1.6.
Odam genetikasining tadqiqot metodlari.
Odamning irsi
yati va o‘zgaruvchanligini o‘rganishda bir qancha metodlardan foy-
dalaniladi. Ana shunday metodlar qatoriga geneologik, egizaklar, si-
togenetik, biokimyoviy, dermotoglifika va boshqa shu singari metod
lar kiradi. Siz ulaming ba’zi birlari bilan tubanda tanishasiz.
Geneologik metod.
Bu metod dastlab F.Galton tadqiqotlarida
qo‘llanilgan. Geneologiya yunoncha -
«geneologiya»
so‘zidan
olinib, shajara degan ma’noni anglatadi. Geneologiya genetik
metod sifatida, odamning shajarasida biror belgi-xossaning av-
lodlarda irsiylanishini tadqiq qilishga asoslangan. Geneologik
metoddan foydalanish uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi
bosqich proband (nemischa provand - shajaradagi boshlang‘ich
shaxs) va uning oilasi, qarindoshlaridagi u yoki bu belgi-xossa
ning borligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashdan boshlanadi.
Bunday ma’lumotlar proband, uning oila a ’zolari, qarindosh-
larida o‘rganilmoqchi bo‘lgan belgining irsiylanishini bilishga
oid kuzatish, suhbat, anketa savollariga yozma javob olish orqali
10
to‘planadi. Har millatda piru badavlat oilalar, ya’ni chol-kampir,
ulaming farzandlari, nevaralari, chevaralari, evaralari bor boigan
oilalar topiladi. Qo‘yilgan genetik maqsadga qarab ana shunday
oila a ’zolari bilan suhbat o ‘tkazish, anketa savollariga javob olish,
kuzatish, ya’ni proband, uning ota-onasi, buvisi, farzandlari, ne-
varalarida o ‘rganilmoqchi belgi-xossa qanday taraqqiy etilgani
to‘g lrisida m aium ot to‘planadi. Tadqiqot koiam i qarindoshlar
soni, ulami yozib borish, shajara tuzishdan ko‘zlangan maqsadga
bogiiq boiadi.
Geneologik metod qoilanishining ikkinchi bosqichida shajara
tuzishga kirishiladi. Shu maqsadni ko‘zlaganda alohida genetik sim-
vollardan foydalanish talab etiladi (
1-rasm
).
Tuzilgan shajarada erkak kvadrat, ayol doiracha, ular orasidagi
nikoh esa gorizontal chiziq bilan belgilanadi.
Shajarani tuzish o‘rganiladigan belgiga ega shaxs - probanddan
boshlanadi.
Tadqiq qilinayotgan har bir avlodi shajaraning bir qatoriga yoziladi.
Avlodlar shajarada yuqoridan pastga tomon rim raqamlar orqali
belgilanadi.
Har bir avlod vakillari arab raqamlari orqali shajaraning chapdan
o‘ng tomonga tugilgan yiliga qarab belgilanadi.
Ba’zi bir belgilar, ayniqsa kasalliklar shaxsiy taraqqiyotning turli
bosqichlarida rivojlanishi e’tiborga olinib, shajarada oila a ’zolarining
yoshi ko‘rsatiladi.
Geneologik metoddan foydalanishning uchinchi bosqichida shaja
rani tahlil qilish boshlanadi.
Shajarani genetik jihatdan tahlil qilganda tubandagilar diqqat
markazida boiadi.
•
Shajara bo‘yicha o‘rganilayotgan belgi hamma avlodlar va
oilaning ko‘p a’zolarida uchraydimi?
0 ‘rganilayotgan belgi ikki jinsda ham namoyon boiadimi
yoki qaysi jinsda u ko‘proq uchraydi?
•
Avlodlarga belgi ko‘proq otadan o‘tadimi yoki onadanmi?
•
Shajarada ota-onada boimagan belgini bolalarda uchrashi
yoki kasal ota-onadan sog‘ bolalaming tug‘ilishi hollari belgilanadi.
11
Shajaradagi ota-onada bo‘lmagan belgining bolalarda
uchrashi yoki bolalarda bo‘lmagan belgining ota-onada uchragan
holatlari bormi?
Oiladagi, ota-onaning birortasidagi belgining bolalami nech-
tasida uchrashi ham ko‘rsatiladi.
Belgining irsiylanish tipiga qarab u autosom dominant, autosom
retsessiv, jins bilan birikkan holda bo‘lishi mumkin.
О
□
Dostları ilə paylaş: |