277
har qanday pasayishi talabning taklifdan oshib ketishini, narxning bu darajadan har
qanday yuqori bo‘lishi esa, taklifning talabdan oshib ketishini keltirib chiqaradi.
Narxning R
A
darajasidagi holat uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi. Chunki,
tovarlarning sotilmay, to‘planib qolishi bilan sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat
kuchayib, ular o‘z tovarlarini tezroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar.
Narxning R
V
darajasidagi holat ham barqaror turmaydi. Chunki, bu holatda
talab taklifdan oshib ketib, tovarlar taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega
bo‘lish uchun bir-biri bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshira
boshlaydilar.
Bozordagi yagona muvozanatlashgan, nisbatan uzoq vaqt barqaror amal
qiluvchi narx sifatida talab hajmi taklif hajmiga muvofiq kelgan holdagi narx R
E
maydonga tushadi. Raqobatlashuv asosida paydo bo‘lgan muvozanat doimo talab
va taklif egri chiziqlarining kesishuv nuqtasida joylashadi. Muvozanat narxi har
doim ham darhol, bir zumda tarkib topmaydi. Unga erishishda toki talab va taklif
muvozanatga kelgunga qadar narx atrofidagi tebranishlarni o‘z ichiga oluvchi
ma’lum davrlar taqozo etilishi mumkin.
Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi.
Monopoliya sharoitida narx
shakllanishining o‘ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar
faqat o‘zlarining individual narxlarini o‘zgartira olsalar, ulardan farqli o‘laroq
bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o‘zlari belgilay
oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi
hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o‘ziga xos
tarzda foydalanadilar. Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o‘z
manfaatlari yo‘lida taklif kam bo‘lganda narxning oshishi tendensiyasidan
foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: