X =1,7853 A. O'rtacha intensivlikka xos to'lqin uzunligi
X = 1,7893 A. Bu
ikki nurlanish
K a dubletini, ya’ni ikkinchi nusxasini tashkil etadi. Uchinchi
nurlanish kuchsiz bo'ladi va amaliy ahamiyatga ega emas. Kuchlanishning
yanada oshirilishi spektr xarakterini o'zgartirmaydi, nurlanish intensivligi
ortadi, xolos. To'lqin uzunliklari ham o'zgarishsiz qoladi.
Rentgen nurlanish to'lqinlari tekshirilayotgan metall atomlari elektronlariga
ta’sir etib, ulami to'lqin chastotasida tebranishga majbur etadi. Shunday
qilib, atom elektronlarining o'zi tebranish manbaiga aylanib qoladi va rentgen
nurlarini tushayotgan tutam to'lqini uzunligida tarqatadi. A tom lar
tekshirilayotgan metallning kristall panjarasida ma’lum tartibda joylashganligi
sababli, elektronlardan chiqadigan nurlar interferensiyalanadi. Natijada kristallga
tushayotgan rentgen tutami, kristallardan to'lqin uzunligi, panjara o'lchamlari
va rentgen tutamining tushish burchagi orasidagi o'zaro nisbatga qarab, ma’lum
yo'nalishlarda tarqaladi. Bu nisbat Breg sharti nomi bilan yuritiladi.
Breg sharti odatda rentgen nurlarini ma’lum kristal tekisligidan qaytish
sharti tariqasida talqin etiladi, aslida bu qaytish emas, balki kristall
panjaralardagi atomlarda elektronlar qo'zg'alishidan vujudga kelgan tebra
nishlar interferensiya-
Agar biron kristall
panjarada ikkita o'zaro
parallel tekisliklar AA va
BB ni ko'radigan bo'lsak,
bunda Breg shartini
anglash qiyin emas
(9.26-rasm).
sidir.
E 9.26-rasm. 150
Tekisliklarga tushayotgan va ulardan qaytayotgan rentgen nuri, 1 va 2
to'lqin yo‘llari orasidagi farq butun sonlardan iborat bo'lgandagina kuchayadi.
Bunda
CE - CD = пЛ , yoki
— ------ — cos 2