449
15.3. Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat
va uning o‘zgarishi
Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma
bo‘limlarida va tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib
olishga mo‘ljallangan pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning
barcha tarmoqlari va hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab
chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning yalpi miqdori sifatida namoyon bo‘lishini
aytib o‘tgan edik. Endi shuni ta’kidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi
jarayonida pul egalari, ya’ni iste’molchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar
egalariga, aksincha, yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o‘tishi lozim.
Boshqacha aytganda tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o‘rtasidagi harakat
qarama-qarshi oqim hosil qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi
bo‘lgan tovar va xizmatlar tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo‘yicha ishlab
chiqarilgan tovar va xizmatlar turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos
tushishi lozim. Bunday moslikning qanchalik ta’minlanishi turli bozorlar orqali
aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu moslik darajasi yalpi talab va yalpi taklif
o‘rtasidagi muvozanat va uning o‘zgarishi orqali aniqlanadi.
Yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nisbatni quyidagi rasm orqali ifodalash
mumkin (15.6-rasm). Albatta, real hayotda bunday to‘liq muvozanatlik sodir
bo‘lishi juda qiyin va murakkabdir. Lekin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari,
miqdori va sifati bo‘yicha mos kelish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan yalpi
taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat deb ham yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: