461
daromadining jamg‘arilgan qismi o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi.
Buning natijasida vaqtincha sotilmay qolgan tovarlarning ko‘payishi, ishlab
chiqarishning qisqarishi holati yuz berishi mumkin. Lekin jamg‘arma talabning
etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg‘arilgan mablag‘lar
tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu jamg‘arma keltirib
chiqaradigan iste’mol sarflaridagi har qanday etishmaslikni to‘ldiradi.
Ikkinchidan,
korxonalar ham o‘zining barcha mahsulotini pirovard
iste’molchilarga sotishni ko‘zda tutmaydi, balki uning bir qismidan o‘z ishlab
chiqarishida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining
jamg‘armalariga teng miqdordagi mablag‘larni investitsiyalarga qo‘yishni amalga
oshirsalar ishlab chiqarishning uzluksizligi ta’minlanib, doimiy bo‘lib qoladi.
Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy
daromadning hajmi va uning o‘zgarishi hisoblanadi. Uning hajmi yalpi ichki
mahsulotdan amortizatsiya ajratmalari hamda biznesga egri soliqlarni chegirib
tashlash orqali aniqlanishi 14-bobda aytilgan edi. Lekin milliy daromad tarkibida
to‘g‘ri soliqlar ham mavjud bo‘ladi. Shu sababli soliqlar to‘langandan keyin
korxonalar va
aholi qo‘lida qoladigan daromad
iste’mol sarflari va jamg‘arma
yig‘indisiga teng bo‘ladi. Shaxsiy iste’mol va jamg‘armaning darajasi bevosita
soliqlar to‘langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Bu daromadni biz
tahlil chog‘ida
Dostları ilə paylaş: