Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə349/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar 
 
1.
Yalpi talab – bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat 
tomonidan narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish 
mumkin bo‘lgan milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi.
2.
Yalpi talab turli tovarlarning miqdori, sifati va narx darajasiga bevosita 
bog‘liq. Agar yakka talab egri chizig‘i turli narx ko‘rsatkichlarida alohida 
iste’molchining muayyan tovarga bo‘lgan talabi miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
ifodalasa, yalpi talab egri chizig‘i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda 
ishlab chiqarishga bo‘lgan talab hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.
3.
Yalpi taklif – bu mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab 
chiqarilib, sotishga chiqarilayotgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Bu 
narxlarning har xil mumkin bo‘lgan o‘rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning 
mavjud real hajmini ko‘rsatadi.
4.
Yalpi taklifga eng avvalo narxlar darajasi bilan ishlab chiqarilgan tovarlar 
ijtimoiy qiymati o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatadi. Narxlar 
darajasining qiymatdan oshishi qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag‘bat 
yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning 
qisqarishiga olib keladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi 
o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. 
5.
Yalpi taklifga narxdan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi: a) 
resurslar narxining o‘zgarishi; b) samaradorlikning o‘zgarishi; v) huquqiy 
me’yorlarning 
o‘zgarishi; 
fan-texnika 
taraqqiyoti 
natijasida 
kapital 
samaradorligining o‘zgarishi. 
6.
Iqtisodiyot nazariyasida yalpi taklifga uch xil nuqtai nazardan yondashuv 
mavjud: yalpi taklif narxlar darajasiga bog‘liq emas; narxlar darajasiga bevosita 
bog‘liq; yalpi taklifning o‘sishida yoki kamayishida narxlar darajasi o‘zgarishsiz 
qoladi. Shuning uchun yalpi taklif egri chizig‘i grafigi uchta kesmaga ega: tik, 
yotiq va oraliq kesmalar. 


456 
7.
Yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi: taklif egri 
chizig‘ining keynscha kesmasida taklif aynan o‘sha miqdorga ortadi, oraliq 
kesmada – narxlar darajasining o‘sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik 
kesmada esa – yalpi taklifda o‘zgarish bo‘lmaydi, chunki barcha resusrlar jalb 
etilgan bo‘ladi, lekin narxlar darajasi keskin o‘sadi. 
8.
Yalpi talab egri chizig‘i va yalpi taklif egri chizig‘i kesishgan nuqta 
umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va 
milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi. 
9.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat 
qiladi va ma’lum darajada bu tenglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi 
taklifga ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va 
iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin