Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm. Narx darajasi oshishining foiz stavkasi va yalpi talabga ta’siri



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə337/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
15.3-rasm. Narx darajasi oshishining foiz stavkasi va yalpi talabga ta’siri
1
 
 
Narx darajasining oshishi bilan moliyaviy aktivlar (bank omonatlari, aksiya 
va obligatsiyalar) real qiymatining pasayishi ro‘y beradi. Buning natijasida aholi 
daromadlari ham pasayib, ular tomonidan sotib olinuvchi tovar va xizmatlar 
miqdori kamayadi. 
Import tovarlar xaridi.
Buning ta’siri narx darajasi o‘zgarishining u yoki bu 
mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo‘ladi. 
Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi, chet el tovarlari narxi 
o‘zgarmagan yoki sekinroq o‘sgan holatda, milliy iste’molchi uchun chetdan 
xorijiy tovarlarni olib kelishni foydali qilib qo‘yadi. O‘z navbatida, mazkur 
mamlakat tovar va xizmatlarini xorijiy iste’molchilar tomonidan xarid qilish hajmi 
ham qisqaradi. Natijada bu mamlakatning eksport hajmi kamayadi. Eksport 
hajmining kamayishi va import hajmining oshishi sof eksportning va pirovardida, 
yalpi talab umumiy hajmining qisqarishiga olib keladi. 
Tashqi va ichki talabning ortishi va xo‘jalik yuritish sharoitlarining 
yaxshilanishi sanoatning barqaror rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. 
Jumladan, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilda oldingi yilga 
nisbatan 8%ga ortdi va 169704,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Sanoatning yuqori 
sur’atlar bilan rivojlanishida korxonalarni modernizatsiyalash va tarkibiy 
o‘zgartirish, tarmoqlar
 
boshqaruv tizimini isloh qilish, iqtisodiy islohotlarni 
1
Manba: Muallif tomonidan tuzilgan. 
Istе'molchilarning 
pulga talabining 
oshishi 
Tadbirkorlarning 
pulga talabining 
oshishi 
Narx darajasining 
oshishi 
Istе'mol buyumlariga 
talabning pasayishi 
Ishlab chiqarish 
omillariga talabning 
pasayishi 
Yalpi talabning 
kamayishi 
Foiz stavkasining 
o‘sishi 


442 
chuqurlashtirish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi sabab bo‘ldi. Sanoatning 
YaIM tarkibidagi ulushi 2000 yildagi 14,2% dan 2019 yilda sanoatning ulushi 
32,% ga (qurilish bilan qo‘shilgan holda) oshdi
1
. Qo‘shilgan qiymat o‘sishining 
yarmidan ko‘prog‘i tayanch tarmoqlarda ishlab chiqarishning kengayishi hisobiga 
yuz berdi. 
Yalpi talab hajmiga narxdan tashqari omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Quyida 
ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin