394
Mamlakatimizda ilk mustaqillik yillaridan boshlab fermer xo‘jaliklarini
qo‘llab-quvvatlashga hamda fermerlik harakatini rivojlantirishga davlat siyosati
darajasida e’tibor qaratildi.
Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning huquqiy
asoslarini yaratish maqsadida mustaqillikning dastlabki
yillarida qabul qilingan
qator qonun hujjatlari qishloqda yangi huquqiy munosabatlarni joriy etish hamda
fermerlikni rivojlantirish imkonini yaratdi.
Qishloq xo‘jaligida bozor islohotlarini amalga oshirishni
ikki bosqichga
bo‘lishimiz mumkin.
Birinchi bosqich
1991-2000 yillarni o‘z ichiga olib, ushbu davrda past
rentabelli, aholiga o‘z imkoniyatlarini namoyon
etish uchun sharoit yaratib
bermagan shirkat xo‘jaliklarini tugatib, bunda fermer xo‘jaliklarini tashkil etish
yo‘li tanlandi hamda quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshirildi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 29 noyabrdagi PF-295-
sonli Farmoniga asosan qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish,
dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish
va fuqarolarni tadbirkorlik
faoliyatiga jalb etish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratib berildi;
– 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Yer kodeksi bilan fuqarolarga fermer
xo‘jaligi yuritish uchun yerlarni ijaraga berishning
huquqiy asoslari belgilab
berildi;
– Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 iyuldagi 300-sonli qaroriga ko‘ra
faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon (fermer) xo‘jaliklari boshliqlari attestatsiyadan
o‘tkazilib, ushbu xo‘jaliklar fermer xo‘jaliklari sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Islohotlarning
Dostları ilə paylaş: