partiyada buyumlar soni 200 dan kam bo'lsa, kamida 2 ta buyum sinaladi.
Zavodlarda seriyali chiqariladigan konstruksiyalar ichidan sinash uchun
namuna tanlashda tashqi ko'rinishiga qarab eng yaxshisi yoki eng yomonini
emas, sifat jihatidan o'rtachasini tanlash lozim; tanlovlarda sinov guruhi
bilan birga zavod rahbariyati ham ishtirok etishi zamr; sinash uchun tanlab
olingan konstruksiya namunalari raqamlanadi, belgi qo'yiladi va akt bilan
mustahkamlanadi.
12.3.2. 0 ‘lchash asboblarini o‘rnatish Sinaladigan konstruksiyalarga kerakli asboblami tanlash va ulami
joylashtirish sinovlar maqsadi va vazifalariga bog'liq.
Barcha o'lchov asboblari ishlatishdan ilgari atseton yoki spirtda
ho'llaniladi latta bilan artib moyi ketkiziladi, keyin quruq latta bilan artiladi.
O'lchash asboblari konstruksiyaning ko'chishlari va deformatsiyalari
xarakterli bo'lgan kesimlariga (nuqtalariga) o'matiladi.
12.15—12.18-rasmlarda turli xil konstruksiyalarga o'lchash asboblarini
o'rnatish namunalari ko'rsatilgan.
Umumiy holda o'lchash asboblarini joylashtirish va ulardan foydalanish
borasida quyidagi qoidalar mavjud: konstruksiyalami sinashda iloji boricha
kamroq asbob o'matgan ma’qul, chunki o'lchangan deformatsiyalar bo'yicha
beton va armaturadagi kuchlanishlar aniqlanadi; indikatorlar bir nuqtaning
ikkinchi nuqtaga nisbatan ko'chishi katta bo'ladigan joylarga o'matiladi;
progibomerlar (solqilik o'lchagichlar) konstruksiyaning solqiligi katta
190
12.15—rasm. Rigel bilan konsolli ustunning tugunini sinash sxemasi va o'lchash asboblarining joylashtirilishi: DG—gidravlik domkrat; M —indikatorlar (messuralar); P —progibomerlar (solailik o'lchagichlar); D— tenzorezistorlar. n L ,- LEL
t y