so‘ng ulardan ajralgan gormonlar ta’sirida jinsiy organlaming qolgan
qismlari rivojlanadi. Sut em izuvchilar shu jum ladan odamlarda jinsni
taraqqiy qilish jarayoni ikki bosqichdan iboratdir. Birinchi bosqichda
jinsni zigotaning xrom osom alar to ‘plami,
gonadlami jinsiy tabaqala-
nishi belgilaydi, oqibatda yo tuxumdon, yo urug‘don rivojlanadi. Agar
urug‘donlar rivojlansa, ular ajratgan testosteron gormonini embrion
b o ‘yicha sirkulyatsiyasi tufayli somatik hujayralarning erkaklik jinsi
b o ‘yicha rivojlanishi ta ’minlanadi. Mobodo tuxumdon shakllangan
b o is a , u holda testosteron gormoni ishlab chiqarilmaydi va natijada
somatik hujayralarda urg‘ochilik jins bo‘yicha rivojlanish ro‘y beradi.
Demak, jins shakllanishining birinchi bosqichida asosiy rolni jinsiy
xromosomalar, ikkinchi bosqichida gonodlardan ajratilgan gormonlar
o ‘ynaydi. A niqlanishicha erkak jinsining
rivojlanishi X xromosoma
tarkibidagi maxsus genga b o g iiq . Chunki, bu gen ishtirokida sin
tez qilingan oqsil molekulasi urg‘ochi va erkak jinsida regulyatorlik
funksiyasini o ‘taydi. Bu oqsil molekulasi Y jinsiy xromosoma geni
ta ’siri tufayli sintez qilingan testosteron gormoni bilan birikib effek-
tor rolini bajaradi. Agar X xromosomadagi maxsus gen mutatsiyaga
uchrasa, u holda Y xrom osom a testosteron gormon ta ’sirini sezmaydi,
natijada homilaning urug‘doni bilan birga, yetilmay qolgan tuxum
don hosil b o ia d i va erkak genotip bo‘yicha XY kariotipiga egaligiga
qaramay, fenotip jihatdan ayol k o ‘rinishida b o iad i.
Jinsiy gormonlar bosh miyaga ham ta’sir etib, odamlaming xat-
ti-harakatini o ‘zgartirishi mumkin.
Chunonchi, homilador ayolga
progestin gormoni yuborilsa, tu g ilg an qiz bola erkakshoda, y a’ni
k o ‘proq o ‘g ‘il bolalar o ‘yinini o ‘ynash, yosh bolalarga enagalik qi-
lishni yoqtirmaslik kabi xislatlar namoyon b o ia d i.
1955-yili Eychvald va Silmserlar Y jinsiy xromosoma nazorati-
dagi H-Y antigen m avjudligini ixtiro qildilar. Chamasi H-Y antigeni
homilaning dastlabki «erkak» hujayralaridan ajratiladi.
Hozirgi vaqt-
da H-Y retseptorlar gonadlam ing ikkala turi yuzasida borligi aniq-
langan. Bu antigen ta ’sirida gonadlar keyinchalik urug‘donlaming
rivojlanishiga olib keladi. Agar H-Y antigenining faolligi anti H-Y
zardobi tom onidan neytrallashtirilsa, u holda gonadlar tuxumdonni
96
hosil qiladi. Keyingi olingan m aium otlarga ko‘ra H-Y antigeni Y jin-
siy xromosoma geni bilan emas, balki uning nazoratidagi autosoma
geni tomonidan kodlanadi. Bu gen Y jinsiy xromosoma b o ‘lmagan
individlarda repressiyaga uchraydi.
Kamdan-kam mutatsiyalarda Y
jinsiy xromosoma hujayralarda uchramasa ham, erkak jins H-Y gen
ta ’sirida shakllanadi. Ehtimol, bunday holatda Y jinsiy xromosoma-
dagi H-Y antigeni translokatsiya tufayli autosomaga o ‘tgan b o iish i
mumkin. Ikkinchi tomondan oz miqdorda ham hujayrada H-Y geni
b o is a , XX jinsiy xromosomali individlar erkak organizm boiadilar.
Shunga o ‘xshash olingan m aiu m o tlar erkak jinsi faqat XY, ayol
jinsi faqat XX jinsiy xromosomalar ishtirokidagina emas, balki
auto-
somalardagi b a’zi genlar ta ’sirida ham shakllanishidan dalolat beradi.
Yuqorida bayon etilgan m a’lumotlar odamlarda erkak va ayol
jinsining qaror topishi bir tomondan X va Y jinsiy xromosomalarga,
ikkinchi tomondan ularda joylashgan genlarga, uchinchi tomondan
gormonlar faoliyatiga b o g iiq ckanligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: