Har qanday organizmlarda belgi-xossalaming
rivojlanishi bir
tomondan genotipga, ikkinchi tomondan tashqi muhit omillariga
bog‘liq. Ma’lumki, hayvon va o‘simliklar ustida tajriba o‘tkazilganda,
turli xil irsiy xususiyatlarga ega bo‘lgan organizmlami bir xil muhit-
da o‘stirib, ular orasida paydo bo‘lgan farqlardan irsiy omillar ulushi
aniqlanadi. Lekin odamlar turli ijtimoiy
va iqtisodiy muhitda ya-
shaganlari sababli, egizaklami hisobga olmaganda, bunday sharoitni
tug‘dirishning imkoniyati juda kam ekanligiga ishonch hosil qilamiz.
Bu ham odamdagi irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganishda
qiyin-
chilik hisoblanadi.
Yuqoridagi qiyinchiliklarga qaramay, odam irsiyati va
o‘zgaruvchanligini o ‘rganish nihoyatda zarur.
Uning zarurligi bi-
rinchidan mikrorganizmlar, o ‘simliklar, hayvonlarda ixtiro qilin-
gan irsiyat qonunlari odamlarda ham o‘z qimmatini saqlaydimi de
gan
muammoni hal etish, ikkinchidan kerakli belgi-xossalarning
irsiylanishini bilish, oilani rejalashtirish,
irsiy kasallik turlari, sa-
bablarini aniqlash, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish
uchun kerak.
Dostları ilə paylaş: