454
shartnoma muddati tugagunga qadar ish haqini pasaytirish taqiqlanadi.
Shuningdek, tadbirkorlarning o‘zlari ham ish haqi darajasini pasaytirishni
xohlamasliklari mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan,
ancha past ish
haqi ishchilarning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu
bilan birga, ish haqining past darajasi mahsulot birligiga mehnat sarflarini
kamaytirsa, mehnat unumdorligining past darajasi esa mehnat sarflarini oshiradi.
Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror qilsalar, malakali
ishchi kuchidan ajrab
qolishlari mumkin. Ikkinchidan, juda ko‘pchilik korxonalar yetarli darajada
monopol mavqega ega bo‘ladi va bu ularga talab
kamayganda ham narxning
pasayishiga qarshi turish imkonini beradi.
Yalpi ishlab chiqarilgan va yalpi sotilgan mahsulotning real hajmi teng
bo‘lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi. Lekin bu muvozanatlik bir
tomonlama ya’ni, faqat qiymat tarafidanhisoblanib
baho berilsa, yolg‘on
tasavvurga olib keladi. Shuning uchun muvozanatlik ham qiymat ham naflilik
jihatdan hisobga olinishi lozim.
Hozirgi davrda jahonda ro‘y bergan global iqtisodiy o‘zgarishlar ko‘plab
mamlakatlar iqtisodiyotidagi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatning
buzilishini ifodalamoqda. Odatda, tashqi talab qisqarib borayotgan bir paytda,
ushbu muvozanatni saqlash yoki tiklash maqsadida ichki
talabni kuchaytirishga
harakat
qilinadi.
Shunga
ko‘ra, respublikamizning 2017-2021 yillarga
mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida ham mahalliy ishlab chiqaruvchilarni
qo‘llab-quvvatlash ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki
talabni va eksportni har
tomonlama rag‘batlantirish tadbirlari alohida o‘rin tutadi.
Ushbu dasturda “eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish,
eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va
hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish”
1
vazifasi qat’iy
qilib belgilandi.
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni, 1-ilova, 3.2-band.