448
oraliq kesmada milliy mahsulot real hajmining ko‘payishi narxlarning o‘sishi bilan
birga boradi.
III.
Tik kesma
. U ba’zida «klassik» kesma deb ham atalib,
iqtisodiyot
o‘zining to‘liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko‘rsatadi. Bunda iqtisodiyot
ishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida (rasmdagi Y
t
nuqta)
joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab
chiqarish hajmini yanada
kengaytirishga erishish mumkin emas. Iqtisodiyot to‘liq quvvat bilan ishlay
boshlaganligi sababli narxning to‘xtovsiz oshib borishi
ham ishlab chiqarish real
hajmining ko‘payishiga olib kelmaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab
chiqarish hajmi doimiy bo‘lib qolishi, narx darajasi esa o‘zgarishi mumkinligini
ko‘rsatadi.
Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar.
Yalpi
taklifga narxdan tashqari
bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi
yalpi taklifning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Yalpi taklifning narxdan tashqari bu
omillari bitta umumiy xususiyatga ega: agar ular o‘zgarsa, mahsulot birligiga to‘g‘ri
keluvchi ishlab chiqarish xarajatlari ham o‘zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizig‘i
joyini o‘zgartiradi.
Dostları ilə paylaş: