Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘i



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə342/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
15.5-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘i
2
 
Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi taklif egri chizig‘i o‘z shakli jihatidan yakka yoki 
bozor taklifining an’anaviy egri chizig‘idan farq qiladi.
1
Manba: Muallif tomonidan tuzilgan. 
2
Manba: Muallif tomonidan tuzilgan. 
Istе'mol tovarlari va xizmatlari 
Invеstitsiya tovarlari va ishchi kuchi 
Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va 
sifati) 
Ijtimoiy qiymati
Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va 
sifati) 
Ijtimoiy qiymati 
Yalpi taklif 
Ijtimoiy nafliligi (turlari, 
miqdori va sifati) jihatidan 
Ijtimoiy qiymati jihatidan 


447 
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, uzoq muddatli va qisqa muddatli davrdagi 
yalpi taklif egri chizig‘i bir-biridan farqlanadi. Uzoq davrdagi yalpi taklif egri 
chizig‘i o‘z shakliga ko‘ra rasmdagi Y
t
nuqtaga qadar joylashgan har qanday tik 
chiziqdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarishga tobora ko‘proq 
jalb etilishi mazkur chiziqni Y
t
nuqtaga yaqinlashtiradi va pirovardida shu nuqtada 
joylashgan chiziqqa tenglashadi. Chunki qo‘shimcha resurs va imkoniyatlarni 
ishga solish uchun vaqtning yetarli bo‘lishi uzoq muddatli davrda iqtisodiyotda 
to‘la bandlik holatiga olib keladi.
Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig‘ining ko‘rinishi bir oz 
murakkabroq bo‘lib, uchta kesmani o‘z ichiga oladi. 
I. Yotiq kesma.
U ba’zida «keynscha» kesma deb ham atalib, iqtisodiyotning 
tanazzul yoki turg‘unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. Yotiq kesma milliy ishlab 
chiqarish potensial hajmi (rasmdagi Y
t
nuqta)dan ancha kam bo‘lgan ishlab 
chiqarishning real hajmi (rasmdagi Y
1
nuqtaga qadar bo‘lgan hajm)ni o‘z ichiga 
oladi. Ya’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko‘plab ishlab chiqarish quvvatlari, 
mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan 
to‘liq foydalanilmaydi. Shunga ko‘ra, mazkur resurslarning ishlab chiqarishga jalb 
etilishi narx darajasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu oraliqda ishlab 
chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovar va resurslar narxi eski darajada qoladi. 
Shunday qilib, yotiq kesmada narx darajasi o‘zgarmagan holda milliy ishlab 
chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin