Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


ma’noda iste’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə352/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

ma’noda iste’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun 
ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi.
Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga 
tegishli bo‘lib, ishlab chiqarish vositalari, asosiy va aylanma vositalardan 
ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‘y berib, bunda 
kishilarning iste’mol buyumlaridan va xizmatlardan bevosita o‘zlarining 
shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalanishi tushuniladi.
Shaxsiy iste’mol o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: moddiy hamda nomoddiy 
ne’mat va xizmatlar iste’molidan iborat bo‘ladi. 
Moddiy iste’mol – ehtiyojlarni qondirishda moddiy ko‘rinishdagi 
ne’matlardan foydalanish. 
Bularga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, turli xil 
buyumlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalardan foydalanishni misol keltirish 
mumkin. 
Nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’moli – ehtiyojlarni qondirishda 
nomoddiy ko‘rinishdagi ne’mat va xizmatlarning nafli xususiyatlaridan 
foydalanish. 
Bularga bilim olish, musiqa tinglash, sog‘liqni tiklash, advokat 
xizmatidan foydalanish va boshqalarni misol keltirish mumkin. 
Yakka tartibdagi yoki jamoa bo‘lib iste’mol qilish ham farqlanadi. 
Alohida 
shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi 
iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda 
foydalanishi jamoa bo‘lib iste’mol qilishga kiradi. 
Masalan, ovqatlanish, kiyinish, 
badiiy asarlar o‘qish yakka tartibdagi iste’molni, jamoat transportidan foydalanish, 
o‘yingohlarda sport o‘yinlarini tomosha qilish, sihat maskanlarida sog‘liqni tiklash 
jamoa bo‘lib iste’mol qilishni anglatadi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin