391
Mehnat darslarini о‘tish bо‘yicha tavsiyalar
Yuqorida aytilganidek pedagogik amaliyot davrida talabalar о‘zlari
biriktirilgan sinflarda mehnat ta’limining belgilangan yо‘nalishlari bо‘yicha 6-8 ta
dars о‘tishi lozim. Birinchi haftasida amaliyotchi talaba fan о‘qituvchisining ish
uslubi bilan, sinf xonasidagi asbob va jihozlarni ta’minlanishi bilan, savol javobni
qanday о‘tkazishi bilan tanishadilar. Amaliyotchi о‘z ishida oliy о‘quv yurtida
olgan bilimlariga tayanishi lozim va imkoni boricha maktabdagi fan
о‘qituvchilarining tajribalaridan foydalanadilar. Bundan tashqari biriktirilgan
mehnat darslarida qatnashish shuning uchun zarurki, dars о‘tkazishning tashkil
qilinishi va metodikasidan keskin farq qilishi ustaxona bilan bog‘liq muayyan
odatlarni egallagan о‘quvchilarga salbiy ta’sir qilashi mumkin. Nihoyat, mazkur
maktabda yuzaga kelgan mavjud sharoitlarni о‘rganish maktab dasturining
о‘rganiladigan mavzusi talablariga tо‘la javob beradigan ish obyektini rejalashga
yordam beradi.
Talabalar darslarga tayyorlanishida uning kо‘rgazmali vositalar bilan
ta’minlanganligi alohida diqqatga sazovordir. Har maktabda о‘rganiladigan mehnat
operatsiyalarining, texnikaga oid ma’lumotlarning kо‘rgazmaliligini yaxshilashga
va shuning hisobiga о‘quv jarayonining samaradorligini kо‘tarishga imkon
topiladi. Amaliyotchilar bu borada tashabbus kо‘rsatishlari va о‘rgatadigan о‘quv
materialiga doir ayrim kо‘rgazma vositalarni taklif etib, keyinchalik uni о‘zlari
yoki о‘quvchilar yordamida tayyorlashlari maqsadga muvofiqdir. Bular plakatlar,
moslamalar, slaydlar namunalar bо‘lishi mumkin.
Amaliyotchilar uchun darsning eng qiyin elementi о‘quvchilarning mustaqil
ishlarini tashkil qilishdir. Zaruriy tajribasi yо‘qligi tufayli amaliyotchi talaba
mustaqil ishlarni bajarish davomida о‘quvchilarda paydo bо‘ladigan
qiyinchiliklarni hali oldindan kо‘ra bilmaydi. Shunday paytlarda amaliyotchi о‘zini
yо‘qotib qо‘yadi, о‘zini qanday tutishni bilmaydi, shu tufayli о‘quv jarayonidagi
uning rahbarlik roli yо‘qqa chiqadi. Amaliyotchi eng avvalo shuni yodda tutishi
kerakki, о‘quvchilar amaliy ish bajarayotganlarida albatta xatolarga yо‘l
qо‘yadilar, yо‘riqnomalar yordamida mehnat xarakatining ichki kо‘rinishini ochib
392
berish mumkin. О‘quvchilar mustaqil ishni bajarayotganlarida amaliyotchi
ularning mehnat amallarini tо‘g‘ri bajarayotganliklarini tekshirishga asosiy diqqat-
e’tiborni qaratishlari lozim. Metodik adabiyotlar bilan tanishish, maktabdagi fan
о‘qituvchisidan va amaliyot rahbaridan maslaxatlar olish kо‘pchilikka xos
xatolarni aniqlashga hamda oldindan ularni bartaraf etish choralarini о‘ylab
kо‘rishga imkon beradi. Mustaqil ish vaqtida ish о‘rinlarini aylanib chiqib,
о‘quvchilarga maslahatlar berish zarur. Ba’zan amaliyotchi aynan bir narsaning
о‘zini turli о‘quvchilarga kо‘p marta alohida-alohida namoyish qilayotganini
payqamay qoladi. Bunga kо‘p vaqt ketadi va baribir hamma о‘quvchilarni qamrab
olishning iloji bо‘lmaydi. Bu holda eng muhimi xatoning tipikligini о‘z vaqtida
aniqlash va frontal yо‘riqnoma о‘tkazishdir.
Amaliyotchi yangi materialni bayon etishga tayyorlanar ekan, о‘quvchilarda
va о‘quv materiali bilan bog‘liq bо‘lgan, о‘quv dasturi doirasidan chiqmaydigan
savollar paydo bо‘lishi mumkinligini hisobga olishi kerak. Albatta bu savollarga
javob berishi zarur, lekin bunga hamisha ham bо‘lavermaydi. Bu holda
о‘quvchilarga darslardan keyin о‘z oldiga kirishni, tо‘garak ishida qatnashishni
taklif qilish, zarur adabiyotlarni tavsiya etish mumkin.
О‘tilgan material yuzasidan savol-javob va yangi materialni mustahkamlashga
tayyorgarlik kо‘rishda amaliyotchi savollarni о‘ylab olishi lozim. О‘quvchilarning
javoblaridagi mumkin bо‘lgan chetlashishlarni tahlil qilib chiqish lozim. Ularning
xatolarini darhol tuzatishga tayyor turish lozim. Bu ishni xushmuomalalik bilan,
о‘quvchiga qattiq tegmaydigan qilib amalga oshirish kerak. О‘quvchilar ishini
tekshirayotganda ularning xarakteridagi о‘ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olish
va baholarni shu asosda qо‘yish kerak. Ma’lumki 10-15 yoshdagi bolalar juda
qattiq emotsional ta’sirlanadilar. Ehtiyotsizlik bilan aytilgan har bir qо‘pol sо‘z
ularni qattiq g‘azablantirishi, bu g‘azabni jilovlash qiyinlashib, agar
amaliyotchining о‘zi ham yomon kayfiyatda bо‘lsa, butun dars buzilishi mumkin.
Mehnat fanini yо‘nalishlar bо‘yicha о‘qitishda har bir yо‘nalishning о‘ziga
xos xususiyatlari mavjud. Masalan «Servis xizmati» yо‘nalishida о‘quv xonalari
tegishli tartibda jixozlangan bо‘lishi, sanitar-gigiyenik meyorlarga javob berishi
393
kerak bо‘ladi. О‘quvchilarga tikuv mashinasidan tо‘g‘ri foydalanishni va turli
shikastliklarning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish va о‘quvchilarning
shunga amal qilishlarini ta’minlash zarur. Darslarda kо‘rgazmali qurollardan,
texnik vositalardan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, о‘quvchilarda
fanga bо‘lgan qiziqishlarini ortiradi. Amaliy mashg‘ulotlarda joriy, oraliq, yakuniy
yо‘riqnomalarni о‘z vaqtida va mazmunli, tо‘g‘ri о‘tkazish о‘quvchilar tikayotgan
buyumlarining sifatli bо‘lishiga olib keladi.
Mehnat darslarida kо‘rgazmali qо‘llanmalardan foydalanish metodining
samarali bо‘lishi quyidagi talablarga rioya qilinishiga bog‘liqdir:
1.
Kо‘rgazmali qо‘llanmalarni namoyish qilish vaqtida ularning barcha
о‘quvchilarga yaxshi kо‘rinadigan bо‘lishini ta’minlash zarur, estetik jixatdan talab
darajasida bо‘lishi kerak.
2.
Kо‘rgazmali qо‘llanmalar о‘quv materiali mazmunining eng muhim
belgilarini aks ettirishi lozim.
3.
Bayon qilinayotgan materialning mazmuniga tо‘la tо‘kis muvofiq keladigan
kо‘rgazmali narsalarni namoyish qilish kerak. Ortiqcha kuzatish obyektlari
bо‘lmasligi lozim, chunki ular о‘quvchilarning diqqatini chalg‘itishi mumkin.
4.
О‘qituvchi kо‘rsatayotgan narsaning о‘quvchilar tomonidan idrok etilishi
jarayoniga aniq rahbarlik qilishi lozim.
Mehnat darslarida о‘quvchilar bilimini tekshirishda amaliyotchi talabalar
quyidagi tavsiyalar asosida ish yuritadilar.
О‘quvchilar bilim, kо‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholash katta
ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bilim va mehnat kо‘nikmalarini tekshirish
va baholash mehnat ta’limining barcha bosqichlarida: о‘tilgan materialni takrorlash
va yangisini mustaxkamlashda mehnat usullarini egallashda va mehnat va mehnat
topshiriqlarini mustaqil bajarishda, grafik ish va uy vazifalarini bajarishda amalga
oshiriladi.
Bilim, kо‘nikma va malakalarni tekshirish ikki xil shaklda: frontal va yakka
tarzda о‘tkaziladi. Mehnat ta’limi darslarida yakka tekshirish uchun qulay sharoit
vujudga keladi, chunki о‘quvchilarning biridan sо‘rash boshqa о‘quvchilarni
394
ishdan chalg‘itmaydi. Frontal sо‘rash kamroq qо‘llaniladi va undan biror mehnat
usulini nazariy qoidani butun guruh qanchalik tо‘g‘ri о‘zlashtirganini tekshirish
zarur bо‘lib qolganda foydalaniladi. Odatda tayyor buyumni baholashda frontal
tekshirish qо‘llaniladi.
Bilim, kо‘nikma va malakalarni tekshirish og‘zaki, yozma va amaliy bо‘lishi
mumkin.
1.
Og‘zaki tekshirish – о‘quvchilar bilimining saviyasi, puxtaligi va ongliligini
aniqlash imkonini beradi.
2.
Bilimlarni yozma tekshirish nisbatan kamroq, odatda о‘quvchilar bilimini
sinab kо‘rish kerak bо‘lganda, ya’ni о‘quvchilar berilgan mavzuni о‘rganishga u
yoki bu masala bо‘yicha qanday bilimlar bilan kelgani va bu bilimlar mavzuni
о‘rgangandan keyin qanchalik tо‘laligini aniqlash zarur bо‘lganda qо‘llaniladi.
3.
Bilimlarni amalda tekshirish mehnat ta’limida alohida о‘rin tutadi, chunki
о‘quvchilarning mehnat darslaridagi faoliyati asosan ijtimoiy foydali buyumlarni
tayyorlashdan iborat bо‘ladi va shu yо‘l bilan moddiy ifodasini topadi.
О‘quvchilar bilimi, kо‘nikma va malakalarini tekshirish jarayoni quyidagi
didaktik masalalarni hal qilishga yо‘naltirilgan.
1.
Bilim, kо‘nikma va malakalarni aniqlash.
2.
О‘quvchilar о‘quv faoliyatlarida rag‘batlantirish.
3.
О‘quv jarayonini tashkil qilish va о‘tkazishdagi nuqsonlarni aniqlashda
yordam berish.
4.
О‘quvchilarda о‘z-о‘zini nazorat qilish malakalarini tarkib toptirish.
5.
Bilim, kо‘nikma va malakalarni tekshirish oldindan ishlab chiqilgan dastur
asosida о‘tishi hamda о‘quvchilarning о‘quv faoliyatiga tarkiban qо‘shilib ketishi
kerak.
Baho qо‘yishda oqilona va metodik jihatdan tо‘g‘ri yondoshish zarur. U
о‘quvchining qiziqishini hamda о‘qishga bо‘lgan hohishini rag‘batlantirishi va
aksincha notо‘g‘ri qо‘yilgan baho uning о‘qishga bо‘lgan qiziqishini pasaytirishi
mumkin. Baho tarbiyaviy vositalardan biri bо‘lmog‘i kerak, Shuning uchun ham
baho qо‘yishda amaliyotchining nihoyatda obyektiv bо‘lishi talab etiladi.
395
Kо‘pincha amaliyotchi talabalar о‘quvchilarning intizomiga oid birorta kamchiligi
(darsga kechikib kelishi, gaplashib о‘tirishi va hokazo) uchun bahoni kamaytirish
kabi xatoga yо‘l qо‘yadilar. Bu о‘rinda amaliyotchi talaba tarbiyaviy ta’sir
kо‘rsatishning boshqa vositalaridan foydalanishi lozim. О‘quvchilarning bilim,
malaka va kо‘nikmalarini baholashda quyidagi talablarni bajarilishi talab etiladi.
1.
Nazariy va texnologik bilimlar meyori va ularni amaliy ish jarayonida
qо‘llash.
2.
Asboblar, moslamalar va boshqa jihozlarni bilishi va ularni ishga sozlay
bilishi.
3.
Amaliy ish jarayonida texnika xavfsizligi va sanitariya gigiyena
talablarini bajara bilishi.
4.
Ajratilgan vaqt meyorida buyumni tayyorlay olishi.
5.
Mehnat usullarini qanchalik egallay bilishi.
6.
Dars jarayonini yozma va grafik xujjatlardan foydalana bilishi va
ularning oddiylarini tuza bilishi.
7.
Ish joyini nechog‘liq tо‘g‘ri tashkil qila bilishi.
8.
Materiallarni tanlay bilishi, asbob uskunalarga tо‘g‘ri munosabatda
bо‘lishi.
9.
Nechog‘liq mustaqil ishlay bilishi va ijodiy izlanishi.
10.
Buyumni sifatli tayyorlashi.
11.
Texnik va texnologik talablarni tо‘g‘ri bajara olishi.
Dostları ilə paylaş: |