Erkin bozor narxi – bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor
narxidir.
Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narx
jamiyat va bozor munosabatlari barcha subyektlari manfaatlarini eng maqbul
tarzda uyg‘unlashtirishga imkon beradi.
Narx diapazoni
narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir.
Narx diapazoni
quyi, o‘rta va yuqori narxlarni o‘z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik keng
bo‘lsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx o‘zaro
bog‘lanadi.
Bozor ko‘lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro
narxlar mavjud bo‘ladi.
Hududiy narx
faqat ma’lum hududiy bozorga xos
bo‘lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo‘ladi. Milliy bozor
narxi
bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks
ettiruvchi narxdir.
Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni,
milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini
hisobga oladi.
Jahon bozori narxi
muayyan tovarni ishlab chiqarishga
sarflangan baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos
kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narxning xilma-xil turlari mavjud bo‘lsada, ular bir-biri bilan o‘zaro
bog‘langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi
o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan tushuncha
bor, u narx pariteti deb ham yuritiladi.
Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-
biriga bog‘liq bo‘lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi
metall narxiga, metall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga
kiradi, chunki bu narxlarning har biri o‘zidan keyingi mahsulot xarajatlarini
shakllantiradi. Bozorga shunday o‘ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko‘pchilik
sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurslar hisoblanadi. Bular metall,
neft, ko‘mir, gaz, yog‘och, bug‘doy, paxta kabi tovarlar bo‘lib, ular narxining
o‘zgarishi butun narxlar nisbatini o‘zgartiradi.
|