Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə340/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ortiqcha quvvatlar.
Ortiqcha quvvatlar, ya’ni mavjud foydalanilmaydigan 
asosiy kapitalning ko‘payishi, yangi investitsion tovarlarga talabni va natijada 
yalpi talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilganda 
tadbirkorlar ko‘proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo‘ladi, demak 
investitsion sarflari ko‘payadi. 
3.
Davlat sarflari.
Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat 
xaridining ko‘payishi yalpi talabning o‘sishiga olib keladi. Bunga davlatning milliy 
armiyani tuzish yoki uning sonini oshirish to‘g‘risidagi qarori misol bo‘la oladi. 
Davlat sarflarining kamayishi yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Masalan, 
yangi avtomobil yo‘li qurishga davlat sarflarining qisqarishi shunday natijaga olib 
keladi.
4.
Sof eksportdagi o‘zgarish.
Sof eksportning ko‘payishi yalpi talabni ham 
ko‘paytiradi. Birinchidan, eksportning yuqori darajasi, chet ellarda milliy 
tovarlarga bo‘lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan, importning qisqarishi milliy 
tovarlarga ichki talabning ko‘payishini taqozo qiladi. Sof eksport hajmining 
o‘zgarishiga avvalo chet davlatlar milliy daromadi va valyuta kurslarining 
o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Chet mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda, 
ularning fuqarolari ham milliy tovarlarni, ham xorij tovarlarini ko‘proq miqdorda 
sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chet ellarda milliy daromadning kamayishi 
esa sof eksport hajmini qisqartiradi. 
Valyuta kurslari. 
Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining 
o‘zgarishi sof eksportga va demak yalpi talabga ta’sir ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, 
ienaning dollardagi narxi o‘sdi. Bu dollarning ienaga nisbatan qadrsizlanganligi va 
iena kursi ko‘tarilganligini bildiradi. Dollar va iena o‘rtasidagi yangi nisbat 
natijasida yaponiyalik iste’molchilar ienaning ma’lum summasiga ko‘proq dollar 
sotib olishi mumkin. Demak, yaponiyalik iste’molchilar uchun amerika tovarlari 


445 
yapon tovarlariga qaraganda arzonroq bo‘ladi. Shu bilan birga amerikalik 
iste’molchilar dollarning ma’lum summasiga yapon tovarlarini nisbatan kamroq 
miqdorda sotib olishi mumkin. Bunday holda AQSh eksportining o‘sishi, 
importining esa kamayishi holatini kutish mumkin. Sof eksportning ko‘payishi o‘z 
navbatida AQSh iqtisodiyotida yalpi talabning ko‘payishiga olib kelishini bildiradi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin