Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə348/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xrapovik samarasi 
shunga asoslanadiki, narx osonlik bilan ko‘tariladi, lekin juda qiyinchilik 
bilan, sekin pasayadi.
Shu sababli yalpi talabning oshishi narx darajasini 
ko‘taradi, lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narxning pasayishini kutish 
mumkin emas (15.10-rasm).
P
AS 
P
2
e c
a b 
P
1
AD
2
AD
1
0 Q
3
Q
1
Q
2

15.10-rasm. Xrapovik samarasi
1
 
Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi talab AD
1
dan AD
2
ga oshganda, muvozanat holati 
a dan s ga ko‘chadi, ishlab chiqarish hajmi Q
1
dan Q
2
ga ko‘payib, narx ham P
1
dan 
P
2
darajaga qadar o‘sadi. Biroq, yalpi talab o‘zining dastlabki holatiga qaytsa, endi 
narx pasaymaydi, balki muvozanat yangi 
e
holatiga ko‘chib, ishlab chiqarish hajmi 
o‘zining dastlabki Q

darajasidan ham pasayib, Q

darajasiga qadar tushib ketadi. 
Shu o‘rinda nima uchun narx pasayish tamoyiliga ega emas, degan savolga 
aniq javob berish qiyin bo‘lsada, uning ayrim sabablarini ko‘rsatish mumkin. 
Birinchidan, korxona umumiy xarajatlarining asosiy qismini (70-75 foiz) ish haqi 
tashkil qilib, u qisqa davr ichida pasayish tamoyiliga ega bo‘lmaydi. Chunki 
ishchilarning asosiy qismi shartnoma (kasaba uyushmalar orqali) bo‘yicha ishlab, 
1
Manba: Muallif tomonidan tuzilgan. 


454 
shartnoma muddati tugagunga qadar ish haqini pasaytirish taqiqlanadi. 
Shuningdek, tadbirkorlarning o‘zlari ham ish haqi darajasini pasaytirishni 
xohlamasliklari mumkin. Buning ikkita sababi bor. Bir tomondan, ancha past ish 
haqi ishchilarning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu 
bilan birga, ish haqining past darajasi mahsulot birligiga mehnat sarflarini 
kamaytirsa, mehnat unumdorligining past darajasi esa mehnat sarflarini oshiradi. 
Agar ular ish haqini pasaytirishga qaror qilsalar, malakali ishchi kuchidan ajrab 
qolishlari mumkin. Ikkinchidan, juda ko‘pchilik korxonalar yetarli darajada 
monopol mavqega ega bo‘ladi va bu ularga talab kamayganda ham narxning 
pasayishiga qarshi turish imkonini beradi.
Yalpi ishlab chiqarilgan va yalpi sotilgan mahsulotning real hajmi teng 
bo‘lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi. Lekin bu muvozanatlik bir 
tomonlama ya’ni, faqat qiymat tarafidanhisoblanib baho berilsa, yolg‘on 
tasavvurga olib keladi. Shuning uchun muvozanatlik ham qiymat ham naflilik 
jihatdan hisobga olinishi lozim.
Hozirgi davrda jahonda ro‘y bergan global iqtisodiy o‘zgarishlar ko‘plab 
mamlakatlar iqtisodiyotidagi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatning 
buzilishini ifodalamoqda. Odatda, tashqi talab qisqarib borayotgan bir paytda, 
ushbu muvozanatni saqlash yoki tiklash maqsadida ichki talabni kuchaytirishga 
harakat 
qilinadi. 
Shunga 
ko‘ra, respublikamizning 2017-2021 yillarga 
mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida ham mahalliy ishlab chiqaruvchilarni 
qo‘llab-quvvatlash ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni va eksportni har 
tomonlama rag‘batlantirish tadbirlari alohida o‘rin tutadi.
Ushbu dasturda “eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, 
eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va 
hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish”
1
vazifasi qat’iy 
qilib belgilandi.
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni, 1-ilova, 3.2-band. 


455 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin