456
7.
Yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifga turlicha ta’sir qiladi:
taklif egri
chizig‘ining keynscha kesmasida taklif aynan o‘sha miqdorga ortadi,
oraliq
kesmada – narxlar darajasining o‘sganligi uchun taklif oz miqdorda ortadi; klassik
kesmada esa – yalpi taklifda o‘zgarish bo‘lmaydi, chunki barcha resusrlar jalb
etilgan bo‘ladi, lekin narxlar darajasi keskin o‘sadi.
8.
Yalpi talab egri chizig‘i va yalpi taklif egri chizig‘i
kesishgan nuqta
umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi va
milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi.
9.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat
qiladi va ma’lum darajada bu tenglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi
taklifga ta’sir etuvchi omillarning o‘zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va
iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: