A.A.Abdukarimovlar tireoid gormonlar ta’sirining genetik me-
xanizmlarini o‘rganishga o‘zlarining katta hissalarini qo‘shdilar.
Akademik N.M.Majidov va professor Sh.Shomansurovlar asab kasal-
liklarining kelib chiqishida irsiy omillar rolini o‘rgandilar.
Markaziy Osiyo respublikalarida, birinchi marta Toshkent tibbi
yot institutida 1971-yili J.X.Xamidov, prof. A.T.Oqilov rahbarligida
irsiy kasalliklaming tarqalishining oldini
olish maqsadida tibbiyot
genetikasi bo‘limi ochildi. Hozirgi paytda Toshkentdagi akusherlik
va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda tibbiyot institut-
larida, yirik poliklinikalar qoshida tibbiyot
genetikasi laboratoriyalari
ochilgan bo‘lib, ularda nikohlanuvchi yoshlarga, irsiy kasalliklari bor
odamlarga amaliy yordam ko‘rsatiladi. Genetik injeneriya va bio-
texnologiya usullarining odam genetikasida keng qo‘llanilishi tufayli
irsiy kasalliklarga tashxis qo‘yish, davolash
va oldini olish imkoni-
yatlari paydo boidi.
Dostları ilə paylaş: