Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Umumta’lim maktablarida о‘tkaziladigan pedagogik amaliyot



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Umumta’lim maktablarida о‘tkaziladigan pedagogik amaliyot
mazmuni va uni tashkil etish
Malakaviy pedagogik amaliyot ta’lim-tarbiya jarayonini zamon talablari 
asosida tashkil etadigan, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini 
muvaffaqiyatli qо‘llayotgan, bu borada yetarli ish tajribalariga ega bо‘lgan, о‘quv-
moddiy ta’minoti bugungi kun talablariga javob beradigan uzluksiz ta’limning 
umumiy о‘rta ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida tuziladi. 
Malakaviy pedagogik amaliyotni о‘tkaziladigan ta’lim muassasalari oliy о‘quv 
yurti joylashgan hududga iloji boricha yaqin joylashgan bо‘lishi maqsadga 
muvofiqdir. 
1. Talabalar amaliyot boshlanadigan birinchi kunida pedagogika oliy о‘quv 
yurtida, pedagogik amaliyotga bag‘ishlab о‘tkaziladigan konferensiyada 
qatnashadilar. Konferensiyada talabalarni mutaxassisliklariga qarab guruhlarga 
bо‘linadi va pedagogik amaliyot о‘taydigan ta’lim muassasasi manzillari bilan 
tanishadilar. Talabalar pedagogik amaliyotning maqsad vazifalari, dasturi va uning 
mazmuni, biriktirilgan metodist о‘qituvchilar bilan tanishadilar. 
2. Talabalar biriktirilgan о‘quv muassasasiga boradilar, manzil bilan yaqindan 
tanishadilar. Maktab rahbari bilan suxbatlashib, uning tarixi va an’analarini, о‘quv 
moddiy bazasi va uning pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil qilish talabiga javob 
berishini, о‘quvchilar kontengentini о‘rganadilar. 
3. Talabalar pedagogik jamoaning tajribasi, ilmiy pedagogik ishlari, 
maktabdagi о‘quv, metodik ishlar bilan tanishadilar. Ilg‘or pedagogik tajribalar 


386 
о‘rganilishi va joriy etilishi bilan tanishadilar. Har bir amaliyotchi talaba 
amaliyotni о‘tash davrida ma’lum sinfga biriktirib qо‘yiladi, u shu sinf 
о‘quvchilariga mehnat ta’limidan uchta yо‘nalish bо‘yicha dars beradilar.
- Texnologiya va dizayn. 
- Servis xizmati.
- Qishloq xо‘jaligi asoslari. 
4. Amaliyotning birinchi haftasi maktabdagi, mehnat ta’limi xonalarining 
moddiy bazasi, hamda о‘quvchilar bilan tanishishga bag‘ishlanadi. Bu davrda 
amaliyotchi talabalar о‘zlari biriktirilgan sinfdagi turli darslarda qatnashadilar, sinf 
rahbari о‘tkazadigan barcha tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etadilar. Amaliyotchi 
talabalar haftaning oxiriga borib, har bir о‘quvchi haqida uning о‘zlashtirishi, 
intizomi, о‘qishga, jamoat ishiga munosabati tо‘g‘risida aniq tasavvurga ega 
bо‘lishi zarur.
5. Talabalar о‘zlari biriktirilgan ta’lim muassasasidagi ta’lim tarbiyaviy ishlar, 
guruh murabbiylari va fan о‘qituvchisining taqvim mavzuli rejalari, mehnat 
ta’limi xonalarining yо‘nalishlar bо‘yicha jihozlanganligi bilan tanishadilar. 
Bundan tashqari amaliyotchi fan о‘qituvchisining kelgusi darslarga tayyorgarligi 
dars rejalarining tuzilishi, ulardagi darsning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi 
maqsadlarining qо‘yilishini о‘rganadilar. О‘quvchilarning fan yuzasidan bilim 
darajalarini о‘rganib davlat ta’lim standart talablariga tо‘g‘ri kelishini tahlil 
qiladilar. Fan о‘qituvchisining darslarda kо‘rgazmali qurollardan foydalanishi va 
ularning natijalarini о‘rganadilar. 
6. О‘qituvchi bо‘lib ishlash mobaynida talaba faqatgina mehnat ta’limi 
darslariga kiribgina qolmay chizmachilik, rasm kabi turdosh fanlardan darslarga 
kirib, tahlil qiladilar. Ularning mehnat ta’limiga bog‘liq tomonlarini о‘rganadilar. 
Mehnat ta’limining barcha yо‘nalishlarini, ya’ni texnik va maishiy xizmat 
kо‘rsatish mehnati darslarini kuzatib darslarning tashkil qilinishini о‘rganadilar. 
7. Amaliyot davrida talabalar о‘zlariga biriktirilgan sinflarda tarbiyaviy ish 
rejasiga asosan bayram tadbirlarini о‘tkazadilar. Bunda talaba о‘zining ijodiy 
faoliyatidan kelib chiqqan holda «Balli qizlar», «Navrо‘z taomlarini tayyorlash» 


387 
mavzusida tadbirlar о‘tkazishi mumkin. Talaba bayram ssenariysini tuzadi, 
о‘quvchilarni tayyorlantiradi. 
8. Maktabda tashkil qilingan tо‘garaklarning ish rejalari bilan tanishadilar. 
Tо‘garak a’zolari, ularning faoliyati bilan tanishib darslarini tahlil qiladilar. 
Navbatdagi tо‘garak darslariga tayyorlanib sinov darslarini о‘tadilar.
9. Yо‘nalishlar bо‘yicha 8-9sinflarda «Ishlab chiqarish asoslari», «Kasbga 
yо‘naltirish» darslarini tahlil qiladilar, navbatdagi darslarga tayyorgarlik kо‘rib 
avval sinov darslarini sо‘ngra esa namunali darslarga kо‘rgazmali qurollar 
tayyorlash va о‘tish. 
10. Sinf rahbari bilan birga ota-onalar bilan ishlashni, ular bilan yig‘ilishlar 
о‘tkazishni о‘rganadilar. Tarbiyasi og‘ir bо‘lgan о‘qivchilarning oilaviy sharoitlari 
bilan tanishib, ularni tо‘g‘ri yо‘lga solish tadbirlarini ishlab chiqadilar.
11. Pedagogik amaliyot davrida tayyorlashi kerak bо‘lgan xujjatlarni yig‘ish va 
pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan konferensiyaga tayyorgarlik kо‘rish. 
Xisobot topshirish.
Amaliyotning umumiy bahosi talabaning tarbiyachi va о‘qituvchi sifatida 
bajargan ishi, о‘quvchiga yozilgan pedagogik tavsifnoma, hamda hujjatlarning о‘z 
vaqtida topshirilishi va sifatini hisobga olgan holda reyting tizimi asosida quyiladi. 
Pedagogik amaliyotni о‘tashda talaba pedagogika, psixologiya, umumtexnik 
va metodik fanlardan egallangan bilimlariga tayanadi. 
Quyida talabalar pedagogik amalayot davrida amalga oshirishi kerak bо‘lgan 
tadbirlar hamda bu jarayonda yuritiladigan hujjatlar mazmuniga tо‘htalamiz. 
Amaliyot tugagach, talaba 3 kun ichida hisobot topshiradi. Unga kundalik, 
tavsifnoma, dars rejalari, ochiq darslar muhokamasi qarorlaridan kо‘chirma, 
о‘tkazilgan darslar rejasi va konspekti, qatnashgan darslari tahlili bayoni, 
о‘tkazilgan tarbiyaviy ishlarning ssenariysi (matni), 2 ta о‘quvchiga psixologik-
pedagogik tavsifnoma, amaliyotchining ish dasturi, amaliyot davrida guruhning 
о‘quv-tarbiya ishlari oylik va yillik (semestr) ish dasturlari, maktab haqida 
ma’lumot, dars sifatini oshirishga oid fikrlari ilova qilinishi kerak. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin