397
tadbirlarni qo‘llash hamda chorvachilik,
parrandachilik, asalarichilikni
rivojlantirishga etarlicha e’tibor berilmoqda.
Qishloq xo‘jaligini isloh qilish jarayonida qo‘llanilgan muhim yo‘nalishlardan
biri – bu shaxsiy tomorqalarni kengaytirish, yangi sug‘oriladigan yerlarni shaxsiy
xo‘jaliklar va bog‘-dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo‘li bilan aholini yer va
ish bilan ta’minlashdan iboratdir. Shu ko‘rilgan chora-tadbirlar hisobiga,
birinchidan, qishloq joylarda
ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham
toptirishga,
ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan,
aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi keskinlikka
barham berishga va to‘rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish ko‘lamini ancha
kengaytirishga muvaffaq bo‘linmoqda.
Respublikada islohotlarni amalga oshirishning
dastlabki bosqichlaridayoq,
fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi
sifatida faoliyat ko‘rsatishdi. Shu sababli, respublikamizda qishloq xo‘jaligini
fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanib, bu jarayon zarar
ko‘rib ishlash natijasida og‘ir ahvolga tushib qolgan davlat xo‘jaliklarini fermer
xo‘jaliklariga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo‘jaliklari tarkibida ular
resurslari hisobidan fermer xo‘jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-
mulklari negizida dehqon xo‘jaliklarini tarkib toptirish yo‘li bilan amalga oshirildi.
Fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish
va ular faoliyatini
tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi,
«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi)
to‘g‘risida»gi qonunlarga hamda qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga
qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.
Hozirgi davrda agrar islohotni tubdan hal etishni taqozo qilayotgan g‘oyat
muhim yo‘nalish – qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchini
bo‘shatib olish va ularni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga (sanoat, xizmat
ko‘rsatish va boshqa sohalariga) jalb etishdan iboratdir. Bunda qishloq joylarda
faoliyat shaklini tez o‘zgartira oluvchi, zamonaviy texnologiyaga ega bo‘lgan,
qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlaydigan,
kasanachilik va xalq
398
hunarmandchiligiga asoslangan kichik korxonalarni ochish ustuvor vazifa
hisoblanadi.
Qishloq joylarida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal
rivojlantirish – agrar sohadagi islohotlarning hozirgi kundagi ustuvor
yo‘nalishlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Qishloqda turmush darajasini
yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o‘zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va
bir-biri bilan chambarchas bog‘liq keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish,
ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni
jadallashtirish,
mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o‘rni va ahamiyatini
tubdan qayta ko‘rib chiqish, fermer xo‘jaliklari rivojini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda.
Ana shu dolzarb masalalarni hal qilish maqsadida 2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarida “
Dostları ilə paylaş: