Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm. Oraliq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o‘zgarishi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə347/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

15.9-rasm. Oraliq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o‘zgarishi
1
 
Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi talabning AD
1
dan
AD
2
ga o‘sishi yalpi taklif egri 
chizig‘i bo‘ylab milliy ishlab chiqarish hajmining Q
1
dan Q
2
ga qadar ko‘payishiga 
olib kelmoqda. Biroq, bu ko‘payish ayni paytda narxlar darajasini ham R
1
dan R
2
ga 
oshirmoqda. Bu esa oraliq kesmada iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish resurslari asta-
sekin to‘la bandlik holatiga o‘tayotganligini, qo‘shimcha quvvatlarning ishga 
tushirilishi tobora o‘sib boruvchi xarajatlar orqali amalga oshishini anglatadi. 
Demak, yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning qaysi kesmasida ro‘y berishidan 
kelib chiqqan holda narx darajasiga turlicha ta’sir ko‘rsatar ekan. Yalpi talabning 
kamayishi ham turli kesmalarda turlicha kechadi. Agar yotiq kesmada yalpi talab 
kamaysa, milliy ishlab chiqarishning real hajmi kamayib, narx darajasi o‘zgarishsiz 
qoladi. Tik kesmada narx tushadi, milliy ishlab chiqarish to‘liq bandlik darajasida 
bo‘lganligi sababli, uning real hajmi o‘zgarishsiz qoladi. Oraliq kesmada milliy 
ishlab chiqarishning real hajmi qisqaradi va narx darajasi pasayadi. Ayni paytda bu 
yerda shuni ta’kidlash lozimki, oraliq va tik kesmalarda yalpi talabning qisqarishi 
1
Manba: Muallif tomonidan tuzilgan. 


453 
vaziyatni murakkablashtiruvchi omillar ta’sirida birdaniga narxning pasayishiga 
olib kelmasligi mumkin. Buning murakkablik tomoni shundan iboratki, tovarlar va 
resurslar narxi pasayish tamoyiliga ega bo‘lmaydi. Shu sababli ayrim iqtisodchilar 
bunday tamoyilni 
xrapovik samarasi
deb ataydilar (xrapovik – bu g‘ildirakni 
faqat oldinga harakat qilishga majbur etuvchi mexanizm). 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin