388
Mehnat ta’limi darslarini tahlil qilish
Pedagogik amaliyot davrining 1-4–haftalarida talabalar maktab jamoasining
pedagogik faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. Ular maktabdagi tarbiyaviy
ishlarning tashkil etilishi, tarbiyaviy soatlarni tahlil qilish bilan birga maktabda
о‘qitiladigan hamma fanlarni kuzatadilar. Mehnat ta’limi darslari turli maqsadlarda
kuzatilishi mumkin. Kо‘p yillik ish tajribani о‘rganish maqsadida yosh
о‘qituvchiga metodik yordam kо‘rsatish maqsadida, о‘quvchilarning bilimlarini
aniqlash va baholash ish uslubini о‘rganish va hokazo. Butun dars jarayoni bir
necha qismda tahlil etiladi.
1. Tashkiliy.
2. Didaktik.
3. Metodik.
4. Psixologik.
5. Pedagogik.
6. Yakuniy tahlillardan iborat.
Tashkiliy tahlilda mehnat xonasini darsga tayyorgarligi, о‘quvchilarning
darsga tayyorgarligi e’tiborga olinadi. Hatto bu bosqichda о‘qituvchining tashqi
kо‘rinishi hisobga olinadi.
Didaktik mavzuning ilmiyligi, izchilligi, oddiydan murakkabga yо‘nalishni
kо‘rsatmaliligi, bilim va axborotlarni hayotiyliligi, jonliligi ravon tilda olib
borilishi va hokazo.
Metodik tahlilda qanday usullarda darsni olib borilishi, qо‘llanilgan dars
shakli mavzuga mos keladimi yoki yо‘qmi, tayyorlangan kо‘rgazmalar, namunalar
mavzuni ochib berishga xizmat qilishi, darsda tadbiq etilgan yangi pedagogik
texnologiyalar qay darajada о‘zining samarasini berganligi haqida ma’lumot
beriladi.
Pedagogik tahlil – bunda о‘quvchini tashqi qiyofasi, nutqi, sinf bilan til topa
olishi, milliy tarbiya, ekologiya, iqtisodiy tarbiya, ahloqiy, g‘oyaviy siyosiy
elementlarni, tarbiya turidan qaysi biriga e’tibor berish lozim, qanday dars turidan
389
foydalansa, dars samarali bо‘ladi – bu masalalar pedagogik tahlilning asosini
tashkil etadi.
Yakuniy tahlil – bunda dars bо‘yicha mulohaza, yо‘l-yо‘riqlar yoki tavsiyalar
beriladi. Yuqoridagi tahlilni bajarish uchun darsni hamma bosqichini tо‘g‘ri
kuzatilishi va tahlil etilishi kerak.
Dars kuzatish natijasida u haqida tо‘liq tasavvur vujudga kelishi kerak.
Shuning uchun ma’lum tarzdagi umumiy talablarga rioya qilish lozim.
1. Dars haqida umumiy malumot: sana, joyi, sinf, fan, о‘qituvchining ismi,
familiyasi, nechanchi soat (darsning jadvaldagi о‘rni), о‘quvchilarning soni,
davomati, amaliyotchi - talabalar qatnashishi.
2. Darsning maqsadlari. a) ta’limiy, b) tarbiyaviy, v) rivojlantiruvchi
maqsadlarning qо‘yilishi va uning dars jarayonida yoritilishi.
3. Tashkiliy qismni kuzatishda asosan о‘quvchilarni darsga hozirligi, sinf
xonasining, о‘quvchilarning darsga tayyorgarligi (ish kiyimi, yenglari, rо‘mollari)
bormi, ularni asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi va bosqichni qanday о‘tganligi
darajasi yetarli saviyada о‘tganligi nazorat qilinadi.
4. О‘tilgan mavzuni takrorlash. О‘qituvchi о‘quvchilarga bergan savollari
о‘tgan mavzuni qamray oldimi, savollar aniqmi, mavzuni takrorlashda qaysi
usullardan foydalandi. О‘quvchilarning javoblari mavzuni о‘zlashtiradimi deyishga
asos bо‘ladimi, о‘quvchilarning javoblari tahlil etiladi.
5. Yangi mavzuni tushuntirishda qanday usullar qо‘llanildi. О‘quvchilarni
mehnat ta’limi va boshqa fan asoslari bо‘yicha bilimlariga tayanildimi yoki
yо‘qmi. Yetarlicha kо‘rsatmalilikdan foydalanildimi, о‘quvchilarni qiziqtira
olindimi, ta’limda muammoli vaziyat qо‘llanildimi, Yangi bilimni о‘zlashtirilishi
tekshirildimi, hayot bilan bog‘langanligi haqida fikr bildiriladi.
6. Kirish yо‘riqnomasi. Mehnat topshirig‘iga tavsif berish: uni о‘quvchilar
bajara oladimi, ularda qiziqish uyg‘otadimi? Topshiriqni bajarishda
о‘quvchilarning mehnat ta’limi va fan asoslariga doir nazariy bilimlaridan
foydalanishi nazarda tutildimi? Topshiriqni bajarish bilan bog‘liq ishning
mazmuni maktab о‘quv dasturining о‘rganilayotgan mavzusiga muvofiqmi?
390
Buyumga qо‘yiladigan talablar, о‘zini-о‘zi nazorat qilish mezonlari
kо‘rsatildimi? Kirish yо‘riqnomasi qanday о‘tdi: qaysi ish usullari qо‘llanildi,
ularni namoyish etishda yetarlicha kо‘rsatmalilik ta’minlandimi? О‘quvchilar
topshiriqni qanchalik tushungani tekshirildimi va bu tekshirish yetarlimi?
Xavfsizlik texnikasi qoidalariga e’tibor qanday? Kirish yо‘riqnomasida
о‘quvchilar qanday ishtirok etdilar: ular passiv tinglovchi va kuzatuvchi
bо‘ldilarmi yoki о‘qituvchi ularni ayrim masalalarni hal qilishga jalb etdimi?
7. О‘quvchilarni mustaqil ishi. О‘quvchilar ishini tashkil qilishning qanday
shakllari qо‘llandi? О‘quvchilar qanday xatolarga yо‘l qо‘ydilar, bular tipik
xatolarmi? О‘qituvchi о‘quvchilarning xatolariga qanday munosabatda bо‘ldi?
Qanday joriy yо‘riqnomasi о‘tkazildi? Ular oldindan rejalashtirilganmi? Joriy
yо‘riqnomasi о‘z vaqtida о‘tkazildi, deyish mumkinmi? О‘quvchilar jismoniy
ishdan dam olishlari uchun tanaffuslar rejalashtirilganmi, bu tanaffuslardan
о‘qituvchi qanday foydalandi? О‘quvchilar, mehnat topshirig‘ini bajarish bilan
bog‘liq ba’zi masalalarni mustaqil hal qilishlariga tо‘g‘ri keldimi, ular bu ishni
bajara oldilarmi? О‘qituvchi umuman sinfning va alohida har bir о‘quvchining
faoliyati ustidan nazoratni ta’minladimi? О‘qituvchi kuchli о‘quvchilar uchun
qо‘shimcha topshiriqlarni nazarda tutdimi? О‘quvchilarda о‘z-о‘zini nazorat
qilish malakalarini shakllantirishga yetarlicha e’tibor berildimi?
8. Yakunlovchi yо‘riqnoma. Bu yо‘riqnomaga qancha vaqt ketdi, u nima
haqida bо‘ldi? Mashg‘ulot qanchalik chuqur va tо‘liq yakunlandi? Tipik xatolar,
yaxshi va kо‘ngildagidek chiqmagan buyumlar kо‘rsatildimi?
9. Ish о‘rinlarini yig‘ishtirish. Ish о‘rinlarini yig‘ishtirish qancha vaqt oldi?
О‘quvchilar yig‘ishtirish uchun barcha zarur narsalar bilan taminlandimi? Ish
о‘rinlarini yig‘ishtirishning sifati kim tomonidan va qanday tekshirildi? Ish
о‘rnining ozodaligi uchun musobaqa о‘tkazildimi? Bu musobaqada sinf faollari
qanday rol о‘ynaydi?
10. Umumiy xulosa. Dars qanday elementlardan tashkil topdi? Dars tipi.
О‘qituvchi kо‘zlagan maqsadga erishdimi?
Dostları ilə paylaş: |