Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Byudjet daromadlari tasnifi – 
barcha darajadagi byudjetlar daromadlari, 
davlat maqsadli jamg‘armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari 
daromadlarining mablag‘lar manbasi va byudjetlar darajasiga, daromadlar turiga va 
hududiga ko‘ra guruhlanishi; 
Byudjet defitsiti
– muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet 
daromadlaridan ortishi; 
Byudjet defitsitini qoplash manbalari
– defitsitni qoplashga jalb qilingan 
mablag‘lar va ularning manbalari
Byudjet dotatsiyasi
–o‘zdaromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa 
mablag‘lar yetishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari 
o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik 
sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari; 


408 
Byudjet huquqi
– davlatbyudjeti mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va 
ulardan foydalanish bo‘yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi moliyaviy-huquqiy normalar majmui; 
Byudjet huquqi subyektlari
– davlatpul mablag‘larining markazlashtirilgan 
jamg‘armasini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish bilan bog‘liq 
munosabatlarda qonunchilik bilan tegishli yuridik majburiyat va huquqlar berilgan 
davlat va uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari, davlat hokimiyati va barcha 
darajadagi boshqaruv organlari, davlat va munitsipal korxonalar, tashkilotlar va 
muassasalar; 
Byudjet jarayoni – 
byudjetloyihasini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va 
ijro etish, ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va 
tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadigan 
maqsadli faoliyat; 
Byudjet jarayoni bosqichlari – 
byudjetloyihasini tuzish, uni ko‘rib chiqish 
va tasdiqlash, byudjetni ijro etish va uning nazoratini olib borish, byudjetning ijrosi 
to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlashdan iborat bo‘lgan uzluksiz 
jarayon; 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin