Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə305/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Agrofirma ma’lum turdagi 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish va uni pirovard mahsulot 
darajasigacha qayta ishlashni qo‘shib olib boradigan korxonadir. 
Agrofirmalar 


393 
ham qishloq xo‘jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga tayyor 
bo‘lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka 
asoslanishi, chunonchi oilaviy xo‘jalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar 
bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning 
yangi turlaridir.
Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va 
unga bog‘liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha 
xo‘jalik hamda korxonalarning birlashmasidir.
Masalan, bog‘dorchilik va 
uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi sex 
va zavodlar, iste’molchilarga yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir 
texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma 
ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab 
qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi. 
Agrosanoat kombinatlari
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish, 
qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik 
jarayonga xizmat qiluvchi xo‘jalik va korxonalarning ma’lum bir hududida 
birlashuvidir.
Agrobiznes turiga ko‘ngilli va paychilik mablag‘lari asosida tashkil 
qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin. 
Qishloq xo‘jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo‘jaliklari va shirkatlari, turli 
xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo‘shma korxonalar ham agrobiznes turlari 
sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin