Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Raqobatning turli ko‘rinishlari sharoitida



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

9.3. Raqobatning turli ko‘rinishlari sharoitida
narxning shakllanishi
 
Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita ta’sir ko‘rsatadi, chunki 
narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri 
hisoblanadi. Talab va taklif miqdoriga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatiga ko‘ra, 
bozordagi raqobatning turli ko‘rinishlari farqlanadi. 
Mukammal raqobat 
sharoitida
ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) hamda iste’molchi (yoki 
xaridor)larning soni juda ko‘p bo‘lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirish 
orqali narx shakllanishiga ta’siri umuman sezilmaydi. 
Nomukammal raqobat 
sharoitida
esa ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki iste’molchilar 
(xaridorlar)dan birining soni cheklangan bo‘lishi ularning bozordagi ishlab 
chiqarish hajmiga va, pirovardida, bozordagi narxning shakllanishiga sun’iy ta’sir 
ko‘rsatish imkonini beradi. Bunday raqobatning turli darajalarida narxlarning 
shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Shu sababli, biz quyida mukammal 
raqobat, sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya sharoitida narxlarning 
shakllanish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. 
Erkin raqobat 
kurashi sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki 
iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi 
jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni 
sotuvchi va xaridor narxlari
mavjud bo‘ladi. 
Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o‘z 
tovari narxining imkon qadar yuqori bo‘lishidan manfaatdor, chunki bunday narx 
uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni 
boshqalardan yuqori darajada belgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan 
siqib chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu 
tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor tovarni 
eng past narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida 
uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo‘ladi. Xaridor narxining 


276 
yuqori darajasi esa, Marshall ta’biricha, so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga teng 
bo‘lishi kerak.
Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har 
ikki narxning mosligi ta’minlangunga, ya’ni bozor narxi paydo bo‘lgunga qadar 
davom etadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish 
xarajatlari, xaridor narxi tomonidan esa so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi 
maydonga tushib, ularning nisbati asosida bozor narxi paydo bo‘ladi. Bu holatni 
Marshall shunday ifodalaydi: «…«ishlab chiqarish xarajatlari» prinsipi hamda 
«so‘nggi qo‘shilgan naflilik» prinsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy 
qonunining tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kesuvchi 
tomoniga qiyoslash mumkin»
1
. Shu o‘rinda, 4-bobda bildirilgan fikr-mulohazalarni 
yana bir bor esga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ya’ni, mukammal raqobatli 
bozor sharoitida narxning shakllanishida talab va taklifning ta’sirida A.Marshall 
ta’kidlaganidek, so‘nggi qo‘shilgan naflilik va ishlab chiqarish xarajatlari emas, 
balki ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari yotadi. 
Talab va taklifning muvozanati mukammal raqobat bozoridagi narxning 
shakllanishiga muvofiq keladi (9.3-rasm). 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin