiy о‘sish istiqbollari;
turdosh kasblar.
Har bir о‘smir о‘z mehnat yо‘li qanday boshlanishi tо‘g‘risida о‘ylar ekan,
о‘zi uchun mо‘ljallanayotgan kasbning professiogrammasini tuzib chiqishi foydali
bо‘ladi. Bunday ish unga о‘zining bо‘lajak kasbi tо‘g‘risida kо‘proq
narsalarni
bilib olish, о‘sha kasbga о‘zining kasb jihatidan qay darajada mos kelishini
baholash imkonini beradi. Professiogramma tuzish siz о‘zingizda shakllantirishni
yoki rivojlantirishni zarur deb hisoblayotgan kasb jihatidan muxim sifatlarni
belgilab olishga yordam beradi (ular professional rejaga asos qilib olinmog‘i
kerak). Professiogramma tuzayotgan vaqtda «Kasblar olami» ensiklopediyasidan
olingan
maqolalardan, har xil sо‘rovnoma nashrlaridan foydalanish mumkin.
Amaliy xarakterga oid ba’zi ma’lumotlarni buyurtmachi korxona mutaxassislari
bilan yoki kasbiy maslahatchi bilan о‘tkaziladigan suhbatlardan olish mumkin.
Masalan: «Stanoklar va avtomat liniyalarining sozlovchisi»- sozlovchilik
kasbi — eng yangi va istiqbolli kasblardan biridir. U sanoatda murakkab avtomat
va yarim avtomat uskunalar bilan bir vaqtda paydo bо‘ldi. Avtomatlashtirilgan
ishlab chiqarish sharoitida bu kasbning ahamiyati doimiy ravishda ortib bormoqda.
Sozlovchining ishlab chiqarishdagi asosiy vazifasi — stanoklarni va avtomat
liniyalarini ma’lum bir turdagi mahsulotlarga ishlov berishga tayyorlashdan
iboratdir. Sozlovchi detallarga sinov tariqasida ishlov
berish tadbirini amalga
oshiradi, asbob-uskunalarning ishini kuzatib boradi. Berilgan о‘lchamlardan
qandaydir chekinishni sezganda sozlovchi mashinaning qayeri buzilganligini
aniqlaydi hamda о‘z bilimi, mahorati va malakalariga tayangan holda u
kamchiliklarni yо‘qotib mashinani tuzatadi. Shuningdek, u turli xildagi remont
ishlarida, uskunalarni
sinash tadbirlarida qatnashadi, har xil tipdagi stanoklarni,
kontrol avtomatlarni, avtomat liniyalarning transport qurilmalarini sozlab beradi,
robotlarni sozlaydi. Stanoklarni sozlash bilan bog‘liq bо‘lgan tegishli hisob-kitob
ishlarini bajaradi.
319
Stanoklar va avtomat liniyalarining sozlovchisi
yuksak darajada texnik
bilimga va yaxshi xotiraga ega bо‘lishi kerak.
Turli-tuman texnik vazifalarni hal qilish zaruriyati bilan bog‘liq bо‘lgan
ishlarni bajarayotgan sozlovchi uchun mantiqiy jihatdan tо‘g‘ri о‘ylash va ijodiy
fikrlash g‘oyat muhim ahatiyatga egadir. Uskunalardagi buzuqlik kо‘zga yaqqol
kо‘rinib turmasligi sababli odatda kuzatuvchanlik va hushyorlik bilan ish
yuritadigan sozlovchilar о‘z ishida ijobiy natijalarga erishishlari mumkin.
Shuningdek og‘ir vaziyatlar vujudga kelib qolganda sabr-toqatli bо‘lish, puxta
ishlash va о‘zini yо‘qotib qо‘ymaslik ham muhimdir.
Sozlovchilar
mashinasozlik, oziq-ovqat, tо‘qimachilik sanoati korxonalarida
va boshqa shunga о‘xshash joylarda mehnat qiladilar.
Bu kasbni kasb-hunar kollejlarida о‘rganish mumkin. Bu sohada bilim olishni
esa mashinasozlik kasblari boyicha oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish
mumkin.
Mashina va uskunalarni sozlovchi, dastur bilan boshqariladigan stanoklarning
operatori, texnik-mexanik kasblari turdosh kasblar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: