447
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, uzoq muddatli
va qisqa muddatli davrdagi
yalpi taklif egri chizig‘i bir-biridan farqlanadi. Uzoq davrdagi yalpi taklif egri
chizig‘i o‘z shakliga ko‘ra
rasmdagi Y
t
nuqtaga qadar joylashgan har qanday tik
chiziqdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarishga tobora ko‘proq
jalb etilishi mazkur chiziqni Y
t
nuqtaga yaqinlashtiradi va pirovardida shu nuqtada
joylashgan chiziqqa tenglashadi. Chunki qo‘shimcha
resurs va imkoniyatlarni
ishga solish uchun vaqtning yetarli bo‘lishi uzoq muddatli davrda iqtisodiyotda
to‘la bandlik holatiga olib keladi.
Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig‘ining ko‘rinishi
bir oz
murakkabroq bo‘lib, uchta kesmani o‘z ichiga oladi.
I. Yotiq kesma.
U ba’zida «keynscha» kesma deb ham atalib, iqtisodiyotning
tanazzul yoki turg‘unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. Yotiq kesma milliy ishlab
chiqarish potensial hajmi (rasmdagi Y
t
nuqta)dan ancha kam bo‘lgan ishlab
chiqarishning real hajmi (rasmdagi Y
1
nuqtaga qadar bo‘lgan hajm)ni o‘z
ichiga
oladi. Ya’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko‘plab ishlab chiqarish quvvatlari,
mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan
to‘liq foydalanilmaydi. Shunga ko‘ra, mazkur resurslarning ishlab chiqarishga jalb
etilishi narx darajasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Bu oraliqda ishlab
chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovar va resurslar narxi eski darajada qoladi.
Shunday qilib, yotiq kesmada narx darajasi o‘zgarmagan holda milliy ishlab
chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud.
Dostları ilə paylaş: