16-bob. ISTE’MOL, JAMG‘ARMA VA INVESTITSIYALAR Oldingi boblardan ma’lumki, barcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
korxonalarida yil davomida yaratilgan mahsulotning yig‘indisi yalpi ichki
mahsulot deb ataladi. Shu bilan yalpi ichki mahsulot harakati to‘xtab qolmaydi,
balki davom etadi va ayirboshlash, taqsimlash jarayonlaridan o‘tib, undan keyin
turli xil talab va extiyojlarni qondirish uchun iste’molga borib tushadi.
Taqsimlanish jarayonida eng avvalo, undan (YaIMdan) yil davomida iste’mol
qilingan (eyilgan) asosiy vositalar qiymati ya’ni ammortizatsiya fondi ajratib
tashlanib sof ichki mahsulot hajmi aniqlanadi. Mana shu sof mahsulotning puldagi
ifodasi milliy daromad deb yuritiladi. Shu milliy daromad taqsimlash va qayta
taqsimlash jarayonlaridan o‘tgandan keyin iste’mol fondi va jamg‘arma fondlariga
ajraladi.
Ushbu bobda milliy daromad tarkibiy qismlari tahlili davom ettirilib, uning
iste’molning mazmuni, turlari hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni
kengaytirishga ijtimoiy taraqqiyotni amalga oshirishga ketadigan qismi bo‘lgan
jamg‘arishning iqtisodiy mazmuni qarab chiqiladi. Ularning darajasini aniqlovchi
asosiy omillar ko‘rsatib beriladi. Undan tashqari investitsiyaning mazmuni
manbalari, uning jamg‘arma bilan bog‘liqligi ham yoritiladi.
16.1. Bozor munosabatlari tizimida iste’mol va jamg‘arma, ularning mazmuni va o‘zaro bog‘liqligi Milliy iqtisodiyotda yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan shu yildagi ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalanilgan asosiy vositalarning
eskirgan qismiga (eyilgan) teng miqdorda ammortizatsiya ajratmalari ajratiladi.
Bu ajratmalar asosiy vositalarni qayta tiklash uchun ishlatiladi. Yalpi ichki
mahsulotning qolgan qismi (sof ichki maxsulot) ya’ni, yangidan vujudga
keltirilgan mahsulot sotilgandan keyingi uning puldagi ko‘rinishi milliy daromadni
tashkil etadi. Undan iste’mol va jamg‘arish maqsadlarida foydalaniladi.
Keng